Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va o‘tkazishni takomillashtirish to‘G‘risida
Download 155.88 Kb.
|
40 11.02.2009
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori KASB-HUNAR KOLLEJLARI O‘QUVChILARINING IShLAB ChIQARISh AMALIYOTINI TAShKIL ETISh VA O‘TKAZIShNI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA “Ta’lim to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 13-maydagi 204-son qaroriga muvofiq, malakali mutaxassislar tayyorlashning yuqori sifatini va ularning amaliy ko‘nikmalarni yanada samarali egallashini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kasb-hunar kollejlari bilan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar o‘rtasida ularda o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish yuzasidan shartnomalar tuzishda ko‘maklashsinlar. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, tasarrufida kasb-hunar kollejlari bo‘lgan vazirliklar va idoralar: kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan ishlab chiqarish amaliyotini tasdiqlangan Nizomga muvofiq o‘tash tartibining har bir tuman (shahar) hokimligiga, har bir kasb-hunar kolleji, korxona, muassasa va tashkilot rahbarlariga yetkazilishini bir oy muddatda ta’minlasinlar; kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazishning zarur darajada, sifatli tashkil etilishi yuzasidan rejali nazoratni amalga oshirsinlar; kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va o‘tkazishning ahvoli yuzasidan muntazam ravishda monitoring olib borsinlar, uni o‘rgansinlar va tahlil qilsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin. Download 155.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling