Kasb eòikasi «noshir» toshkent – 2012


Download 498.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana13.12.2022
Hajmi498.96 Kb.
#1000653
  1   2   3   4
Bog'liq
xrpt n74ovlu2z6gm0l0d3ikafp5prtmg1jddf7t2ids991k9ckc5tm515zgkhus85vbasv321kzyaax




KASB EÒIKASI
«NOSHIR»
TOSHKENT – 2012
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma


2
© «NOSHIR» nashriyoti, 2012.
ISBN 978-9943-353-99-2
ÓÄÊ: 174 (075)
ÊÁÊ 87.75
K 27
Kasb etikasi: Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv
qo‘llanma / O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi. — Toshkent: Noshir 2012. — 116 bet.
ÓÄÊ: 174 (075)
ÊÁÊ 87.75
T a q r i z c h i l a r :
Ð.Ðóçèåâ – þ.ô. äîêòîðè
Í.Øåðìóõàììåäîâà – ô.ô. äîêòîðè
Mualliflar tomonidan o‘rta maxsus va kasb-hunar kollejlari o‘quv-
chilari uchun tayyorlangan ushbu darslikda kasb etikasi tamoyillari,
qoidalari va uning ahamiyati ochib berilgan. Kasb etikasi normalarining
fuqarolarga, korxona va tashkilotlarga yordam ko‘rsatish vaqtidagi
ahamiyati keng yoritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘tra maxsus talim vazirligi.
O‘rta maxsus kasb-hunar talim Markazining ilmiy-metodik Kengashi
tomonidan nashrga tavsiya etiladi.


3
KASB EÒIKASI FANINING PREDMEÒI
VA VAZIFALARI
Etika yoki axloqshunoslikning sof «ichki» vazifalari ham
mavjudki, ular bugungi kunning dolzarb vazifalari sirasiga kiradi.
Ayniqsa, milliy-mintaqaviy axloqiy tafakkurning tizimli, ilmiy
xolislik bilan yo‘g‘irilgan tarixini yaratish va sho‘rolar tuzumi
ta’qiqlagan yoki unutilgan axloqiy qadriyatlarni tiklash muhim
ahamiyatga ega. Ayni paytda axloq nazariyasining dolzarb masa-
lalarini hal etish, chunonchi, axloqiy tushunchalarni tasniflash-
tirish, turkumlashtirish, axloqiy madaniyatning nazariy jihat-
larini ishlab chiqish, ayniqsa, kasb etikasining zamonaviy
nazariy asoslarini yaratish kabi murakkab vazifalar ham o‘z
yechimini kutmoqda.
Kasb etikasi axloqiy madaniyat tizimida yaqqol ko‘zga
tashlanadi. Chunki inson voyaga etib, bir kasbning boshini
tutgach, o‘z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosa-
batda bo‘ladi. Bu munosabat, bir tomondan, hamkasabalar
davrasida ro‘y bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb talabiga binoan
uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni
paytda, kasbiy odob axloqiy madaniyatning eng yuksak shakl-
laridan biri; uning jamiyat axloqiy hayotidagi o‘rni yuksak.
Har bir jamiyatda muayyan guruhlar borki, egallagan
kasblari ularni boshqa jamiyatdoshlariga nisbatan imtiyozli
darajaga olib chiqadi. Ko‘pchilik jamiyat a’zolarining hayot-
mamotlari, sog‘ligi, ma’naviy sog‘lomligi, huquqiy himoyasi,
ilmiy salohiyatining namoyon bo‘lishi kabi omillar o‘shanday
imtiyozli kasb egalarining o‘z kasbiy burch mas’uliyatini qay
darajada his etishlariga, halollik va vijdon yuzasidan ish ko‘-
rishlariga bog‘liqligi hammaga ma’lum. Chunonchi, tabobat
xodimini, jarrohni olaylik. Deylik, u har bir operatsiya kunida
bir necha kishini hayotga qaytaradi; yuzlab odamlar uning
yordamiga muhtoj, unga umid va ishonch, ilinj bilan qaraydilar.


4
Bordi-yu, shaxsiy manfaat yo‘lida jarroh o‘z bemoriga xiyonat
qilsa-chi, ya’ni, uni qasddan halok etsa-chi? Kim uni shunday
qilmasligini kafolatlaydi? Yoki jurnalistni olaylik. U shaxsiy
manfaati yo‘lida, kasbining kamyobligidan foydalanib, begunoh
kishilarni ma’naviy azobga qo‘yishi, atayin jamiyat oldida shar-
manda qilishi va shuning hisobiga o‘zining ba’zi bir muam-
molarini hal qilib olishi mumkin emasmi? Mumkin. Zero, to
haqiqat yuzaga chiqquncha nohaq tanqidga uchragan shaxs
qanchalar ruhiy istirob chekadi. Xo‘sh, jurnalistning shunday
qilmasligini kim kafolatlaydi?
Shu bois boshqalarning qo‘lidan kelmaydigan ishlarni
bajara-
oladi g anlar 
faoli yati da 
o‘zboshi mchali k,
manfaatparastlik, xudbinlik va kasbni suiiste’mol qilish singari
illatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun, shuningdek, ular axloqiy
darajasini yuksak bosqichda turishini ta’minlash maqsadida ko‘p
hollarda o‘zaro qoidalar majmuyi yaratilgan. Bu qoidalar
majmuyi, odatda, qasamyod yoki me’yorlar ko‘rinishini olgan.
Uni buzish o‘ta odobsizlik va axloqsizlik, hatto jamiyatga xiyonat
tarzida baholanadi. Bunday qasamyodlar juda uzoq tarixga ega.
Misol tariqasida hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan
Qadimgi Yunon hakimi Hi ppokrat (milodgacha V—IV asrlar)
tomonidan qisqa va lo‘nda shaklda tuzilgan, tabobat xodimlari
kasbiy odobi qonun-qoidalari jamlangan mashhur «Hi ppokrat
qasami»ni keltirish mumkin.
Òarixda o‘z dushmanini davolagan tabiblar ham ko‘p
uchraydi. Chunonchi, qadimgi hind eposi «Ramayana»da
(II as r) behush yotgan Lakshman boshida turgan devlar
shohining xos tabibi kechinmalari shu jihatdan muhim. Òabib
oldida ikki yo‘l bor edi: biri saltanat dushmanini muhtoj bemor
sifatida davolash, ikkinchi yo‘l davolashdan bosh tortish bilan
uni o‘limga mahkum etish. Òabib uzoq mulohazadan so‘ng
tabiblik odobi qoidalariga bo‘ysunishni — Lakshmanni davolashni
afzal ko‘radi. Zero, kasbiy odob qonun-qoidalari talabiga ko‘ra,
bemor to‘shagi ustidagi tabib uchun do‘st yoki dushman degan
tushunchalar o‘z ma’nosini yo‘qotadi, uning qoshida faqat
tibbiy yordamga intizor, shafqatga muhtoj, zaif inson yotadi.
Davolanib hayotga qaytgan Lakshman devlar mamlakatining


5
tengsiz buyuk jangchisi va saltanat valiahti Indirjidni jangda halok
etadi hamda tabib fuqaro bo‘lgan Lanka davlatining tanazzuliga
yo‘l ochadi. Lekin kitobxon tabibni xiyonatkor yoki sotqin de-
maydi, aksincha, uning ma’naviy jasoratiga, halolligiga, kasbiy
burchiga sodiqligiga hayrat bilan tasannolar o‘qiydi.
Shuningdek, Sharqning buyuk notig‘i Husayn Voiz Ko-
shifiyning «Futuvvatnomayi sultoniy yohud javonmardlik
tariqati» nomli kitobida kasb etikasi va kasbiy odob muammolariga
atroflicha to‘xtalib o‘tadi. Xususan, kitobning beshinchi bobining
o‘n to‘rtinchi, o‘n beshinchi va o‘n oltinchi fasllari turli kasb ega-
lari odobiga bag‘ishlangan. Masalan, o‘n to‘rtinchi fasl «Kasb-
kor va savdo-tijorat odobi haqida» deb nomlanadi va umuman
kasb egasi, ayni paytda, savdo-tijorat ahli odobi qonun-
qoidalarini o‘zi ichiga oladi. Koshifiy yozadi:
«Bilgilkim, hamma kasblarga birday taalluqli qisqacha qoida-
adablar mavjud, shuningdek, har bir kasb uchun alohida odob
ham bor.
Agar barcha kasblar uchun zaruriy odoblar xulosasi
nechta, deb so‘rasalar, sakkizta deb aytgil: birinchidan, o‘z
kasbini haromdan, shubhali mol-mablag‘dan pok saqlasin.
Ikkinchidan, rizq-ro‘zi zarurati uchungina kerakli kasb bilan
shug‘ullansin, kasbni mol-dunyo to‘plashga sarflamasin. Uchin-
chidan, kasb obro‘ olish, yaxshi nom chiqarishning sababi, deb
bilsin. Òo‘rtinchidan, moli harom odamlar (amaldorlar,
poraxo‘rlar, qaroqchilar, o‘g‘rilar, qimorbozlar, kazzob do‘-
kondorlar) bilan muomala qilmasin...».
1
Koshifiy sotuvchi odobi, xaridor odobi, xodimlar (xizmat-
korlar) odobi, maddohlar odobi singari masalalarda ham xuddi
shunday asosli fikrlar bildiradi. Garchand, «Futuvvatnomayi
Sultoniy» javonmardlik (jo‘mardlik) tariqati darveshlariga atab
yozilgan bo‘lsa-da, unda ilgari surilgan axloqiy tamoyillar va
g‘oyalar umummintaqaviy, umuminsoniy qamrovga ega. Zero,
buyuk forsigo‘y o‘zbek shoiri Pahlavon Mahmud ma’lum
ma’noda yangilagan bu tariqat darveshlik xirqasini kiygan, lekin
1

Download 498.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling