Kasbiy etika va ahloq tushunchasi. Reja
Download 21.02 Kb.
|
1 2
Bog'liqMa’ruza-2. Kasbiy etika va ahloq tushunchasi.
Kasbiy etika va ahloq tushunchasi. Reja: 1.Kasbiy etika tushunchasi. 2.Kasbiy etika va ahloqning kelib chiqishi. 1.Kasbiy etika tushunchasi. Kasb etikasi deganda biz nimani tushunamiz? Kasb etikasi nima uchun kerak va u qanday maqsadlarda o`rganiladi? Etika bo`yicha izohli lug’atda ushbu tushuncha ma’nosi quyidagicha:“Kasb etikasi yoki kasbiy axloq –bu odamlarning kasb faoliyatidan kelib chiqadigan o`zaro munosabatlarining axloqiy xarakterini ta’minlaydigan qonuniyatlardir”.Bunday qonuniyatlarning kelib chiqishi va rivojlanishi inson axloqi yo`nalishlaridan birini aks ettiradi, chunki ular shaxs qadrini va shaxslararo munosabatlarda odamiylikning yuzaga kelishiga yordam beradi. Axloqiy talablar umumiy bo`lishiga qaramay, ba’zi bir kasbiy faoliyatlarni olib borishda alohida xulq-atvor normalari vujudga kelmoqda. Kasb odobi (etikasi) bu insonlarning kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan o‘zaro munosabatlarining axloqiy xarakterini ta’minlaydigan qonuniyatlardan biridir. Kasb odobi – jamiyat tomonidan qabul qilingan axloq qoidalarini kishilarning ixtisoslariga nisbatan amalda tatbiq qiluvchi aniq kasbiy burch, sha’n, ornomus, qadr-qimmat kabi xatti-harakatlarning majmui, umumiy axloqning kishilar kasb-koridagi o‘ziga xos ko‘rinishidir. Jamiyatda mutlaq, abadiy va o‘zgarmas odob-axloq yo‘q. Odob-axloq tarixan o‘zgaruvchan va nisbiy mustaqillikka ega bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Yillar o‘tishi bilan ishlabchiqarish, fan va texnika rivojlanib, ijtimoiy mehnat taqsimoti yanada chuqurlashadi. Bu jarayonning uzluksiz davom etishi esa o‘z navbatida, har biri muayyan ijtimoiy funksiyani bajaradigan yangidan yangi faoliyat sohalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Ularning sohiblari esa shunga ko‘ra muayyan ijtimoiy burchlarni bajara boshlaganlar. Mazkur burch va majburiyatlar muayyan odob-axloq qoidalari va xulq-atvor normalarida o‘z aksini topadi. Shunday qilib, kasb odobining paydo bo‘lishi uzluksiz mehnat taqsimotining mahsuli, uning axloqiy dasturi, axloqiy bahosi sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. Jamiyatning har bir kasb-hunarga, ixtisosga beradigan odobaxloq bahosi ikki asosiy omil bilan: birinchidan, mazkur kasbhunar vakillarining jamiyat rivojlanishi uchun nimalar berishi bilan; ikkinchidan, jamiyatning ma’naviy ta’sir ko‘rsatish ma’nosida ularga nimalar berishi bilan belgilanadi. Ana shu odob-axloq baho omillariga ko‘ra, kasb odobini har bir kasbhunarning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni va vazifalariga qarab bir necha turga ajratish mumkin: ● o‘qituvchilik ixtisosiga qarab – pedagog axloqi; ● tibbiyot ixtisosiga qarab – shifokor axloqi; ● huquqni muhofaza qilish ixtisosiga qarab – yurist axloqi; ● xizmat ko‘rsatish ixtisosligiga qarab – xizmat ko‘rsatish odobi va hokazo. Kasb odobi talablari umumiy bo‘lishiga qaramay ba’zi bir kasbiy faoliyatlarni olib borishda alohida xulq-atvor me’yorlarini ham e’tiborga olish kerak. Masalan, tibbiyot xodimi o‘z amaliyotidagi qiyinchiliklarga qaramay, insonning jismoniy va ma’naviy sog‘lig‘i uchun kurashishi va kerak bo‘lsa bunda o‘zini ham ayamasligi lozim, ya’ni shifokorning qasamyod burchi unga har qanday vaziyatda ham qiyinchiliklarga qaramasdan, ba’zi hollarda o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib bo‘lsa ham bemorga yordam berishga undaydi. Huquq vakillaridan kasb odobida sodiqlik, hammaning qonun oldida teng ekanligi tamoyiliga rioya qilishlari talab etiladi. Xizmat ko‘rsatish sohasi vakillaridagi odob-axloq me’yorlari, avvalambor, muomala madaniyati va mijozlarning ehtiyojini qondirishga, diqqat-e’tiborning kuchli bo‘lishiga qaratilgan bo‘ladi. Download 21.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling