“O‘quvchilarning darsdagi og‘zaki va yozma faolliklarini baholash” mavzusidan ma’ruza matni
Download 162.81 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqX99oqAbh9XoJUDUgpFl3H9cdEBF3xsXQJDOYnFuJ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang‘ich ta’limda
- Interfaol grafik organayzerlar
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi O‘quvchilar kompetensiyalarini baholash usullari va vositalari moduli bo‘yicha “Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar bilimini baholash” o‘quv kursining “O‘quvchilarning darsdagi og‘zaki va yozma faolliklarini baholash” mavzusidan ma’ruza matni Ma’ruzasi: Qoraboyev Husniddin Kamolovich Toshkent 2021 1-Mavzu: O‘quvchilarning darsdagi og‘zaki va yozma faolliklarini baholash Reja: 1. O‘quvchilar bilimlari va kompetensiyalarini baholashning turli strategiyalari. 3. Rasmiy va norasmiy, diagnostik va umumiy yondashuvga asoslangan baholash usullari. 4. Baholash orqali o‘quvchilar bilan teskari aloqani o‘rntish. 5. O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini, bilim va kompetensiyalarini baholashning turli usul va vositalari. Boshlang‘ich ta’limda – o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishni shakllantirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim mazmunining majburiy minimumi va yakuniy maqsadlariga, o‘quv yuklamalari hajmiga hamda ta’lim sifatiga qo‘yiladigan talablardan iborat bo‘lib, u quyidagilardan tashkil topadi: bilim — o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish; ko‘nikma — o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish; malaka — o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish; kompetensiya — mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati. Baholash tizimi — davlat ta’lim standarti bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning malaka talablarini o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi darajasini hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasasining faoliyati samaradorligini aniqlaydigan mezonlar majmuidan iborat. Baholash o‘quvchini sinfdan-sinfga o‘tkazish uchun asos bo‘ladi. O‘quvchini keyingi sinfga o‘tkazish ijobiy baho olgan taqdirda amalga oshiriladi. Maktab pedagogika kengashi qarori bilan o‘quvchilar qoniqarsiz baholar bilan sinfdan-sinfga o‘tkazilishi mumkin. O‘quvchi uning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar yillik bahodan norozi bo‘lsa, unga maktab pedagogika kengashi tomonidan tuziladigan tegishli fan komissiyasiga (ota-onalar yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar ishtirokida, agar ular shuni xohlasalar) imtihon topshirish imkoni beriladi. Qayta imtihon topshirishga barcha ko‘chirish sinflarida (bitiruv sinflari bundan mustasno) faqat joriy o‘quv yilida o‘qitilgan fanlar bo‘yicha ruxsat beriladi. O‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasidagi baholashga oid bahsli vaziyatlar Maktab pedagogika kengashi a’zolaridan iborat tarkibda bahsli masalalar komissiyasi tomonidan hal etiladi. Ko‘pincha psixologik va ayniqsa pedagogik adabiyotlarda “baholash” va “baho” tushunchalari aniqlanadi. Shu bilan birga, ushbu tushunchalarni farqlash o‘qituvchilarning baholash faoliyatining psixologik, pedagogik, didaktik va tarbiyaviy jihatlarini chuqurroq anglash uchun o‘ta muhimdir. Baholash - bu shaxs tomonidan amalga oshiriladigan baholash jarayoni, faoliyati (yoki harakati). Bizning taxminiy va umuman har qanday faoliyatimiz baholashga bog‘liq. Baholashning aniqligi va to‘liqligi maqsad sari harakatning ratsionalligini belgilaydi. Ma’lumki, baholash funktsiyalari faqat tayyorgarlik darajasini tasdiqlash bilan cheklanmaydi. Baholash o‘qituvchini o‘rganish, ijobiy motivatsiya va shaxsga ta’sirini rag‘batlantirishning eng samarali vositalaridan biridir. Aynan obyektiv baholash ta’siri ostida maktab o‘quvchilarida o‘z-o‘zini baholash, o‘z yutuqlariga tanqidiy munosabat shakllanadi. Shuning uchun baholashning ahamiyati, uning funksiyalarining xilma-xilligi maktab o‘quvchilarining ta’lim faoliyatining barcha jihatlarini aks ettiradigan va ularning identifikatsiyasini ta’minlaydigan ko‘rsatkichlarni izlashni talab qiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, bilim va ko‘nikmalarni baholashning amaldagi tizimi uning diagnostik qiymati va obyektivligini oshirish uchun qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Baho (ball) baholash jarayoni, baholash faoliyati yoki harakati, ularning shartli ravishda rasmiy aks etishi natijasidir. Psixologik nuqtai nazardan, baholash va bahoni aniqlash, uning natijasi bilan muammoni hal qilish jarayonini aniqlash bilan baravar bo‘ladi. Baholash asosida belgi uning rasmiy mantiqiy natijasi sifatida ko‘rinishi mumkin. Baholash odatda maktab o‘quvchilarining mavjud bilimlari va ular ko‘rsatgan bilim va ko‘nikmalarga bog‘liq. Bilim, ko‘nikma va malakalarni birinchi navbatda o‘qituvchi uchun ham, o‘quvchi uchun ham ularni takomillashtirish, chuqurlashtirish, oydinlashtirish yo‘llarini belgilash uchun baholash kerak. O‘quvchi tomonidan berilgan baho bu o‘quvchi va o‘qituvchining ishlash istiqbollarini aks ettirishi muhimdir, bu har doim ham o‘qituvchilarning o‘zi tomonidan amalga oshirilmaydi, ular bu belgini o‘quvchining faoliyatini baholash deb biladilar. Ko‘pgina mamlakatlarda o‘quvchilarning baholari ta’lim samaradorligini baholash uchun asos bo‘lib, ta’lim sifatining muhim parametrlaridan biridir. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, o‘qituvchining bahosi o‘quvchi ichki ravishda rozi bo‘lgandagina foydali tarbiyaviy samaraga olib keladi. Yaxshi ishlayotgan maktab o‘quvchilari uchun o‘zlarining baholari bilan o‘qituvchi tomonidan berilgan baholarning tasodifligi 46% hollarda bo‘ladi. Va yomon ishlaydiganlar orasida - 11% hollarda. Boshqa tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, o‘qituvchi va o‘quvchining o‘z bahosi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik 50% hollarda uchraydi. O‘quvchilar o‘qituvchilar talablarini tushunsalar, baholashning tarbiyaviy samarasi ancha yuqori bo‘lishi aniq . O‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini nazorat qilish natijalari uni baholashda ifodalanadi. Baholash - bu biror narsaning darajasi yoki sifatini belgilash. Baholash - sifat ko‘rsatkichi (masalan, “Siz zo‘rsiz!”). O‘quvchining taraqqiyoti va tushunchasini baholashning turli usullari mavjud. Asosiy usullarning ikkitasi rasmiy va norasmiy baholashdir. Rasmiy baholashda testlar, viktorinalar va loyihalar mavjud. O‘quvchilar ushbu baholarga oldindan tayyorgarlik ko‘rishlari va tayyorlashlari mumkin va ular o‘qituvchilarga o‘quvchilarning bilimlarini o‘lchash va o‘qiyotgan taraqqiyotini baholash uchun muntazam vosita beradi. Xalq ta’limi vazirligining 2010 yil 20 iyuldagn 178-sonli buyrug‘iga ko‘ra Reyting tizimida ballar “1”, “2”, “3”, “4”, “5” raqamlari bilan qayd etilib, ular so‘zlar bilan quyidagicha ifodalanadi: “1” ball - 5 ta imkoniyatning 1 tasidan foydalanildi; “2” ball — 5 ta imkoniyatning 2 tasidan foydalanildi; “3” ball - 5 ta imkoniyatning 3 tasidan foydalanildi; “4” ball - 5 ta imkoniyatning 4 tasidan foydalanildi; “5” ball - 5 ta imkoniyatning 5 tasidan foydalanildi. “1” ball - 5 ta imkoniyatning 1 tasidan foydalanish. O‘quvchi mavzu bo‘yicha o‘rganilgan hodisalar, tamoyillar va ularning farqlari, o‘xshashliklarini ajratishda topshiriqlarni noto‘g‘-ri bajarsa-da, javob berishga harakat qilsa, u berilgan imkoniyatning 1 tasidan foydalangan hisoblanadi va u “1” ballga ega bo‘ladi. O‘quvchining foydalanilmay qolgan imkoniyatini egallashda bo‘lgan intilishi, o‘quv fanini o‘zlashtirish uchun daftar yuritishi, qo‘shimcha maslahat va topshiriqlarga nisbatan ijobiy moyilligi, dars va darsdan (maktab va maktabdan) tashqari tadbirlarda namuna ko‘rsatishi kabi harakatlariga qarab o‘quvchining foydalanishi mumkin bo‘lgan imkoniyati o‘qituvchi tomonidan “2” ballga o‘zgartirilishi mumkin. “2” ball- 5 ta imkoniyatning 2 tasidan foydalanish. O‘quvchi 1 balga bo‘lgan talabga qo‘shimcha ravishda o‘rganilgan mavzuga oid ayrim ma’lumotlar, qoida yoki ta’rif, teoremalarni eslab, noto‘g‘ri bo‘lsa-da, asosli javob byorishga va javobini isbotlashga harakat qilsa, u berilgan imkoniyatning 2 tasidan foydalangan hisoblanadi va u “2” balga ega bo‘ladi. O‘quvchining foydalanilmay qolgan imkoniyatidan foydalanishga bo‘lgan tirishqoqligi, o‘quv fanini o‘zlashtirish uchun ishchi daftar yuritishi, uyga vazifalarni bajarishga intilishi, qo‘shimcha maslahat va topshiriqlarga nisbatan ijobiy moyilligi, dars va darsdan (maktab va maktabdan) tashqari tadbirlarda namuna ko‘rsatishi kabi harakatlariga qarab o‘quvchining foydalanishi mumkin bo‘lgan imkoniyati o‘qituvchi tomonidan “3” balga o‘zgartirilishi mumkin. “3” ball — 5 ta imkoniyatning 3 tasidan foydalanish. O‘quvchi “2 ” balga bo‘lgan talabga qo‘shimcha ravishda o‘quv materiali bo‘yicha egallanadigan bilim, ko‘nikma va malakalarni qisman o‘zlashtirgan holda asosiy ma’lumotlarni ishonchli ravishda to‘g‘ri bayon eta olsa, u berilgan imkoniyatning 3 tasidan foydalangan hisoblanadi va u “3” balga ega bo‘ladi. O‘quvchining foydalanilmay qolgan imkoniyatidan foydalanishga bo‘lgan tirishqoqligi, o‘quv fanini o‘zlashtirish uchun ishchi daftar yuritishi, uyga vazifalarni bajarishga intilishi, qo‘shimcha maslahat va topshiriqlarga nisbatan ijobiy moyilligi, dars va darsdan (maktab va maktabdan) tashqari tadbirlarda namuna ko‘rsatishi kabi harakatlariga qarab o‘quvchining foydalanishi mumkin bo‘lgan imkoniyati o‘qituvchi tomonidan “4” balga o‘zgartirilishi mumkin. “4” ball — 5 ta imkoniyatning 4 tasidan foydalanish. O‘quvchi 3 ballga bo‘lgan talabga qo‘shimcha ravishda mavzuga oid ma’lumotlarni tahlil eta olsa, mustaqil ish bajarib, javoblarida yoki harakatlarida qisman hayajonlanish (mavzuni bayon etishda to‘xtalish, takroriy eslash yoki yordamchi savollarga muhtojlik, amaliy ishlarni bajarish ketma-ketligida ikkilanish kabi) holatlar uchrasa, mavzuga oid shakllangan malakaga nisbatan murakkab bo‘lmagan xulosalar chiqara olsa, u berilgan imkoniyatning 4 tasidan foydalangan hisoblanadi va u “4” balga ega bo‘ladi. O‘quvchining foydalanilmay qolgan imkoniyatidan foydalanishga bo‘lgan tirishqoqligi, o‘quv fanini o‘zlashtirish uchun ishchi daftar yuritishi, uyga vazifalarni bajarishga intilishi, qo‘shimcha maslahat va topshiriqlarga nisbatan ijobiy moyilligi, dars va darsdan (maktab va maktabdan) tashqari tadbirlarda namuna ko‘rsatishi kabi harakatlariga qarab o‘quvchining foydalanishi mumkin bo‘lgan imkoniyati o‘qituvchi tomonidan “5” balga o‘zgartirilishi mumkin. “5” ball — 5 ta imkoniyatning 5 tasidan foydalanish. O‘quvchi 4 ballga bo‘lgan talabga qo‘shimcha ravishda mavzuning mohiyatini chuqur anglab qoidalar, ta’riflar, teoremalar, qonunlar va g‘oyalar asosida topshiriqlar, masalalar hamda mustaqil ishlarni ijobiy bajarib, amaliy faoliyatlarida qo‘llay olishini tasavvur qilib, uni turmush tajribasidagi misollar bilan hisobot qilib bera olsa, u berilgan imkoniyetning 5 tasidan foydalangan hisoblanadi va u “5” ballga ega bo‘ladi. O‘quvchining o‘quv faniga nisbatan shakllangan ijodiy munosabati va alohida iqtidorini batafsil tahlil etib, o‘qituvchi muntazam “5” ball imkoniyatidan to‘liq foydalanadigan o‘quv-chini rag‘batlantirish yuzasidan ta’lim muassasasi pedagogik kengashi kun tartibiga alohida masala sifatida tavsiya kiritishi mumkin. Alohida iqtidori shakllanib kelayotgan o‘quvchilar ta’lim muassasasida e’tirof etilgan holda e’lon qilinadi va tegishli stend, fotoalbom yoki rag‘batlantirishning boshqa ko‘rinishlarida qayd etiladi. Har bir fan o‘qituvchisi darsga va tarbiyaviy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish davrida o‘quvchilar uchun beriladigan so‘rovlar, kollokvium materiallari, seminarlar, nazorat ishlar, testlarni avvaldan aniqlab olishi lozim. O‘qituvchi avvaldan belgilagan imkoniyatlar - so‘rovlar, topshiriqlar, testlarni dars jarayonida to‘ldirishi va ularga qo‘shimchalar kiritishi mumkin. Interfaol metod - ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo‘llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar- o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko‘pligi, o‘quvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi: 1. Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O‘quv keyslari”), “Blist-so‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim”. 2. Interfaol ta’lim strategiyalari.“Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “Yumaloqlangan qor”. Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategik yondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q. 3. Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?”. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg‘ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko‘rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q. Interfaol ta’lim metodlarini ko‘pincha turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari texnologiyalari bilan bir vaqtda qo‘llanmoqda. Bu metodlarni qo‘llash mashg‘ulot ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat qiladi. Milliy o‘quv dasturi bo‘yicha baholash jarayoni uchun quydagi o‘zgartirishlar kiritildi: 1. Farmativ va summativ baholashning farqli jihatlari aniqlab berildi. 2. Shakllantiruvchi (formativ) baholash (o‘rganish uchun baholash): - Uyga berilgan vazifalar; - Dars paytida beriladigan topshiriqlar; - Savol-javob; - Dars paytida o‘tkaziladigan nazorat ishlari; - O‘quvchilarning darsdagi faolligini kuzatish va boshqalar. Download 162.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling