Kasbiy ehtiyojlarni amalga oshirish va kasbiy mahoratni rivojlantirish yo'llari, usul va vositalari


yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish


Download 176.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana09.06.2023
Hajmi176.71 Kb.
#1470498
1   2   3   4
Bog'liq
08-05-01

yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108 –sonli farmoni hamda “Ta'lim-tarbiya 


tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi PQ-4884 –sonli qarorida xalq ta'limi tizimidagi islohotlarni yanada 
takomillashtirish va ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar 
belgilab berildi. Mazkur hujjatlarda xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va 
malakasini oshirish bilan bog‘liq masalalarga ham alohida e'tibor qaratilib, sohadagi 
rahbar va pedagog-xodimlarni “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz 
malaka oshirish tizimiga transformatsiya qilish vazifasi qo‘yildi. 
Amaldagi tartibga ko‘ra, pedagog-kadrlar har 5 yilda kamida 1 marta, rahbar 
va mutaxassis xodimlar esa har 3 yilda kamida 1 marta malaka oshirishlari lozim. 
O‘qituvchining 5 yilda 1 oy, ya'ni 144 soatlik o‘quv dasturi asosida malaka oshirishi 
va qolgan 4 yilu 11 oy hech qanday o‘quvga jalb qilinmasligi ularning o‘z ustida 
ishlamasligi, katta hajmdagi ta'limiy axborotlardan bahramand bo‘lmasligiga olib 
kelmoqda. Pedagog-kadrlarning 5 yilda 1 marta malaka oshirishi hozir faqat ayrim 
MDH mamlakatlaridagina saqlanib qolgan. Dunyodagi ta'lim rivojlangan 
mamlakatlarda o‘qituvchilarning har yili uzluksiz malaka oshirishi yo‘lga qo‘yilgan. 
Masalan, Koreya Respublikasida o‘qituvchi har yili kamida 108 soat, Singapur va 
Yaponiyada har yili 100 soatdan ortiq, Gollandiyada 166 soat malaka oshirishi 
belgilangan. Shu bois, bizda ham soha xodimlarini davriy emas, balki doimiy 
ravishda o‘qitib borish, malaka oshirishni xodimlarning kasbiy ehtiyojidan kelib 
chiqib tashkil etish dolzarb masalaga aylanib qoldi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-
sonli “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash 

Download 176.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling