Kasbiy nutqning qo‘llanilish sohalari


Badiiy matnda ma'no va mazmun


Download 39.5 Kb.
bet7/12
Sana18.12.2022
Hajmi39.5 Kb.
#1031058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kasbiy nutqning qo‘llanilish sohalari.

Badiiy matnda ma'no va mazmun
Badiiy asarda mazmun va shakl dialektik aloqada bo`ladi: biri ikkinchisiga, ikkinchisi birinchisiga o`tib turadi. Xatto shunday ham bo`lishi mumkinki, asarning bir komponenti bir komponenti bir holatda mazmun hodisasi, ikkinchi holatda shakl hodisasi bo`lib hisoblanadi. Shunga ko`ra, mazmun bilan shakl orasiga xitoy devorini qo`yib, ularni qat`iy chegaralab bo`lmaydi. Badiiy ijoddagi mazmun va shaklning o`zaro dialektik munosabati filosofiyadagi sabab va natija o`rtasidagi o`zaro aloqadorlikka uxshab ketadi.
Badiiy ijodda mazmun va shakl dialektik birlikda va bir-biriga utuvchi hodisa sifatida olib tekshiradi. Xakikatan ham mazmun va shakl bir-biri shu kadar o`zviy bog`liqki, ularning biri ikkinchisisiz yashay olmaydi: shakl biror narsa ( mazmun)ning shakli, tashki ko`ranishi - shusiz shaklni anglash mumkin emas; mazmun ham biror shaklda namoyon bo`ladi - shakl mazmunga anik tashki ko`rinish bo`ladi, unga go`zallik bagishlaydi, Shunga ko`ra, mazmun va shakl bir-biri bilan o`zviy bog`liq. Birok bu birlikda mazmun yetakchilik qiladi - o`zi o`zgarishi bilan shaklning o`zgarishiga sababchi bo`ladi. Shakl esa mazmunga nisbatan bir muncha konservativrok- u sekinrok o`zgaradi. Shu sababli, badiiy ijodda yangi mazmun bilan eski shakl o`rtasida ziddiyat kelib chikishi ham mumkinki, u, albatta, shaklni o`zgartirishga olib keladi. Bu o`rinda ulug o`zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyning she`riyatda mazmun ( ma`no) va shakl ( surat) haqidagi fikrlarini eslash joizdir.
Alisher Navoiy shakl bilan mazmunni, so`zning shakli bilan uning ma`nosini dialektik birikda oladi va shu birlikda ma`no-mazmunni so`zning yetakchi asosi deb biladi. Shoirning fikricha, she`r mazmuni bilan ham, shakli bilan ham go`zal bo`lishi kerak:

Nazmda ham asl anga ma`ne durur,


Bulsin aning surati xar ne durar.
Nazmki ma`ni anga margub emas,
Nazmki ham surat erur xush anga,
Zimnida ma`ni dogi dilkash anga.

Alisher Navoiy ma`no-mazmuning yetakchiligini inkor etib, quruq shaklbozlikka berilib ketgan, so`zni suiistimol etuvchi formalist shoirlarni shafqatsiz fosh etgan, ularga qarshi tinimsiz kurash olib borgan. Afsuski, bunday formalizmga berilish holati adabiyot tarixida, ahyon-ahyonda bo`lsa-da uchrab turadi. Bu o`rinda, loakal, X1X asrda Qo`qon xoni- Amir Umarxon saroyida yashagan shoirlarning ko`pi shoir Amiriy (Amir Umarxon)ga taqlidan yaratgan quruq shaklbozlikdangina iborat she`rlarini eslash kifoya. Bu shoirlarning she`rlarida shakl bor-u mazmundan tayin yo`q. Shunga holatni 20-30- yillarda ijod qilgan ayrim o`zbek formalist shoirlari ijodida ham kurish mumkin. Ta`kidlash kerakki, hikoyabop fikrni hikoyada, qissabop fikrni qissada, romanbop fikrni romanda bayon qilish kerak. Agar yozuvchi hikoyaga loyiq fikrni qissada yoki qissaga loyik fikrni romanda bayon qilishga intilsa yohud akchincha romanbop fikrni qissada, qissabop fikrni hikoyada berishga urinsa- san`at asarida mazmun va shaklning monandligi prinsipi buziladi - u, albatta, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Bu fikrni tasdiqlovchi faktlarni adabiyot tarixidan topish qiyin emas.


Shuni ham aytish kerakki, shakl ham mazmunga befark qaray olmaydi : mazmunga muayyan tus-surat beradi , uni bezaydi, tugellaydi- estetik ta`sirchalik bagishlaydi:

Senga baxtdan taxt tilarman,


Toledan boshingga toj,
Xusni mulkingga omonlik,
Toju taxtingga rivoj.
Yoki
Dust bilan obod uyning,
Gar bo`lsa u vayrona ham,
Dust kadam kuymas esa,
Bayronadir koshona ham.
Shoir Erkin Voxidov g`azallaridan olingan yukoridagi baytlar mazmuni bilan, ham shakli bilan ham bag`oyat go`zal - u kitobxonga tarbiya ham, estetik zavq ham beradi. Agar shu baytlarda ifodalangan ma`no mazmunni sa`at (g`azal) shakliga solmasdan jungina bayon qilinsa- «senga baxt va tole yor bo`lsin, xusning va baxting barkaror bo`lsin» yoki «xonadoningdan dustarimasan% dust kelsa uyning obod bo`ladi, kelmasa vayron bo`ladi» deyilsa, bu fikrlar ukuvchida muayyan taassurot koldiradi-yu, ammo unga zavk-shavk bagishlamaydi, fikrning ta`sir kuchi ham kutilganday kuchli bo`lmaydi. Shaklning mazmunga ta`siri mana shunday o`rinlarda anik seziladi.
Keng ma`noda - san`at - obyektiv borlikning o`ziga xos badiiy ifodasi, yukorida aytganimizdek, ijtimsiy ong shakllaridan biri.
Izchil materialistik ta`limotga ko`ra, mazmun deganda biz san`at asarida aks ettirilgan hayot parchasini tushunamiz. Boshkacha qilib aytganda, voqelik, ijtimoiy turmush muommalari san`at asarining mazmunini, mohiyatini tashkil qiladi. Chunonchi, Abdulla Qahhorning «O`g`ri» hikoya sining mazmuni deganda biz asarda tasvirlangan o`tmishdagi o`zbek dehqonining tipik obrazi Qobil boboning achchiq qismatini ko`z ungimizga keltiramiz : Qobil boboning yakka-yu yagona ola ho`kizini o`g`ri olib ketadi , bobo ko`mak surab ellikboshiga, aminga, pristavkaga arz qiladi, ularga bor- yo`g`ini pora avaziga beradi, kampiri esa azayimxonga obdastagardon qildiraman deb unga topgan-tutganini beradi... Oqibatda, Qobil bobo paxtafurush Egamberdi boyga qaram bo`lib qoladi.
San`at asarida voqelik ijodkorning nuqtai nazari, ya`ni dunyoqarashi taqozosiga ko`ra tasvirlanadi. Shu sababli, avtorning dunyoqarashi san`at asarning mazmunida o`z ifodasini topadi, unda chuqur qoldiradi. Binobarin, «O`g`ri» hikoyasida Abdulla Qahhorning Qobil boboni butunlay xarob qilgan ellikboshi, amin va pristavkalarga, ya`ni haqiqiy o`g`rilarga nafrati, g`azabi qanchalik kuchli sezilib tursa, Qobil bobo takdiriga ham shu qadar anik sezilib turadi.
San`atda ijodkor tomonidan anglashilgan voqelik tasvirlanadi. Shunga ko`ra san`at asarining mazmuni deganda biz muayyan asarda ifodalangan g`oyaviy mazmuni tushunamiz. Adabiy-badiiy asarning g`oyaviy mazmunini tahlil qilar ekanmiz, biz shu jarayonda avtorning hayotni qanday tushunganini va unga qanday baho berganini aniqlaymiz. Avtorning hayotga munosabati-unga bergan baxosi asardagi obrazlar tizimida o`z ifodasini topadi: obraz - badiiy asarning g`oyaviy mazmunini ifodalovchi vosita- shakl. O`z navbatida, obraz so`zlar vositasi bilan yaratilar ekan, o`z vositasiga nisbatan mazmundir. L.I. Timofeyevning ta`kidlashicha, tip ( so`z) obrazga nisbatan shakl, obraz esa asarning g`oyaviy mazmuniga ko`ra shakldir. Asardagi nutqiy ifodalar, kompozitsiya, ritmik- intonatsion vositalar obrazning mohiyatini ochishga xizmat qiladi, shu orqali asar mazmunini ifodalaydi.

Download 39.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling