O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO VILOYAT KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH BUXORO VILOYAT HUDUDIY BOSHQARMASI
QORAKO’L TUMAN 2-SON
KASB-HUNAR MAKTABI
BIZNES ASOSLARI FANIDAN
BAHOLASH VOSITALARI
Maxsus fan o’qituvchisi: Sodiqov Roziq
2021-yil
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
O‘quv moduli davomida o‘tkazilgan mavzular bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar ichki nazorat bo‘yicha amaldagi tartib asosida baholanadi. Baholash usullari yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriqlardan iborat bo‘lib, ular o‘quv elementini o‘zlashtirish natijalarini aniqlashga imkon beradi. Nazorat savollari va topshiriqlar qo‘yilgan maqsadga hamohang bo‘lishi lozim.
Baholash tizimi:
Joriy baholash mezonlari
A’lo bahoga:
bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va vazifasini atroflicha tushungan bo’lsa;
vazifani mustaqil ijodiy yondashib bajara olsa;
chizgan xaritalarining mazmunini tushunsa, to’g’ri bayon qilib bersa;
voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzmay to’g’ri tasvirlasa;
ishni belgilangan muddatda va puxta tayyorlab topshirsa.
Yaxshi bahoga:
bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini. maqsadi va vazifasini tushungan bulsa;
vazifani mustaqil bajara olsa;
chizgan xaritalarining mazmunshsh tushunsa, to’g’ri bayon qilib bersa;
voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzmay to’g’ri tasvirlasa;
ishni belgilangan muddatda topshirsa.
Qoniqarli bahoga:
bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini, maqsadi va vazifasi haqida umumiy tasavvurga ega bo’lsa;
vazifani mustaqil bajara olmay, ayrim yordamga muhtoj bo’lsa;
xaritalarni mazmunan to’g’ri chizgan va tushungan, ammo bayonida qiynalsa;
voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzib tasvirlasa;
ishda ayrim kamchiliklar bo’lsa va belgilangan muddatda topshirilmasa.
Do'stlaringiz bilan baham: |