Kasbiy nutqning qo'llanilish sohalari


Download 1.61 Mb.
bet7/44
Sana30.04.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1407768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
Bog'liq
фойдаланишга

Tayanch so‘z va iboralar: qonun, huquqiy madaniyat, fuqarolarning huquq va burchlari,rasmiy-idoraviy uslub, ish qog‘ozlari uslubi

Shaxsning huquqiy madaniyati – bu har bir kishining o‘z faoliyatida va huquqiy ongida subyektiv tarzda shakllangan huquqiy bilim, ya’ni amaldagi huquqqa munosabatni ifodalovchi tasavvurlar, qarashlar va tuyg‘ular yig‘indisida namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, fuqaro uning ishida, kundalik turmushida va o‘z oilasida huquqiy bilimlarning eng kam qismidan foydalanadi. Bu bilimlar, odatda, konstitutsiya, mehnat, oila, fuqarolik, tadbirkorlik huquqlariga tegishlidir. Hozirgi kunda biz qurayotgan davlat ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy va huquqiy jihatdan rivojlanib bormoqda. Bularning barchasi yangi qadriyatlar va demokratik tamoyillarga, adolatli jamiyat talablariga uyg‘unlashadi. Bu jarayonlarning eng muhim jihati shundan iboratki,jamiyatda, davlatda qonun ustuvorligini ta’minlash, davlat va fuqaro o‘rtasidagi turli yangi munosabatlar shakllanishi, qolaversa, inson, uning hayoti va erkinligi, sha’ni va qadr-qimmatini yuqori darajaga qo‘yilishi muhim o‘rin egallaydi.


Huquqiy madaniyat – insonning fikrlash doirasining kengayishidir. Huquqiy madaniyat maktabda, oliy va o‘rta-maxsus ta’lim yurtlarida va boshqa maxsus maktab (gimnaziya, maktab-internatlar)larda shakllanishi mumkin. Mazkur o‘quv yurtlarining hammasida ham o‘quvchi va talabalarning huquqiy madaniyatini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki ular yurtimiz kelejagining ertangi egalaridir.
Lug‘at:
huquq – права huquqiy madaniyat - правовая культура
jamiyat – общество fuqаrolik - гражданство
faoliyat – деятельность mukammal - совершенный
qonun – закон amaliyot - практика
madaniyat – культура
Nutq uslublarini “Idrok xaritasi” asosida tasvirlaymiz.



Grammatika:
Rasmiy-idoraviy nutq uslubi
Rasmiy-idoraviy nutq uslubi jamiyatdagi ijtimoiy, huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi uslubdir. Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga ko'ra, yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, aktlar, farmonlar, bayonotlar, shartnomalar, idora hujjatlari, e'lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi hisoblanadi. Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliplar, kasb-hunar so'zlari, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo'llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta'minlaydi. Tayyor nutq qurilmalari (shu asosda; shunga ko'ra; ma'lum qilamizki; ...ni e'tiborga olib; ...ga ko'ra; ...biz, quyida imzo chekuvchilar, ...ga asosan (muvofiq); ...uchun, ...dan kelib chiqib; ...sharti bilan; ...berilsin, ...taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak-hikoya xarakterida bo'lishini, so'zlarning bir ma'noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning bo'lmasligini, fe'lning majhullik va buyruq-istak shakllarining, qo'shma gap turlarining keng qo'llanishini talab qiladi. Til materiali hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi.
Rasmiy uslub o'z oldiga biror narsani isbotlash, tahlil qilish vazifasini qo'ymaydi, undan voqealar, faktlarni isbotlash talab etilmaydi, balki voqea va faktlarni belgilash, tasdiqlash kabi vazifalarni bajarish ushbu uslubning muhim xususiyatlaridan biridir. Shunga ko'ra rasmiy uslub axborot berish vazifasini, shuningdek, buyruq, qarorlar shaklida buyurish vazifalarini bajaradi. Masalan, O'zbekiston Oliy kengashi qaror qiladi:
Mustaqil O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul kilingan kun – 8 dekabr` umumxalq bayrami – O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e'lon qilinsin. Rasmiy uslubning lug'aviy xususiyatlari shu uslubning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Shuningdek, bu uslubdagi aniq, qisqa va ixchamlik til vositalarning ham ana shu xususiyatlariga mos holda bo'lishini talab qiladi. Rasmiy uslubda qolip shaklida mavjud bo'lgan lug'aviy vositalar qo'llanadi. Masalan, ariza, tilxat, tushuntirish xati, bayonnoma, tavsifnoma, telegramma, qaror, bayonot, ma`lumotnoma, axborot, tarjimai hol, e'lon kabi lug'aviy vositalar rasmiy uslubning tayanch uslubiy vositalaridir.
Rasmiy uslub matnlaridagi jumlalar aniq va ravon, unda ortiqcha so'zlar qo'llanilmasligi talab qilinadi. Sintaktik jihatdan rasmiy uslubning jumlalari ikki tarkibli: sodda yoyiq gaplardan va ixcham shakldagi qo'shma gaplardan tashkil topgan bo'ladi.
Rasmiy uslub yozma nutq me'yorlariga to'la asoslangan holda shakllanadi. Shuning uchun rasmiy uslubda ifoda shakllari ma'lum tartibga asoslangan holda aniq tuziladi. Masalan, Men, Hamidov Ravshan Shuhrat o'g'li, 1995 yilda Toshkent shahrida tug'ildim (tarjimai hol);
Berildi ushbu ma`lumotnoma O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, 2-ingliz tili fakul`teti talabasi Mahkamova Sevara Mahmud qiziga (ma'lumotnoma) kabi aniq ma'lumotlarga tayanish – bu uslubning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham, bu uslubda chet tillarga oid so'zlar, dialektik va sheva so'zlari, so'zlashuv nutqiga xos ibora va lug'aviy vositalardan deyarli foydalanilmaydi. Rasmiy uslubda so'z ma'nolarining ko'chishi va sub'ektiv baho ifodalanishi holatlari uchramaydi. Shuning uchun bu uslub tamomila obrazlilikdan holi uslub sanaladi.
Leksik xususiyati: kitobiy neytral so'zlardan iborat bo'ladi. Ushbu uslubda emotsionallik bo'lmaydi. Masalan, yuqorida ko'rsatilganlar, quyidagi imzo chekuvchilar, qabul qilib oluvchi, mazkur, yo'llanadi so'z va turg'un birikmalar. O'ziga xos terminlar: dalolatnoma (akt), guvohnoma, qaror, qidirish, elchi, vakil, bayonot, tashrif, xalqaro vaziyat va h.k.
Rasmiy ish qog'ozlari uslubida eskirgan so'z va iboralar o'rni bilan ishlatilishi mumkin. Masalan, janob, hazrati oliylari, janobi oliylari, yuqori martabali mehmon, shoh, shahzoda, malika kabi. Bu kabi so'z va iboralarni ishlatish hozirgi o'zbek adabiy tili uchun xos bo'lmasa ham, ularni qo'llashda murojaat qilinayotgan tomonning va qolaversa, xalqaro munosabat xususiyatlari e'tiborga olinadi.

Grammatik xususiyati:
1.Tilga olinayotgan kishilar o'z nomi bilan atalmasdan, buning o'rniga ularning belgisi, biror harakati ishlatiladi: ijrochi, ayblanuvchi, guvoh, javobgar, uyni ijaraga oluvchi, da'vogar va h.k.
2.Harakat nomi: oldini olish, chora ko'rish, hukm chiqarish.
3. Buyruq-istak mayli 3-shaxs birlik shaklidagi fe'llar: bajarilsin, topshirilsin, yuborilsin.
4. Majhul nisbatdagi fe'llar: qaror qilindi, o'qib eshittirildi, ko'rib chiqildi va h.k.
5. Qo'shma gapning turlaridan shart, to'ldiruvchi, kesim qo'llaniladi.
Sizga shuni ma'lum qilamizki,....
To'lov puli o'z vaqtida yuborilsa,.....
Bajariladigan ishlar shundan iboratki,......
6. So'z tartibi ham ilmiy uslubdagi kabi bo'ladi, hozirgi o'zbek adabiy tili uchun me'yor
hisoblangan odatdagi tartibga rioya qilinadi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling