Kasb eòikasi «noshir» toshkent – 2012


Download 498.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana13.12.2022
Hajmi498.96 Kb.
#1000653
1   2   3   4
Bog'liq
xrpt n74ovlu2z6gm0l0d3ikafp5prtmg1jddf7t2ids991k9ckc5tm515zgkhus85vbasv321kzyaax

Yusupov E. Inson kamolotining ma’naviy asoslari. Ò. Yangi asr
avlodi. 1998. 116-b.


9
Ana shu jihatdan xulq tushunchasi axloqning tarkibiy qismi
sifatida inson kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq xulq
ikki ko‘rinishda namoyon bo‘ladi.
Birinchisi — yaxshi, chiroyli xulqlar. Bunga shirinsuxanlik,
muloyimlik, halollik, iffat, diyonat, or-nomus, nafsni tiyish,
vijdon, shijoat, sabr, ilmlilik, g‘ayrat, riyozat, qanoat, sabr,
intizom, munislik, haqiqatparvarlik, vatanparvarlik, insonpar-
varlik, adolatparvarlik va shu singari ijobiy tuyg‘ular kiradi.
Bular o‘z navbatida insonda hulqiy go‘zallikni namoyon qiladi va
insonni axloqiy jihatdan kamolotga yetkazadi.
Ikkinchisi — yomon, hunuk xulqlar. Unga xudbinlik, hasad-
go‘ylik, ta’magirlik, ikkiyuzlamachilik, firibgarlik, ig‘vogarlik,
tuhmatchilik, badnafslik, badniyatlik, badjaxllik, bachkanalik,
dilozorlik, andishasizlik, bevafolik, berahmlik, tovlamachilik,
behayolik singari illatlar kiradi. Bular insonni tubanlik sari
yetaklaydi va ma’naviyatini qashshoqlashtiradi. Mazkur illatlarni
odat qilgan kishilar umum tasavvurida jirkanch taassurot
qoldiradi. Bu xususda ma’rifatparvar alloma Abdulla Avloniy
shunday degan edi: «Bu sanagan yomon xulqlarning fanoliqla-
rini, yuqorida sanagan yaxshi xulqlarning go‘zalligini insof
muvozanatsi ila o‘lchab, vijdon muhokamasi ila ta’qiqlab, yax-
shilarini tinglab amal qilmak, yomonlarini anglab, hazar
qilmak, lozimdur. Zeroki, insonning izzati, dunyoning lazzati
yaxshi so‘zlarni eshitub va ko‘rub hissa olmak, yomon va
zararliklarini o‘qub, bilub, o‘zini tiymak, qo‘ldan kelgancha
xalq va millat foydasiga tirtishmak va bu fano dunyodan yaxshilik
otini olub ketmakdadur»
4
.
Sharq odobida «Ulug‘lar huzurida sergak bo‘ling va o‘zingizga
loyiq so‘z so‘zlang» deyilishi bejiz emas. Bu umumiy tilni asrash
barobarida o‘z og‘zimiz orasidagi tilni «ehtiyot» bo‘lib, o‘ylab
ishlatish kerak demakdir. Chunki, so‘z insonning daraja va
kamolini, ilm va fazlini ko‘rsatadigan me’zon bo‘lib, aql sohib-
4
Abdulla Avloniy. Òanlangan asarlar. 2 tomlik. Ò.2. — Ò., Ma’naviyat,
1998. — 71-b.


Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi
https://kitobxon.com/oz/asar/183
saytida.
Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси
https://kitobxon.com/uz/asar/183
сайтида.
Это был ознакомительный отрывок. Полную версию можно
найти на сайте 
https://kitobxon.com/ru/asar/183

Download 498.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling