Kasb eòikasi «noshir» toshkent – 2012
Download 498.96 Kb. Pdf ko'rish
|
xrpt n74ovlu2z6gm0l0d3ikafp5prtmg1jddf7t2ids991k9ckc5tm515zgkhus85vbasv321kzyaax
- Bu sahifa navigatsiya:
- ÓÄÊ: 174 (075) ÊÁÊ 87.75 K 27 Kasb etikasi
- KASB EÒIKASI FANINING PREDMEÒI VA VAZIFALARI
KASB EÒIKASI «NOSHIR» TOSHKENT – 2012 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma 2 © «NOSHIR» nashriyoti, 2012. ISBN 978-9943-353-99-2 ÓÄÊ: 174 (075) ÊÁÊ 87.75 K 27 Kasb etikasi: Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma / O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. — Toshkent: Noshir 2012. — 116 bet. ÓÄÊ: 174 (075) ÊÁÊ 87.75 T a q r i z c h i l a r : Ð.Ðóçèåâ – þ.ô. äîêòîðè Í.Øåðìóõàììåäîâà – ô.ô. äîêòîðè Mualliflar tomonidan o‘rta maxsus va kasb-hunar kollejlari o‘quv- chilari uchun tayyorlangan ushbu darslikda kasb etikasi tamoyillari, qoidalari va uning ahamiyati ochib berilgan. Kasb etikasi normalarining fuqarolarga, korxona va tashkilotlarga yordam ko‘rsatish vaqtidagi ahamiyati keng yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘tra maxsus talim vazirligi. O‘rta maxsus kasb-hunar talim Markazining ilmiy-metodik Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etiladi. 3 KASB EÒIKASI FANINING PREDMEÒI VA VAZIFALARI Etika yoki axloqshunoslikning sof «ichki» vazifalari ham mavjudki, ular bugungi kunning dolzarb vazifalari sirasiga kiradi. Ayniqsa, milliy-mintaqaviy axloqiy tafakkurning tizimli, ilmiy xolislik bilan yo‘g‘irilgan tarixini yaratish va sho‘rolar tuzumi ta’qiqlagan yoki unutilgan axloqiy qadriyatlarni tiklash muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda axloq nazariyasining dolzarb masa- lalarini hal etish, chunonchi, axloqiy tushunchalarni tasniflash- tirish, turkumlashtirish, axloqiy madaniyatning nazariy jihat- larini ishlab chiqish, ayniqsa, kasb etikasining zamonaviy nazariy asoslarini yaratish kabi murakkab vazifalar ham o‘z yechimini kutmoqda. Kasb etikasi axloqiy madaniyat tizimida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki inson voyaga etib, bir kasbning boshini tutgach, o‘z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosa- batda bo‘ladi. Bu munosabat, bir tomondan, hamkasabalar davrasida ro‘y bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni paytda, kasbiy odob axloqiy madaniyatning eng yuksak shakl- laridan biri; uning jamiyat axloqiy hayotidagi o‘rni yuksak. Har bir jamiyatda muayyan guruhlar borki, egallagan kasblari ularni boshqa jamiyatdoshlariga nisbatan imtiyozli darajaga olib chiqadi. Ko‘pchilik jamiyat a’zolarining hayot- mamotlari, sog‘ligi, ma’naviy sog‘lomligi, huquqiy himoyasi, ilmiy salohiyatining namoyon bo‘lishi kabi omillar o‘shanday imtiyozli kasb egalarining o‘z kasbiy burch mas’uliyatini qay darajada his etishlariga, halollik va vijdon yuzasidan ish ko‘- rishlariga bog‘liqligi hammaga ma’lum. Chunonchi, tabobat xodimini, jarrohni olaylik. Deylik, u har bir operatsiya kunida bir necha kishini hayotga qaytaradi; yuzlab odamlar uning yordamiga muhtoj, unga umid va ishonch, ilinj bilan qaraydilar. 4 Bordi-yu, shaxsiy manfaat yo‘lida jarroh o‘z bemoriga xiyonat qilsa-chi, ya’ni, uni qasddan halok etsa-chi? Kim uni shunday qilmasligini kafolatlaydi? Yoki jurnalistni olaylik. U shaxsiy manfaati yo‘lida, kasbining kamyobligidan foydalanib, begunoh kishilarni ma’naviy azobga qo‘yishi, atayin jamiyat oldida shar- manda qilishi va shuning hisobiga o‘zining ba’zi bir muam- molarini hal qilib olishi mumkin emasmi? Mumkin. Zero, to haqiqat yuzaga chiqquncha nohaq tanqidga uchragan shaxs qanchalar ruhiy istirob chekadi. Xo‘sh, jurnalistning shunday qilmasligini kim kafolatlaydi? Shu bois boshqalarning qo‘lidan kelmaydigan ishlarni bajara- oladi g anlar faoli yati da o‘zboshi mchali k, manfaatparastlik, xudbinlik va kasbni suiiste’mol qilish singari illatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun, shuningdek, ular axloqiy darajasini yuksak bosqichda turishini ta’minlash maqsadida ko‘p hollarda o‘zaro qoidalar majmuyi yaratilgan. Bu qoidalar majmuyi, odatda, qasamyod yoki me’yorlar ko‘rinishini olgan. Uni buzish o‘ta odobsizlik va axloqsizlik, hatto jamiyatga xiyonat tarzida baholanadi. Bunday qasamyodlar juda uzoq tarixga ega. Misol tariqasida hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan Qadimgi Yunon hakimi Hi ppokrat (milodgacha V—IV asrlar) tomonidan qisqa va lo‘nda shaklda tuzilgan, tabobat xodimlari kasbiy odobi qonun-qoidalari jamlangan mashhur «Hi ppokrat qasami»ni keltirish mumkin. Òarixda o‘z dushmanini davolagan tabiblar ham ko‘p uchraydi. Chunonchi, qadimgi hind eposi «Ramayana»da (II as r) behush yotgan Lakshman boshida turgan devlar shohining xos tabibi kechinmalari shu jihatdan muhim. Òabib oldida ikki yo‘l bor edi: biri saltanat dushmanini muhtoj bemor sifatida davolash, ikkinchi yo‘l davolashdan bosh tortish bilan uni o‘limga mahkum etish. Òabib uzoq mulohazadan so‘ng tabiblik odobi qoidalariga bo‘ysunishni — Lakshmanni davolashni afzal ko‘radi. Zero, kasbiy odob qonun-qoidalari talabiga ko‘ra, bemor to‘shagi ustidagi tabib uchun do‘st yoki dushman degan tushunchalar o‘z ma’nosini yo‘qotadi, uning qoshida faqat tibbiy yordamga intizor, shafqatga muhtoj, zaif inson yotadi. Davolanib hayotga qaytgan Lakshman devlar mamlakatining 5 tengsiz buyuk jangchisi va saltanat valiahti Indirjidni jangda halok etadi hamda tabib fuqaro bo‘lgan Lanka davlatining tanazzuliga yo‘l ochadi. Lekin kitobxon tabibni xiyonatkor yoki sotqin de- maydi, aksincha, uning ma’naviy jasoratiga, halolligiga, kasbiy burchiga sodiqligiga hayrat bilan tasannolar o‘qiydi. Shuningdek, Sharqning buyuk notig‘i Husayn Voiz Ko- shifiyning «Futuvvatnomayi sultoniy yohud javonmardlik tariqati» nomli kitobida kasb etikasi va kasbiy odob muammolariga atroflicha to‘xtalib o‘tadi. Xususan, kitobning beshinchi bobining o‘n to‘rtinchi, o‘n beshinchi va o‘n oltinchi fasllari turli kasb ega- lari odobiga bag‘ishlangan. Masalan, o‘n to‘rtinchi fasl «Kasb- kor va savdo-tijorat odobi haqida» deb nomlanadi va umuman kasb egasi, ayni paytda, savdo-tijorat ahli odobi qonun- qoidalarini o‘zi ichiga oladi. Koshifiy yozadi: «Bilgilkim, hamma kasblarga birday taalluqli qisqacha qoida- adablar mavjud, shuningdek, har bir kasb uchun alohida odob ham bor. Agar barcha kasblar uchun zaruriy odoblar xulosasi nechta, deb so‘rasalar, sakkizta deb aytgil: birinchidan, o‘z kasbini haromdan, shubhali mol-mablag‘dan pok saqlasin. Ikkinchidan, rizq-ro‘zi zarurati uchungina kerakli kasb bilan shug‘ullansin, kasbni mol-dunyo to‘plashga sarflamasin. Uchin- chidan, kasb obro‘ olish, yaxshi nom chiqarishning sababi, deb bilsin. Òo‘rtinchidan, moli harom odamlar (amaldorlar, poraxo‘rlar, qaroqchilar, o‘g‘rilar, qimorbozlar, kazzob do‘- kondorlar) bilan muomala qilmasin...». 1 Koshifiy sotuvchi odobi, xaridor odobi, xodimlar (xizmat- korlar) odobi, maddohlar odobi singari masalalarda ham xuddi shunday asosli fikrlar bildiradi. Garchand, «Futuvvatnomayi Sultoniy» javonmardlik (jo‘mardlik) tariqati darveshlariga atab yozilgan bo‘lsa-da, unda ilgari surilgan axloqiy tamoyillar va g‘oyalar umummintaqaviy, umuminsoniy qamrovga ega. Zero, buyuk forsigo‘y o‘zbek shoiri Pahlavon Mahmud ma’lum ma’noda yangilagan bu tariqat darveshlik xirqasini kiygan, lekin 1 Download 498.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling