Kasbiy ehtiyojlarni amalga oshirish va kasbiy mahoratni rivojlantirish yo'llari, usul va vositalari
hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari
Download 176.71 Kb. Pdf ko'rish
|
08-05-01
hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar xalq ta’limi sohasida yangi islohotlarni boshlab berdi. Islohotlar yangicha yondashuvlarni taqozo qilyapti. Davlatimiz rahbari farmoniga muvofiq, xalq ta'limi sohasidagi muammolarni ilmiy tadqiq qilish va istiqboldagi islohotlarni ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta'limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti qayta tashkil etildi. Mazkur muassasa A.Avloniy nomidagi Xalq ta'limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti deb nomlandi. Institut faoliyati davr talablaridan kelib chiqqan holda tubdan isloh qilindi: u faqat pedagog-xodimlar malakasini oshirish bilan cheklanib qolmasdan, tom ma'nodagi ilmiy-tadqiqot dargohiga aylanadi. Bu, o‘z navbatida, institut zimmasiga yanada ko‘proq mas'uliyat yuklaydi: raqobatbardosh va samarali milliy ta'lim tizimini yo‘lga qo‘yish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, o‘quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish, ta'lim muassasalari rahbar va pedagog- xodimlarini kasbiy rivojlantirish bilan bog‘liq ilmiy muammolarni tadqiq qilish va echimini topish – institutning asosiy faoliyat yo‘nalishi etib belgilandi. Xalq ta'limi vazirligiga Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar xalq ta'limi xodimlarining malaka oshirish jarayonini “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida tashkil qilish, xodimlarning kasbiy ehtiyojlarini tashxis qilish asosida ishlab chiqilgan individual rivojlanish dasturiga muvofiq malakasini oshirish tartibini amaliyotga kiritish, soha xodimlarining malaka oshirish jarayoniga kredit-modulga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini bosqichma- bosqich joriy etish vazifasi yuklatildi. Malaka oshirish — ta'lim tizimining diqqat markazida bo‘ladi. Har qanday ta'lim jarayoni samarali bo‘lishi uchun u ta'lim oladigan shaxsning qiziqish va ehtiyojlariga mos bo‘lishi lozim. Bu barcha yoshdagi ta'lim oluvchilarga xos bo‘lib, ayniqsa, katta yoshdagilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagog- xodim malaka oshirish kursiga, odatda, yangilik olish, o‘qitishning yangi metod va texnologiyalarini o‘zlashtirish, kasbiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida boradi. Biroq kasbiy ehtiyoj har bir pedagogda turlicha bo‘ladi. Bu — tabiiy hol. Bitta auditoriyaga jamlangan 25 nafar pedagog-kadrga o‘tiladigan mavzu kim uchundir qiziqarli bo‘lishi, kimningdir ehtiyojiga mos kelishi, qolganlarga esa umuman hech narsa bermasligi mumkin. Pirovardida o‘tilgan dars yoxud malaka oshirish kursi tinglovchilarni bir xil darajada qoniqtira olmaydi. Buning uchun xalq ta'limi xodimlarining malaka oshirishga doir ehtiyojlarini o‘rganish, ularning har biri uchun individual kasbiy rivojlanish traektoriyasini tuzish va malaka oshirish o‘quvlarini ana shu asosda tashkil etish lozim. Ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirish tizimini joriy etish uchun xalq ta'limi xodimlarining malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish tajribasi va individual kasbiy rivojlanish traektoriyasidan kelib chiqib, tabaqalashgan malaka oshirish dasturlari ishlab chiqiladi. An'anaviy malaka oshirish bilan bir qatorda, kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, masofaviy va boshqa muqobil shakllari joriy etilib, xalq ta'limi xodimlariniing individual traektoriyalari, kasbiy rivojlanish natijalari va o‘zlashtirgan o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar ularning elektron portfoliosiga kiritiladi. Malaka oshirishda kredit-modul tizimi joriy etiladi. Pedagog-kadrlar ehtiyojlariga asoslangan kasbiy rivojlanish ta'limi natijalarini baholash yangicha yondashuvni talab qiladi. Amaldagi tartibga binoan tinglovchi malaka oshirish kursini tugatganidan so‘ng test sinovlari va malaka ishini himoya qilishdan iborat yakuniy baholash jarayonidan o‘tadi. Baholashning ushbu shakllari yagona o‘quv reja hamda o‘quv dasturlari asosida tashkil qilingan malaka oshirish kurslari uchun qo‘llaniladi. Biroq turli individual traektoriya va o‘quv reja- dasturlari asosida o‘qigan tinglovchilar erishgan natijalarni yagona baholash vositasi — test va malaka ishi himoyasi bilan baholab bo‘lmaydi. Xalq ta'limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimidagi ta'lim olish natijalarini baholashda kredit-modul tizimini joriy etish belgilanmoqda. Unga ko‘ra, xodim tomonidan bir yilda yig‘ilishi lozim bo‘lgan kreditlar (akademik soatlar)ning eng kam hajmi nazarda tutilmoqda. Har bir xodim yuqorida qayd etilgan “Uzluksiz kasbiy ta'lim” platformasi orqali unga taqdim etilgan o‘quv modullarini o‘zlashtirgach, platforma tomonidan baholanadi va yig‘ilgan kreditlar xodimning shaxsiy kabinetida jamlanadi. Kreditlarning belgilangan miqdorini yiqqan xodim shu yil uchun malaka oshirish kursini to‘la o‘tagan hisoblanadi. Baholashning kredit-modul tizimini joriy etish xodimlarning muqobil malaka oshirish shakllarida ham olgan natijalarini baholash imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, xodimning Coursera kabi internet tarmog‘idagi elektron resurslaridan foydalanib, o‘z saviyasini oshirishi, respublika va xalqaro olimpiadalarga o‘quvchilar tayyorlagani, chet ellardagi nufuzli ilmiy jurnallarda maqola chop etgani, ilmiy daraja olish uchun dissertasiya himoya qilish kabi holatlarni ham kreditlarda baholash belgilangan. Sog‘lom raqobat muhiti yaratiladi. Xalq ta'limi xodimlari malakasini oshirish jarayonlariga pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta'lim muassasalari hamda nodavlat ta'lim tashkilotlarini ham jalb etish, pirovardida sog‘lom raqobat muhitini yaratish belgilanmoqda. Bugungi kungacha xalq ta'limi muassasalari xodimlari malakasi institut va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 14 ta xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida oshirilayotgan edi. Oliy ta'lim muassasalari tuzilmasida xalq ta'limi xodimlarini malakasini oshirish fakul’tetlarini tashkil etish, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini xalq ta'limi xodimlari malakasini oshirish vakolati berilgan oliy ta'lim muassasalari uchun tayanch ta'lim muassasasi etib belgilash, xalq ta'limi xodimlari malakasini oshirish kurslarining namunaviy o‘quv reja, dastur, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarini ishlab chiqish belgilanmoqda. Shuningdek, kurslarning o‘quv- uslubiy ta'minotini doimiy yangilab borish choralarini ko‘rish, malaka oshirishning samarali shakllarini joriy etishning ilmiy-metodik va tashkiliy-metodik asoslarini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Pedagog-xodimlarda o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalq ta'limi xodimlarida Internet jahon axborot tarmog‘i, mul`timedia tizimlari va masofadan o‘qitish usullaridan foydalangan holda, ilg‘or pedagogika, axborot-kommunikasiya va innovasion texnologiyalarni egallash va ularni o‘quv jarayoniga faol tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirish vazifalari nazarda tutilgan. Endi xalq ta'limi xodimlari faqat Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi malaka oshirish tashkilotlarida emas, balki o‘z ixtiyorlariga ko‘ra, hududlarda joylashgan istagan davlat va nodavlat ta'lim muassasalarida ham o‘z malakalarini oshirishlari mumkin bo‘ladi. Mazkur tartib malaka oshirishda mavjud monopoliyaga barham beradi, tanlash imkoniyatini taqdim etish orqali malaka oshirish sohasida sog‘lom raqobat muhitini yaratadi. Xodimdan qaerda malaka oshirishidan qat'i nazar, joriy yil uchun belgilangan kredit ballarini yig‘ish talab qilinadi. Ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish, soha uchun yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlar, sohadagi rahbar kadrlar va metodistlarning kasbiy darajasi, malakasini muntazam oshirib borish, shuningdek, sohaga oid ilg‘or tajribalarni o‘rganish va joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, xorijdagi etakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish, umumiy o‘rta ta'limni tashkil etishning yangi texnologiyalari, vositalari va shakllarini ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va ekspertiza qilishda ishtirok etish kabi faoliyat yo‘nalishlari nazarda tutilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda ta'lim sohasi muammolarini tadqiq qilish bilan shug‘ullanadigan institutlar ta'lim tizimi taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. Masalan, Koreya Respublikasida Koreya ta'limni rivojlantirish instituti (KEDI) 1972 yildan buyon muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatadi. Uning zimmasiga Koreya milliy an’analarini aks ettiruvchi yangi ta’lim tizimini yaratish, bu borada keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, innovasion ta’lim tizimini ishlab chiqish, sohadagi islohotlar siyosati uchun platforma vazifasini o‘tash, kelajak ta'lim qadriyatlarini ilgari surish va innovasion ta'limning ilmiy salohiyatini mus- tahkamlash kabi vazifalar yuklatilgan. Mazkur institut bugungi kunda nafaqat Koreya Respublikasi, balki xalqaro maydonda ham o‘z nufuziga ega ilmiy tashkilotga aylangan. Muxtasar aytganda, oldimizda xalq ta'limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish bilan bog‘liq muhim chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi dolzarb vazifalar turibdi. Institutimiz mamlakatimiz xalq ta'limi sohasini yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqishga munosib hissa qo‘shishga harakat qiladi. Zero, bugun mamlakat hayotining barcha sohasi qatori ta'lim-tarbiyada ham yangi davr boshlandi. Bu davr bizdan hamjihatlik, fidoyilik va samarali mehnatni talab etadi. Download 176.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling