Kasbiy ma`naviyatning o’ziga xos prinsplari Reja 1


Download 28.98 Kb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi28.98 Kb.
#1064417
1   2
Bog'liq
Kasbiy ma`naviyatning o’ziga xos prinsplari

Birinchisi – davlat va saltanatimga bog‘lagan birinchi tuzugim – Tangri taoloning dini va Muhammad mustafoning shariatiga dunyoda rivoj berdim. 
Ikkinchisi – o‘n ikki tabaqa va toifadagi kishilar bilan mamlakatlarni zabt etdim, ularni idora qildim. Davlat, saltanat ustunlarini ushalar bilan quvvatlab, majlislarimni shular bilan ziynatladim.
Uchinchisi – maslahat, kengash, tadbirkorlik, faollik va hushyorlik ehtiyotkorlik bilan g‘anim qo‘shinlarini yengib, mamlakatlarni o‘zimga bo‘ysundirdim. Saltanat ishlarini murosayu madora, muruvvat va sabr-toqat bilan yurgizdim.
To‘rtinchisi – davlat ishlarini saltanat qonun-qoidalariga asoslangan holda boshqardim.
Beshinchisi – amirlarim va sipohiylarimni martaba va unvonlar, zarur zevarlar bilan xushnud etdim. Bazmlarda ularga (o‘z yonimdan) o‘rin berdim, shuning uchun janglarda jonlarini fido qildilar.
Oltinchisi – adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini o‘zimdan rozi qildim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. 
Yettinchisi sayyidlar, ulamoyu mashoyix, oqilu donolar, muhaddislar, xabarchilar tarixchilar)ni tanlangan, e’tiborli odamlar hisoblab, izzatu hurmatlarini joyiga qo‘ydim.
Sakkizinchisi – azmu jazm bilan ish tutdim. Biron ishni qasd qilgan bo‘lsam, butun zehnim, vujudim bilan bog‘lanib, bitirmagunimcha undan qo‘limni tortmadim. Har neki degan bo‘lsam, unga amal qildim.
To‘qqizinchisi – raiyat ahvolidan ogoh bo‘ldim, ulug‘larini og‘a qatorida, kichiklarini farzand o‘rnida ko‘rdim. 
Download 28.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling