Kasbiy ma`naviyatning o’ziga xos prinsplari Reja 1


Download 28.98 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi28.98 Kb.
#1064417
  1   2
Bog'liq
Kasbiy ma`naviyatning o’ziga xos prinsplari


Kasbiy ma`naviyatning o’ziga xos prinsplari
Reja
1. Madaniyat va uning kasbiy faoliyatga ta’siri.
2.Obro’-tushunchasi, uning mohiyati va ahamiyati. Kasbga va lavozimga 
munosib bo’lishni anglash.
3. Adolat, sadoqat, burch va halollik kasbiy ma’naviyatning bosh mezoni.
4. Kasbiy ma’naviyatda etiket normalari va ularning xodimlar faoliyatida
namoyon bo’lishi
Biz oldimizga qo’ygan yuksak maqsadlarni, barcha orzu-niyatlarimizni amalga oshirishda  avvalambor milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy demokratik jamiyat qurish yo’lidagi keng ko’lamli va murakkab vazifalarni hal etishga qodir bo’lgan yangi kadrlarni tayyorlash masalasini muhim prinsipial va hal qiluvchi darajaga ko’targanimiz hammamizga yaxshi ayon, deganda har bir sohada mehnat qilayotgan yoshlarning kasbiy madaniyat darajasini ko’tarishni nazarda tutgan. Kadrlaming tasnifiy tavsifi, davlat ta’lim standartlari, m e’yorlar, ta’lim mazmunini, moddiy texnika bazasini, moliyalashtirishni, professor-o‘qituvchilar tarkibini, ta’lim muassasasining o‘quv-ilmiy, ishlab-chiqarish va boshqa faoliyatlarini aniqlovchi Nizomlar va boshqa hujjatlar Milliy dastur markaziy strategiyasining huquqiy-me’yoriy bazasi bo‘lib hisoblanadi. Yuqoridagi dolzarb vazifalarni hisobga olgan holda ushbu m a’ruzalar matni universitetning barcha fakultetlari kasbiypedagogik tayyorgarlik ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun 18 soatli ma’ruza, ] 8 amaliy mashg‘ulot, 20 soatli mustaqil ta’lim shaklida mustaqil fan sifatida 1-kursda o‘tilishi lozim bo‘lgan “Kasbiy pedagogik faoliyatga kirish” fani bo‘yieha tayyorlandi. “Kasbiy pedagogik faoliyatga kirish” fani o‘qitish jarayonining asosiy shakilari, o‘quv rejasining mazmuni, ilmiy-tekshirish ishlari, o‘qish va ilmiy ishlami bajarishda texnika vositalaridan foydalanish, talabalaming huquq va burchlari, kundalik ish rejimi va mustaqil ishlashni to‘g‘ri tashkil etish, kitob ustida ishlash kabilami talabalarga tanishtiradi. Talabalar kurs materiallarim o‘ziashtirish uchun nimalar qilinishi lozimligi, o‘zlashtirishni hisobga olish, talabalami yakuniy nazorat va re у t nig ishlariga tayyorlash hamda ularni o‘tkazishni tashkil etish, talabalar o‘quv-tadqiqot va ilmiy-tekshirish ishlarining asosiy mazmuni, ulaming turmushi, madaniyati va dam olishini tashkil etish, o‘quv-mehnat va turmush nafosati kabi sohalarga ham “Kasbiy pedagogik faoliyatga kirish” fanida alohida o‘rin ajratiladi Olinayotgan bilimlar talabalaming ongiga to ‘la singib borishi, bo‘lajak mutaxassislaming hayotiy maqsadlariga aylanishi kerak bo‘lgan asosiy masaladir. “Kasbiy pedagogika faoliyatiga kirish” fanining maqsadi talabalarda pedagogik faoliyatiga ko‘nikma hosil qilishdan iboratdir. Pedagog - bu moxir tashkilotchi, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish masalasini amalga oshira oladigan xodim hisoblanadi. U odamlar bilan ishlaydi, jamiyatni boshqaradi, jamoa tajribasiga tayanib ish ko‘radi, o‘z o‘rtoqlarining maslahatiga quloq soladi, qo‘lga kiritilgan yutuqlarga tanqidiy yondoshadi. Bunday kishi yuqori madaniyatli, keng mulohazali, tadbirkor, o‘z ishining ustasi, jamiyatning hakikiy ziyolisidir. 0 ‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha Oliy o‘quv yurtlarida 1974-1975-o‘quv yilidan boshlab o‘quv rejalariga “Kasbiy pedagogika faoliyatiga kirish” mustaqil fanini kiritish haqida qaror qabul qilingan edi. Hozirgi paytda bu fan uchun 18 soatli m a’ruza, 18 soatli amaliy mashg‘ulot va 20 soatli mustaqil ta’lim kursi ajratilgan. Bund an ko‘zlangan maqsad talabalami Oliy maktab hayotiga tezrok moslashtirish, uning sharoitini o‘zlashtirib olishda ko‘maklashish bo‘lib, oqibat natijada fanlami yaxshi o ‘zlashtirishlarida yordam berish, ulgurmovchiliklaming oldini olishdan iboratdir. “Kasbiy pedagogik faoliyatiga kirish” fani birinchi kurs talabalariga o ‘quv yurtlarining qisqacha taraqqiyoti tarixi, ulaming tuzilishi va vazifalari, o‘quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, o ‘qitish jarayonining asosiy fomialari, o‘quv rejasining mazmuni, ilmiy-tekshirish ishlari, o‘quv va ilmiy ishlami bajarishda texnika vositalardan foydalanish, talabalami huquq va burchlari, kundalik ish rejimi va mustaqil ishlashni to‘g‘ri tashkil etish, kitob ustida ishlash, tabiat muxofazasi biblografiya texnikasi kabilar bilan tanishtiradi. Ushbu kursda o‘quv materiallaming o‘zlashtirilishi uchun nimalar qilinishi lozimligi, o‘zlashtirishni hisobga olish, talabalami reyting nazoratlariga tayyorlash hamda ulami o‘tkazishni tashkil etish, talabalar o‘quv tadqiqot va ilmiy tekshirish ishlarining asosiy mazmuni, ularni turmushi, rnadaniyati va dam olishini tashkil etish, o‘quv mehnati va turmush nafosati singari sohalarga ham alohida o‘rin ajratiladi. 0 ‘zbekiston Respublikasining “T a’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyoriash Milliy dasturini amalga oshirish borasida raqobatbardosh kadrlar, avniqsa, turli ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchilar (tarbiyachilar, o‘qituvchilar va pedagoglar) ni tayyoriash bo‘yicha qator muhim tadbirlar amalga oshirilmoqda. 0 ‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyoriash Milliy dasturi”da kadrlar tayyoriash, fan va ishlab chiqarish integratsiya asosida aholining bilim saviyasini jadal ko‘tarish muammosini yechishda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyoriash tizimiga katta ahamiyat berilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasining “T a’lim to‘g‘risida”gi qonuni qoidalariga binoan kadrlar tayyorlashning milliy modelini amalga oshirish bu tizimni mamlakatda amalga oshirilayotgan ishtimoiyiqtisodiy o‘zgarishlami hisobga olgan holda tubdan isloh qilishni ko‘zda tutadi, Kadrlar tayyoriash Milliy dasturi raqobatbardosh kadrlar tayyorlovchi zamonaviy pedagogga qo‘yiladigan talablar majmuini belgilaydi. Bir-biriga bog‘liq boTgan talablaming ushbu majmui, pedagogning umumlashtirilgan modelini tashkil etadi. Umumlashgan modelga muvofiq asosiy (fundamental) talablar quyidagilardan iborat: - ta’lim berish mahorati; - tarbiyalay olish mahorati; o‘quv-tarbiya jarayonida inson omilini ta’minlovchi shaxsiyat fazilatlari; - ta’lim oluvchilaming bilimlarini xolisona baholay olish va nazorat qila olish mahorati. Ko‘p yillik ta’limdagi tajribalarga asosan ba’zi mavzularni amaliy jihatdan tadbiq qilib bo‘lmaydi. Ta’iim berish mahorati pedagogga qo‘yiladigan talablar va o‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshirish sharoitlar bilan bog'liq bo‘!gan: quyidagi bosh (dominant) omillar bilan aniqlanadi: - qo‘llab-quwatlash va o‘quv jarayoni muhiti;
Adolat g‘oyasi butun dunyo xalqlarini azaldan o‘ylantirib kelgan. Islom olamida esa adolat g‘oyasi haqiqatning mezoni hisoblanadi. Buyuk ajdodimiz sohibqiron Amir Temur “Bir kunlik adolat – yuz kunlik toatibodatdan afzaldir» deya adolatga yuksak baho bergan bo‘lsa, hazrat Alisher Navoiyning “Kimki haqiqatni yolg‘ondan, to‘g‘rini noto‘g‘ridan ajrata bilsa, u o‘z adli bilan G‘arbu Sharqni yoritgan bo‘ladi” degan hikmatida mazkur iboraning ma’naviy-ma’rifiy mohiyati mujassamlashgan.
Adolatning o‘zagi «adl» bo‘lib, odillik, haqqoniylik degan ma’nolarni anglatadi. 
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari faoliyatida ushbu tushunchani
quyidagicha ham izohlash mumkin: 
1) sudda insof va adolat yuzasidan hukm chiqarish; 
2) to‘g‘rini noto‘g‘ridan, rostni yolg‘ondan ajrata bilish, biror tomonga yon bosmaslik; 
3) zulmni bartaraf etish, insof yuzasidan ish ko‘rish, mazlumni himoya qilish. Tilimizda «adl» so‘zi bilan bog‘liq bir qator so‘z birikmalari mavjud. Masalan, adl mezoni deganda adolat tarozusi, ya’ni qonun asosida haqiqatni tiklagan kishi, adolat qonuni; adl tariqi deganda shariat nizomlari; adolat posboni deganda adolat himoyachisi, odil podsho, haqgo‘y qozi; adlu insof deganda o‘rtada turib, haqiqatni aniqlash, to‘g‘rilik, to‘g‘ri qaror qabul qilish nazarda tutiladi. Adolat (arab. odillik, to‘g‘rilik, hamma uchun barobar bo‘lgan haqiqatning talab va prinsiplariga amal qilinishi) insoniyatning azaliy orzusi, ezgu g‘oyasi, ma’naviyat, axloq va huquqning me’yoriy kategoriyalaridan biri. U jamiyat hayotidagi hodisalar, tartib-qoidalarning asl insoniy ideallarga, haqiqat mezonlariga qanchalik mos
ekanini aniqlashda hamma zamonlarda ham asosiy ma’naviy mezon bo‘lib xizmat qiladi. Jamiyatning shaxsga, shaxsning jamiyatga va bir shaxsning ikkinchi shaxsga munosabatida namoyon bo‘ladigan adolat prinsipi ana shu munosabatlarni baholashning o‘zgarmas o‘lchovidir. 
Adolat yuksak ma’naviy qadriyat bo‘lib, “baxt”, “ozodlik”, “tenglik”, “do‘stlik”, “tinchlik” tushunchalari kabi insonning azaliy ezgu intilishlari timsolidir. Adolat haqidagi ilk tasavvurlar juda olis zamonlarga borib taqaladi. Qadimgi davr mutafakkirlari uni universal qonun sifatida talqin etishgan.
Masalan, Zardusht adolatni “arta” tushunchasi yordamida ifoda etar ekan, uni olamdagi ikki qutbdan biri deb hisoblagan. Yunon faylasufi Aflotun adolat muammosini izchil o‘rganib chiqishga harakat qilgan. Uning ijtimoiy- siyosiy konsepsiyasida adolat “hukmronlik” va “imtiyoz” tushunchalariga yaqin kategoriya sifatida sharhlangan.
Faylasufning fikricha, har bir tabaqa ichida tenglik bo‘lmog‘i, tabaqalar
o‘rtasidatenglik hukm surmog‘i adolatdandir.
Arastu bu g‘oyalarni rivojlantirib, “tenglashtirish” va “taqsimlash adolati” tushunchalarini qo‘llagan. Arastu Iskandarga qilgan nasihatlaridan birida adolat haqida shunday fikrlarni keltiradi: “Bilgilki, adolat buyuk va qudratli xudoning yer yuzidagi o‘lchovidir. Uning yordamida zaif bo‘lgan haq odam kuchli bo‘lgan nohaqdan o‘z haqini oladi. Kimki Alloh bandalari orasida o‘rnatgan ilohiy adolat o‘lchovini buzsa va undan chetlashsa, katta nodonliklar qilib, xatoliklarga yo‘l qo‘yadi”.... Adolat ma’naviyatning insonlararo munosabatlarda namoyon bo‘lishidir. Adolatni ta’minlashning eng ishonchli usuli davr ruhiga muvofiq mukammal qonunlar ishlab chiqish va qonun ustuvorligini ta’minlashdir. «Adolat» tushunchasi zamirida butun xalq, jamoa taqdiri, jamiyat, jamoa istiqboli, mamlakat va jamiyat kelajagi mujassam.
Amir Temurning «Kuch – adolatda» degan o‘giti davlatining muhrida ham bitilgani bejiz emas, albatta. 
U o‘z tuzuklarida adolatni davlatni idora qilishda asos bo‘ladigan 12 qoidaning biri sifatida qayd etgan. Shu o‘rinda ulkan imperiya tuza olgan va uni adolat mezonlari asosida boshqargan buyuk sohibqironing biz avlodlarga qoldirgan boshqaruvning 12 qoidasini yana bir bor eslashni joiz deb  bildik. Bular quyidagilar:

Download 28.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling