Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va o‘tkazishni takomillashtirish to‘G‘risida
II. Kasb-hunar kollejlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazishdagi faoliyati
Download 155.88 Kb.
|
40 11.02.2009
II. Kasb-hunar kollejlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazishdagi faoliyati
9. Kasb-hunar kollejlari ishlab chiqarish amaliyotini sifatli tashkil etish va muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun o‘quv dasturlariga muvofiq o‘quvchilarni oldindan nazariy jihatdan tayyorlashni ta’minlaydilar, o‘quvchilar tomonidan texnika xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalarining puxta o‘rganilishini tashkil qiladilar. 10. Kasb-hunar kollejlari ishlab chiqarish amaliyoti boshlanishidan kechi bilan bir oy oldin korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan ularning bazasida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma tuzadilar. Shartnomada kasblar bo‘yicha o‘quvchilar soni, ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish muddatlari va har bir o‘quvchining ishlab chiqarish amaliyoti dasturida nazarda tutilgan barcha ish turlarini mustaqil ravishda bajarishga o‘rganishi uchun o‘quvchilarning ishlab chiqarish yoki texnik faoliyatning bir turidan boshqasiga o‘tish jadvali belgilanadi. 11. Kasb-hunar kolleji ishlab chiqarish amaliyoti vaqtida: o‘quvchilarning ishlab chiqarish asbob-uskunalariga, jihozlarga, moslamalarga va boshqa mehnat anjomlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishini; xomashyo, materiallar va elektr energiyasining tejamli sarflanishini; o‘quvchilar tomonidan korxona, muassasa va tashkilotning tegishli ma’muriy va ishlab chiqarish xodimi ko‘rsatmalari va farmoyishlari bajarilishini ta’minlashi shart. 12. Kasb-hunar kolleji: ishlab chiqarish ta’limi ustalariga yoki ishlab chiqarish amaliyoti rahbari bo‘lgan o‘qituvchilarga ularni amaliyot o‘tkaziladigan joylarga yuborishda xizmat safari xarajatlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lanishini; o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish rejalarida nazarda tutilgan ekskursiyalarini tashkil etish bo‘yicha xarajatlarning to‘lanishini ta’minlaydi. 13. Kasb-hunar kolleji ishlab chiqarish amaliyotiga uslubiy rahbarlikni, o‘quv dasturlarida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishini, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan tadbirlarning o‘quvchilar tomonidan bajarilishini va ular bajargan ishlarning texnik shartlarga muvofiqligini tekshirishni amalga oshiradi. 14. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ishlab chiqarish amaliyoti davrida quyidagilarga majbur: o‘quvchilar uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish va ulardan olinadigan mutaxassislik bilan bog‘liq bo‘lmagan, shuningdek zararli mehnat sharoitlarida foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik; o‘quvchilarni ishlab chiqarish binolari, trening kabinetlari, zarur materiallar, asbob-uskunalar, texnik hujjatlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash va o‘quvchilarning yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini, yuqori unumli ish metodlarini o‘zlashtirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; o‘quvchilarga yo‘l-yo‘riqlar berishni va ishlab chiqarish amaliyotiga texnik rahbarlikni tashkil etish, kasb-hunar kollejining pedagog xodimlariga ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazishda yordam ko‘rsatish uchun shart-sharoitlar yaratish; o‘quvchilarga ishlab chiqarish amaliyoti davrida tegishli mutaxassisliklar va kasblar ishchilari uchun nazarda tutilgan maxsus kiyim-boshlar, yakka tartibda himoyalanish vositalari berish; zarur hollarda o‘quvchilarni ishlab chiqarish amaliyoti o‘tadigan joyga yetkazishni va u yerdan olib kelishni ta’minlash; o‘quvchilar bajargan ishlarni ushbu korxona, muassasa va tashkilotda belgilangan tartibda hisobga olish va qabul qilish; ishlab chiqarish amaliyoti tugagach har bir o‘quvchiga uning ishlari sifatini, erishgan natijalarini, ishga munosabatini, shuningdek unga berish uchun tavsiya etilayotgan tarif razryadini ko‘rsatgan holda ishlab chiqarish tavsifnomasi berish. Download 155.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling