Kasb eòikasi «noshir» toshkent – 2012


Download 498.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana13.12.2022
Hajmi498.96 Kb.
#1000653
1   2   3   4
Bog'liq
xrpt n74ovlu2z6gm0l0d3ikafp5prtmg1jddf7t2ids991k9ckc5tm515zgkhus85vbasv321kzyaax

Husayn Voiz Koshifiy. Futuvvatnomayi Sultoniy / N.Komilov tarjimasi.
— Ò., A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1994. — 69-70-b.


6
zarur bo‘lsa, barcha qurollar turini ishga solib, Vatan himoya-
siga otlanishni birinchi galdagi vazifasi deb bilgan erkparvar
i nsonlar suluki di r. S hu boi s mazkur kitobda dini yli k
dunyoviylikdan ajratilmaydi, ular bir-birini to‘ldirishi bilan
inson hayotini axloqiylashtiradigan, go‘zallashtiradigan hodisa-
lar sifatida talqin etiladi. Javonmardlikning harbiylashtirilgan
nasroniylar ritsarlik ordenlaridan farqi ham shunda.
Koshifiy ilgari surgan axloqiy g‘oyalar hozirgi kunda ko‘p
jihatdan o‘z ta’sir kuchini yo‘qotgan emas. Ayniqsa, uning
tijoratchi, sotuvchi va xaridor odobiga doir qoidalarini zamo-
naviy bozorlarimiz, tijorat markazlarimiz va do‘konlarimiz
devorlariga yozib qo‘yish ayni muddao bo‘lur edi.
Shuni alohida ta’kidlash zarurki, kasb etikasida burch asosiy
mezoniy tushuncha hisoblanadi. Chunki, burch, mohiyatan,
jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi
munosabat, ular oldidagi majburiyat. U vijdon, e’tiqod, mas’u-
liyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog‘liq. Umuman,
hayotda insonning har bir xatti-harakati zamirida burch
tushunchasi - burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi.
Rahbarlik odobi va uning axloqiy jihatlariga doir O‘zbekiston
Prezidenti Islom Karimovning mana bu fikrlari g‘oyat ibratlidir:
«Oddiy odamlarning rahbarlarga munosabati ikki fuqaro
o‘rtasidagi munosabatgina emas. Ayni paytda u jamiyatda qaror
topadigan ma’naviy-ruhiy, siyosiy-axloqiy muhitni ham
yaratadi. ... Haqiqiy rahbar odamlarning ko‘ngliga yo‘l topib,
ularni ezgulikka, yaxshilikka, yaratishga da’vat etadi»
2
.
Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, kasb etikasi
muammosi, ba’zilar o‘ylaganidek, etika fanining mayda masa-
lalaridan emas. Uni har tomonlama o‘rganish, kasbiy erkinlik va
kasbiy burch munosabatini tadqiq etish XXI asr axloqshu-
nosligida muhim o‘rin egallajak. Zero, kasbiy odob shaxs va
jamiyat axloqiy hayotida o‘zini amaliy axloq tarzida namoyon
etuvchi ma’naviy hodisa sifatida baholanishi lozim.
2
Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. — Ò.,
O‘zbekiston, 1999. — 77 b.


7

Download 498.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling