Kasb manaviyati tushunchasi va mohiyati


Telefon suhbatlarini olib borish etiketi


Download 1.86 Mb.
bet5/7
Sana24.12.2022
Hajmi1.86 Mb.
#1056272
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kasb manaviyati tushunchasi va mohiyati

Telefon suhbatlarini olib borish etiketi
Kun davomida biz bir necha bor telefon go’shagini olib mijozlar-u hamkorlar, hamkasaba-yu ishbilarmonlar, do’stlar va oilamiz bilan gaplashamz, ammo bu vositadan mohirona foydalanish oson ish emas.
  • Telefon orqali yoqimli tarzda o’zini tanishtirish-suhbat boshlashning eng yaxshi yo’li. Bu tanishtirish iloji boricha qisqa bo’lishi va firma nomi, ismi-sharifingiz (kerak bo’lsa bo’limingiz nomi) va murojat shaklini o’zida qamrab olishi kerak, chunki qo’ng’iroq qiluvchida kim bilan gaplashayotganligi haqida aniq tasavvur hosil bo’lishi lozim.
  • Ism-sharifini aytgan chog’ida qo’ng’iroqni qabul qiluvchi ovoz intonatsiyasini go’yo savol berayotgandek baland qilishi kerak, chunki bu qo’ng’iroq qiluvchini o’z iltimosi yoki fikrini aytishga chorlaydi.
  • Agar suhbat qurish qo’lingizdan kelsa, uni mustahkamlash kerak. Kim ko’proq savol bersa, u suhbatni olib boradi, uni boshqaradi. “Ochiq qolgan savollar” hamkoringizni muloqot qilishga undaydi. Gapiruvchining gapini bo’lish odobdan emas. Agar suhbatdoshingiz bir nima demoqchi bo’lganini, ammo gapirmayotganini sezib qolsangiz, unda u sizni hurmat qilgani haqida xulosa qilishingiz mumkin.

Yaxshi tayyorlanish-deyarli yutuqqa erishish demakdir!
Telefonda gaplashishdan oldin, suhbatga chorlaydigan kishi kim bo’lishidan qat’iy nazar xursandchilik bilan telefon go’shagini oling. Narigi go’shakdagi suhbatdoshingiz yuzingizni ko’rmasa ham, chehrangizdagi tabassumni sezib turadi. Telefon orqali so’zlashuvda so’zlarni to’g’ri tanlash, ya’ni ritorika, muvaffaqiyatning faqatgina 7 % ni ta’minlaydi, qolganini esa o’zingizni tutishingiz, ovozingizning yoqimliligi hal qiladi.
Telefon so’zlashuvidan so’ng oldinda yana
telefon so’zlashuvi. Agar har bir kishi telefon
so’zlashuvidan so’ng o’ziga baho berib,
xatolarini yo’qotsa, bir necha kunlardan so’ng
suhbatni juda nazokatli tarzda osongina olib
boradi. Shuning uchun har doim telefon qilish
yoki go’shakni ko’tarishdan oldin, qog’oz, ruchka yoki qalam tayyorlab qo’ying. Go’shakni esa ma’qul keladigan qo’lingiz bilan oling, aks holda uni suhbatning o’rtasida boshqa qo’lingizga bir necha barobar olishingizga to’g’ri keladi. Chapaqaylar go’shakni o’ng qo’li bilan, o’naqaylar-chap qo’l bilan ushlashi tavsiya etiladi.
Telefon so’zlashuvlari davomida yoqimli ovozni shakllantirish bo’yicha maslahatlar.
-Qo’shiq aytish ovozni yumshatadi va uni jarangdor qilib qo’yadi, bunday ovoz esa odamni o’ziga tortadi. Unli tovushlarni ertalab har kuni xirgoyi qiling va “I” harfidan boshlan. Bunday xirgoyi qilish yaxshi mashq bo’ladi. Baland va past ovozda birma-bir xirgoyi qilish nafaqat ovozni “moylaydi”, balki yaxshi kayfiyat ham bag’ishlaydi.
-Nutq sifati tezda yomonlashishi sababli, talaffuzni yaxshilash maqsadida tishlar orasiga probirkani tirab olib gapirish mashqini amalga oshirish tavsiya etiladi.
-So’zlashish paytida nafas olish haqida unutmang va nutqning tezligini o’zgarmas holda tuting.








Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling