Касб-ҳунар коллежлари таълим жараёнида информацион технологияларидан фойдаланишнинг


Qaynatib pishirilgan son, to'sh go'shti


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/44
Sana09.01.2022
Hajmi1.52 Mb.
#264003
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44
Bog'liq
servis xizmati yonalishi boyicha gosht va goshtli mahsulotlarni ozuqaviy qi

Qaynatib pishirilgan son, to'sh go'shti  

Ushbu ovqatni tayyorlash  uchun dudlab pishirilgan va qaynatib pishirilgan 

go'sht  mahsulotlaridan  foydalaniladi.  Ular  suzib  berish  oldidan  porsiyali 

bo'laklarga  kesib  bo'linadi,  ustidan  qaynatma  quyilib,  qaynab  chiqquncha 

qizdiriladi.  Dudlangan  to'sh  go'shti  qaynatiib  pishirilib,  suyaklari  ajratib  olinadi, 

terisi  olib  tashlanadi.  Xomligicha  dudlangan  son  go'shti  avval  yuviladi  va  sovuq 

suvda 2,5-3 soal ivitilib tuzi kamaytiriladi. 

 

 



Go'shtni qovurish      

Mol,  buzoq,  qo'y,  echki  va    go'shtidan  qilinadigan  taomlar  qovurib 

pishiriladi.  Ular  asosiy  usulda,  mo'l  yog'da,  ko'mirli  ko'rada,  elektr  ko'rada, 

infraqizil  nurlantirgichli  apparatlarda  qovuriladi.  Go'sht  yirik  bo'laklar,  porsiyali, 

mayda boiaklar va qiyma ko'rinishida qovuriladi. 



 

36 


Qovurish uchun go'shtning birlashtiruvchi to'qimasi yumshoq va kollageni 

chidamsiz  bo'lgan  qismlaridan  foydalaniladi.  Bunday  qismlar  qovurilganda 

kollagen  yelimga  (glyutinga)  aylanishga  ulguradi  va  go'sht  lo'qimalarining 

yumshashini  ta'minlaydi.  Buzoq,  qo'y,  echki  va    go'shtidagi  kollagen  mol 

go'shtinikidan  chidamsizroq  bo'ladi  va  shu  bois  ularning  deyarli  barcha 

qismlaridan qovurish uchun foydalaniladi.  

Go'shtni  yirik  bo'laklar  holida  qovurish.  Buning  uchun  og'irligi  1-2  kg 

gacha  bo'lgan  go'sht  bo'laklaridan  foydalaniladi.  Kurakdan  ajratib  olingan  go'sht 

rulet  qilib  o'raladi  va  bog'lanadi,  to'sh  go'shti  qobirg'a  suyaklari  bilan  birga 

qovurilib, suyaklar go'sht pishgandan keyin olib tashlanadi. 

Qovurish  paytida go'shtning sirtida  qizil qobiq  tez  yuzaga  keladi, bu vaqt 

ichida go'shtning ichi qovurilmaydi. Qovurish jarayoni bir maromda borishi uchun 

yirik go'sht bo'laklari qovurish javonida o'rtacha haroratda qovuriladi. 


Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling