Kasb eòikasi «noshir» toshkent – 2012
Download 498.96 Kb. Pdf ko'rish
|
xrpt n74ovlu2z6gm0l0d3ikafp5prtmg1jddf7t2ids991k9ckc5tm515zgkhus85vbasv321kzyaax
Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. Ò. Yangi asr
avlodi. 1998. 116-b. 9 Ana shu jihatdan xulq tushunchasi axloqning tarkibiy qismi sifatida inson kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq xulq ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Birinchisi — yaxshi, chiroyli xulqlar. Bunga shirinsuxanlik, muloyimlik, halollik, iffat, diyonat, or-nomus, nafsni tiyish, vijdon, shijoat, sabr, ilmlilik, g‘ayrat, riyozat, qanoat, sabr, intizom, munislik, haqiqatparvarlik, vatanparvarlik, insonpar- varlik, adolatparvarlik va shu singari ijobiy tuyg‘ular kiradi. Bular o‘z navbatida insonda hulqiy go‘zallikni namoyon qiladi va insonni axloqiy jihatdan kamolotga yetkazadi. Ikkinchisi — yomon, hunuk xulqlar. Unga xudbinlik, hasad- go‘ylik, ta’magirlik, ikkiyuzlamachilik, firibgarlik, ig‘vogarlik, tuhmatchilik, badnafslik, badniyatlik, badjaxllik, bachkanalik, dilozorlik, andishasizlik, bevafolik, berahmlik, tovlamachilik, behayolik singari illatlar kiradi. Bular insonni tubanlik sari yetaklaydi va ma’naviyatini qashshoqlashtiradi. Mazkur illatlarni odat qilgan kishilar umum tasavvurida jirkanch taassurot qoldiradi. Bu xususda ma’rifatparvar alloma Abdulla Avloniy shunday degan edi: «Bu sanagan yomon xulqlarning fanoliqla- rini, yuqorida sanagan yaxshi xulqlarning go‘zalligini insof muvozanatsi ila o‘lchab, vijdon muhokamasi ila ta’qiqlab, yax- shilarini tinglab amal qilmak, yomonlarini anglab, hazar qilmak, lozimdur. Zeroki, insonning izzati, dunyoning lazzati yaxshi so‘zlarni eshitub va ko‘rub hissa olmak, yomon va zararliklarini o‘qub, bilub, o‘zini tiymak, qo‘ldan kelgancha xalq va millat foydasiga tirtishmak va bu fano dunyodan yaxshilik otini olub ketmakdadur» 4 . Sharq odobida «Ulug‘lar huzurida sergak bo‘ling va o‘zingizga loyiq so‘z so‘zlang» deyilishi bejiz emas. Bu umumiy tilni asrash barobarida o‘z og‘zimiz orasidagi tilni «ehtiyot» bo‘lib, o‘ylab ishlatish kerak demakdir. Chunki, so‘z insonning daraja va kamolini, ilm va fazlini ko‘rsatadigan me’zon bo‘lib, aql sohib- 4 Abdulla Avloniy. Òanlangan asarlar. 2 tomlik. Ò.2. — Ò., Ma’naviyat, 1998. — 71-b. Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi https://kitobxon.com/oz/asar/183 saytida. Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси https://kitobxon.com/uz/asar/183 сайтида. Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно найти на сайте https://kitobxon.com/ru/asar/183 Download 498.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling