Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish va o‘tkazishni takomillashtirish to‘G‘risida


O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV


Download 155.88 Kb.
bet2/4
Sana04.11.2023
Hajmi155.88 Kb.
#1745699
1   2   3   4
Bog'liq
40 11.02.2009

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 11-fevral,
40-son
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-fevraldagi 40-son qaroriga
ILOVA
Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o‘quvchilariga tatbiq etilmaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30-oktabrdagi 677-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/677/1443-son)
2. Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining (keyingi o‘rinlarda o‘quvchilar deb ataladi) korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi asosiy ta’lim dasturining tarkibiy qismi hisoblanadi.
3. Nazariy ta’lim berish jarayonida o‘quvchilar tomonidan olingan bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish, olinadigan mutaxassislik bo‘yicha zarur layoqatga, ko‘nikmalarga va amaliy ish tajribasiga ega bo‘lish ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi hisoblanadi.
4. Ishlab chiqarish amaliyoti o‘quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash shakllaridan biri hisoblanadi hamda ularni ishlab chiqarish sharoitlarida olingan kasb-hunar bo‘yicha ko‘nikmalari va bilimlarini mustaqil ravishda qo‘llashga, o‘quv dasturlarida nazarda tutilgan ishlarni sifatli va unumli bajarishga o‘rgatishni vazifa qilib qo‘yadi.
5. O‘quvchilarning korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi ishlab chiqarish amaliyoti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining tarmoq ta’lim standartiga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Ishlab chiqarish amaliyoti o‘quvchilarning kasb-hunar kolleji bilan korxona, muassasa yoki tashkilot o‘rtasidagi shartnoma asosida ishlab chiqarish yoki texnik jarayonda muntazam va bevosita qatnashishi yo‘li bilan o‘tkaziladi.
7. Kasb-hunar kolleji tarmoq ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi hamda o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etadi.
8. Ishlab chiqarish amaliyoti, qoidaga ko‘ra, korxona, muassasa yoki tashkilotning ixtisoslashuviga bog‘liq holda ushbu maqsad uchun maxsus ajratilgan, o‘quvchilar o‘qishni tugatgandan keyin ishga joylashishi mumkin bo‘lgan o‘quv-ishlab chiqarish joylarida o‘tkaziladi.

Download 155.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling