Kasb etikasi haqida tushuncha


Download 0.99 Mb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1054748
1   2   3   4   5
Bog'liq
kasb etikasi

To’g’rilik-odamlar bilan odob-axloq asosiga qurilgan munosabatni, xushfe’llikni, to’g’rilik esa har qanday vaziyatda o’zini tuta bilishni anglatadi.
Xushmuomalalik- xulq-atvorning kundalik xususiyati bo’lib, odamlarni hurmat qilishni anglatuvchi axloqiy qadriyatdir.
Xushmuomalalik-bu xulq madaniyatining elementar talabi, odamlar bilan mehr-oqibat asosida qurilgan muloqotning sharti, har qanday kishiga, agar u yordamga muhtoj bo’lsa, yordam qo’lini cho’zish, nazokat doirasida ko’zga tashlanadigan xislatlardir.
Xushmuomalalik- mehmonxona xodimlarining madaniyatliligi haqida dalolat beradigan eng muhim xislatlardan biridir.
Kamtarlik- yutuqlarini pesh qilmaslik, manmanlikdan xoli bo’lish, vazminlikni bildiradigan sifatdir. Shu bilan birga, o’ta kamtarlik ham manmanlikka kiradi. Iste’dodli odam o’z iste’dodini yashirsa ham, iste’dodi ko’rinib turadi.Kamtarlik tortinchoqlik degani emas. Tortinchoq odam o’zini yetarli darajada baholay olmaydi. Bunday odamlarni tez-tez maqtab turish, ularga dadillik beradi, o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi.
Ishbilarmon odamlarning etik tamoyillari va me’yorlari
Etiket-ishbilarmonlik sohasida, odamlarning bir-birini yaxshi tushunishlari uchun muhimdir. Etiket “imidj” ning shakllanishida muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Ko’p mamlakatlarda firmaning qanaqaligini unga qo’ng’iroq qilib xodimi bilan gaplashish orqali bilishi mumkin. Bu qonuniyat nafaqat firmada, balki ko’p joylarda kuzatiladi.
Qayerda etiket bo’lsa, shu yerda mehnat unumdorligi yuqori, faoliyat natijalari yuksak bo’ladi.
Shuning uchun ham eng muhim qoidalardan biri:
Yaxshi fe’l-atvor – Foyda keltiruvchi omildir
Ishbilarmonlik etiketi- tadbirkorning axloqiy-kasbiy xulqning muhim tomonidir. Ko’p tadbirkorlarimiz chet ellik firmalar bilan ishbilarmonlik etiketini yaxshi bilmaganlari tufayli aloqa o’rnata olmaydilar.
Ishbilarmonlik munosabatlari amaliyotida har doim qandaydir standart vaziyatlarda uchraydi, ulardan qutilib chiqib ketish juda mushkuldir. Bu vaziyatlar uchun xulq usullari va shakllari ishlab chiqiladi. Qoidalar majmuasi esa ishbilarmonlik etiketini yaratadi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling