Kasbiy nutqning qo‘llanilish sohalari


Nutqning to‘g‘riligi, aniqligi, tozaligi, mantiqiyligi, ta'sirchanligi, maqsadga muvofiqligi


Download 39.53 Kb.
bet2/12
Sana18.12.2022
Hajmi39.53 Kb.
#1031232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kasbiy nutqning qo‘llanilish sohalari.1

Nutqning to‘g‘riligi, aniqligi, tozaligi, mantiqiyligi, ta'sirchanligi, maqsadga muvofiqligi
Nutqning to’g’riligi. Nutqning to’g’ri bo’lishi uning bosh kommunikativ xususiyati hisoblanadi. Nutqning to’g’ri tuzilgan bo’lishi tomonlarning – so’zlovchi va tinglovchining, yozuvchi va o’quvchining bir-birlarini tez va oson tushunishlarini ta’minlaydi. Agar nutq to’g’ri bo’lmasa, u aniq ham, maqsadga muvofiq ham, mantiqiy ham bo’lmaydi. «To’g’rilik deganda, - deb yozadi V.G.Kostomarov, - nutq madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma’lum paytda qabul qilingan me’yorining qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, orfografik, lug’at va grammatik me’yorlarini egallashni tushunish lozim bo’ladi». Demak nutqning to’g’ri bo’lishi dastlab uning adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishi bo’lib hisoblanadi.
Nutqning to’g’ri bo’lishi asosan ikki me’yorga – urg’u va grammatik me’yorga amal qilishni taqozo qiladi. So’zlardagi ayrim bo’g’inlarning zarb bilan talaffuz qilinishi, ya’ni ularga urg’uning tushishi hamma tillarda ham bir xil xususiyatga ega emas. Masalan, rus tilida urg’u so’zlardagi har xil bo’g’inlarga tushishi mumkin bo’lgani holda, o’zbek tilida u, asosan, so’zning oxirgi bo’g’iniga tushadi. So’zga qo’shimchalar qo’shila borishi bilan urg’uning o’rni ham o’zgarib boraveradi. Masalan: uy – uyi* – uyimi*z – uyimizda* – uyimizdagi* – uyimizdagila*r – uyimizdagilarda*n kabi. Talaffuzda ana shu me’yorni saqlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Ammo ba’zi hollarda so’zlardagi urg’uning ko’chishi bilan ma’noning ham o’zgarib ketishi mumkinligini esdan chiqarmasligimiz kerak. O’zbek tilida shunday hodisa kuzatiladi. Masalan, olma so’zini olaylik. Bu so’zni alohida, urg’usiz olib qaraganda uning qanday ma’no anglatayotganini bilish qiyin bo’ladi. Urg’u esa undagi ma’noning reallashuviga ko’maklashadi, ya’ni o*lma tarzida urg’u birinchi bo’g’inga tushganda harakat, olma* tarzida oxirgi bo’g’inga tushganda esa mevaning bir turi ma’nosi anglashiladi. Tilimizda bunday so’zlar anchagina: qa*tlama – qatlama*, ho*zir – hozi*r, yigitcha* – yigi*tcha, o’quvchi*miz – o’quvchimi*z, ya*ngi – yangi* kabi. So’zlardagi bu xususiyatlarni farqlamasdan, urg’uni noto’g’ri qo’llash so’zlardagi ma’noning buzilishiga olib keladi. So’zlar talaffuzidagi bu kabi holatlarga, ayniqsa maorif va madaniyat xodimlari e’tibor berishlari va boshqalarga o’rnak bo’lishlari lozim.
Biz hozir urg’uning so’zlardagi qaysi bo’g’inlarga tushishi bilan ma’noning farqlanishi mumkinligini ko’rdik. Shu holat gaplar doirasida ham kuzatiladi. Gap tarkibidagi so’zlarni alohida urg’u bilan qo’llash ham gap mazmunining va ottenkasining o’zgarishiga sabab bo’lishi mumkin. Masalan, men choy ichdim gapida kim ichganligi, nima ichganligi yoki nima ish qilinganligi nazarga olinib, gapdagi so’zlarning har uchalasidan biriga urg’u tushadi: men choy ichdim (boshqa kishi emas), men choy ichdim (boshqa narsani emas), men choy ichdim (ichmadim emas). Bunday paytlarda mantiqiy urg’u har bir so’zdagi ma’noni ta’kidlash uchun zarur. Ammo shunday holatlar ham bo’ladiki, bo’g’in urg’usida bo’lgani kabi so’z urg’usini ham to’g’ri ishlata bilmaslik ma’noning buzilishiga olib keladi. Masalan, Onasiz bola o’ynamas gapini olib ko’raylik. Onasi yonida bo’lmagan bola o’ynamaydi deyilayaptimi yoki onasi bo’lmagan bola haqida fikr yuritilayaptimi - bu tinglovchi yoki o’quvchiga qorong’i bo’lib qoladi. Bu bahsga faqat so’zga tushgan urg’u aniqlik kirita oladi. Urg’u onasiz so’ziga tushsa birinchi ma’no, bola so’ziga tushsa, ikkinchi ma’no anglashiladi. Demak, nutq jarayonida ma’noni to’g’ri anglatish uchun so’zdagi bo’g’in, gapdagi so’z urg’usining to’g’ri ishlatilishiga e’tibor qilishimiz lozim bo’ladi.
Nutq qurilishining grammatik shakllarini farqlay olish, so’zlarni mazmuniy bog’lanishlariga qarab joylashtirish grammatik me’yorlarni belgilar ekan, nutqning to’g’ri ifodalanishi uchun gap tuzish qoidalarini o’zlashtirish, o’zak va qo’shimchalar o’rtasidagi munosabatlarni, ega-kesim mosligini, ikkinchi darajali bo’laklarning ularga bog’lanish yo’llarini yaxshi anglash lozim bo’ladi. Aks holda nutqda kamchilik ro’y beradi. Misol: Alfavitimizga qo’shimcha harflar kiritish yoki chiqarish bilan nutq madaniyatimizni oshirish uchun imkoniyat yaratilmay, balki nutq madaniyatimiz takomillashuvida chalkashlik sodir bo’lishi mumkin emasmi? (Gazetadan). Kichkina bir parchada nutqiy buzilishlar anchagina: gugurtni-gurgutni-gurgutning, tashlamang-tashamang, chiroyli-chiroylik, pojarniy-pojarni-pojarning kabi. Ular nafaqat so’z qo’llash, shu bilan birga, qo’shimchalarni (-ni - ning, -li - lik, hatto pojarni so’zini ham o’zbekcha anglab, tilimizga moslashgan –niy o’rnida –ni va - ning ni qo’llash) buzib ishlatish natijasida sodir bo’lgan.
Nutqning aniqligi. Aniqlik ham nutqning asosiy kommunikativ sifatlaridan biridir. Agar to’g’rilik nutqning yuzaga kelishida faqat til omili, zaruriy belgisi sifatida qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda uning shakllanishiga xizmat qiladigan, tildan tashqarida bo’lgan omillarni ham nazarda tutish lozim bo’ladi. Bunda dastlab til va tafakkur munosabati turadi. Chunki, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar o’rtasidagi mutanosiblik va uning nutqda aks etishi ana shu aniqlikning xuddi o’zidir.
Bu jihatdan A. Qahhorning ijodi va til mahorati haqidagi ayrim mulohazalari diqqatga sazovordir. Ma’ruf Hakimning «Qahramonning o’limi» hikoyasini tahlil qilgan yozuvchi Botir beliga qator beshta bomba qistirib…, Qo’lida bomba ushlagan holda ko’chaga yugurdi jumlalaridagi bomba so’zining noto’g’ri qo’llanganligini, yozuvchining bomba va granatani farqlamasligini tanqid qiladi. A.Qahhor tahlilda davom etib, hikoyadan yana misollar keltiradi: Botir «Sulton akaning oyoqlarini silaganda qo’liga yelimga o’xshagan bir narsa yopishganligini sezdi: qorong’ida nima ekanligini bilolmay qoldi». Shu yerning o’zida «Jenya… yigitning ko’ziga uzoq tikilib qoldi». Qo’lga tekkan qon ko’rinmagan qorong’ida ko’z ko’rinadimi, deydi yozuvchi. U yana yozadi: «Adabiyotda yolg’onning katta-kichigi yo’q. Hammasi ham baravar zarardir. «Uchrashuv» (M.Hakim)da mana bunday yolg’on gap bor: «Ahmad osmonga qaradi. Haqiqatan ko’kni bulut bosgan. Bironta ham yulduz yo’q edi!» Shundan besh satr pastda: «Ahmad osmonga nazar tashladi. Haqiqatan uzoq ufqdan chiqib kelayotgan bulutlarning ko’rinishi xunuk edi». Uzoq ufqdan chiqib kelayotgan bulutlarni ko’rish uchun havo qisman bo’lsa ham ochiq bo’lishi kerak. Bu yerda yo «ko’kni bulut bosgan»i, bironta ham yulduz yo’qligi yolg’on yoki «uzoq ufqdan chiqib kelayotgan bulutlar» to’g’risidagi gap behuda

Download 39.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling