Kasbiy pedagogik fantaziya (xayol)” mavzusiga doir “Blits-so’rov” savollari


Download 17.15 Kb.
Sana22.10.2020
Hajmi17.15 Kb.
#135585
Bog'liq


Kasbiy pedagogik fantaziya (xayol)” mavzusiga doir

Blits-so’rov” savollari


  1. Kasbiy pedagogik xayol nima?

  2. Fantaziya deganda nimani tushunasiz?

  3. Kasbiy pedagogik xayol bilan fantaziyaning bir-biridan farqi bormi?

  4. Kasbiy pedagogik xayol ong, tasavvur tushunchalarining bir-biri bilan qanday aloqadorligi mavjud?

  5. Kasbiy pedagogik xayolni boshqarishda tafakkurning o’rni qanday?

  6. Kasbiy pedagogik ixtiyoriy va ixtiyorsiz xayolni bir biridan farqi nimada?

  7. Pedagogik jarayonda “orzu” va “shirin xayol” turlari bir- biriga o’xshashmi, izohlang?

  8. Kasbiy pedagogik tassavur va ijodiy xayol deganda nimani tushunasiz?

Pedagogik masalalar” Kasbiy pedagogik xayolning turlari va ularning o'zaro aloqasini tahlil etish va o’rganishga doir kichik guruhlarda ishlash uchun topshiriq



1-Topshiriq: Talabalarni kichik guruhlarda matn ustida ishlashlari quyidagi metodika asosida tashkil etiladi.

2-Topshiriq: Talabalardan uchta guruh tashkil etiladi va ularni kichik guruhlarda ishlash qoidalari bilan tanishtiradi.

Kichik guruhlarning nomlanishi

1-guruh – “Fantaziya”

2-guruh – “Xayol”

3-guruh – “Tasavvur”



Kichik guruhlarda ishlash qoidalari

  1. Sherigingizni diqqat bilan tinglang.

  2. Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondashing.

  3. Agar yordam kerak bo’lsa albatta murojaat qiling.

  4. Agar sizdan yordam so’rashsa albatta yordam bering.

  5. Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart.


3-Topshiriq: Quyida berilgan uchta pedagogik masalaga diqqatingizni qarating. Qaysi kasbiy pedagogik protseslar ishtirok etganligini izohlang.

1-guruh – “Fantaziya”

1-masala:

Pedagogika Universiteti Adabiyot fakulteti 4-kurs talabasi Nigora Aliyeva amaliyot jarayonida. 5-“b” sinf o’quvchilariga «Ona tili»dan dars o'tmoqchi edi. 2-chorak yaqinlashgan, bolalarning charchaganligi sezilib turadi. Birdan tashqarida sharros jala quyib yubordi. Shiddat bilan yog'ayotgan yomg’ir bolalar diqqatini o’ziga tortdi.

- Yomgir, yomg‘ir,-deb shodlanib, sakray boshladilar bolalar.

Nigora bunga javoban, derazani ochishni buyurdi, tashqaridan kirgan yoqimli havo dimoqqa urilib, barchani bahri-dilini yana ham ochib yubordi.



  • Ko‘rayapman, - dedi Nigora kulib; - barchangizning kayfiyatingiz chog’. Kelinglar, mana shu tasodifiy shodlikni qo‘ldan bermaymiz, buning uchun biz «Shodlik yomg‘iri» mavzusida insho yozamiz. Mavzu nomini o'zgartirishingiz mumkin.

  • Men uning sarlavhasini «Yomg‘ir nima haqida shivirlaydi?» deb qo‘ysam maylimi? — so‘radi o‘quvchilardan biri.

  • Mayli... Hozir hammasi mumkin. Siz hozirgi hodisa haqida qanday o‘ylasangiz, uni qanday xayoliy tasavvur qilib, his etsangiz, xuddi o'shanday yozing.

2-guruh – “Xayol”

2-masala:

Adabiyot darsida o‘quvchilar adabiy chizgining yaratilishi ustida ishlashardi. O‘qituvchi o'quvchilaming har biriga ularning o‘zlariga yaqindan tanish bo'lgan kishilarning tashqi qiyofasini tasvirlashni tavsiya qildi. Barcha bolalar yozishdi o‘qituvchi kim yozib bo‘lgan bo'lsa, o'qita boshladi. Shu payt bir o‘jar bola ruxsat so'rab o‘z yozganlarini o'qiy boshladi. O‘qituvchi esa sekingina «oh» deb yubordi: o'quvchi tasvirida uning ko‘rimsiz tashqi qiyofasidagi alomatlar shunchalik mohirlik bilan qamrab olingan ediki, u gap kim to‘g‘risida ketayotganiligini darhol payqadi, Ha, u o’zini tanidi! Baqirib yuborgisi, bu yaramas bolani jim bo‘lishga majbur qilgisi, sinfdan qochib chiqib ketgisi keldi.



3-guruh – “Tasavvur”

3-masala:

Siz o‘qituvchisiz. Sinfdagi hamma o‘quvchilar sizni hurmat qiladi. Dars o‘tayapsiz. Dars jarayonida ikki nafar qizning boshqa narsa bilan shug'ullanib o'tirganini sezib qoldingiz. Qizlarga bildirmay ularning oldiga borasiz. Qizlar kulgili rasm chizgan, rasmnmg ostiga sizning ismingizni yozib qo‘yishgan edi.

O’ylang fikir almashing”

Quyida keltirilgan kasbiy pedagogik xayoliy obrazlar yaratish usullariga doir savollar bilan tarnishing, ularni muxokama qiling.

Agar men …” metodi asosida talabalarni ma’lum bir kasb kishisi sifatida shu sohaga oid muammolarni qanday bartaraf etish mumkinligi haqida o’z fikrlarini bayon etish. Masalan:



  1. Kasbiy pedagogik hayol, xayolot olami va orzu ijodiy faoliyat haqida kelajak o’ylaringiz.

  2. Kasbiy pedagogik hayoliy fantaziya obrazlar yaratish usullari.


Kasbiy pedagogik xayolatni rivojlantirish yuzasidan talabalar ishtirokida muayyan mashqlar bajariladi.

Xayolan tasavvur qilish” mashqi

Mashqni bajarish sharti: ko’zni yumgan xolda bo’lib, mashq yakunlanguniga qadar ko’z ochilmaydi.

Mashqni bajarish: Ko’zlaringizni ohista yumib, o’zingizni sokin osoyishta tabiat qo’ynida deb tasavvur qiling. Quyosh botmoqda. Ufq, tobora qizg’ish tusga kirib boryapti. Maysalar yam-yashil, osmon ko’m-ko’k. Samoda faqat qushlarning sayrashi, chigirtkalarning chirillashi, qurbaqalarning qurullashi eshitiladi. Uzoqda, qayerdadir sharsharaning shovullashi eshitilmoqda. Asta-sekin sharshara ovozi kelgan tomonga yuring. Juda ham yengil, xuddi uchib borayotgandek harakat qiling, sharsharaga yaqinlashasiz. Sharsharaning ovozi tobora kuchayadi. Unga yaqinlashganingiz sari yuzingizga mayin, iliq suv tomchilari urilayotganligini xis qilasiz. Sekin-asta sharsharaning ostiga o’tasiz. Ustingizdan yoqimli, iliq suv quyiladi. O’zingizni tobora yengil xis etasiz. Hatto shunday tuyuladiki, Siz_ sharsharaga qo’shilib ketgandeksiz, go’yo. O’zingizni tobora osmonga ko’tarilayotgandek xis etasiz. Tanangiz mayin suvdan yayraydi, butun organizmingizdan ruhiy va jismoniy charchoqlar chiqib ketayotganligini sezasiz. Ruhingiz tobora sokin bo’lib boradi. Asta-sekin sharshara ostidan chiqasiz. Botayotgan quyoshning so’nggi nurlari tanangizga urilganligini xis qilasiz. Sizga shunday tuyg’uni hadya etgan borliqqa, tabiatga, Yaratganga shukronalik xissini tuyasiz. Ohista ko’zingizni ochasiz, darhaqiqat, juda yengil bo’lib qolganingizni sezasiz.



Kasbiy pedagogik fantaziya (xayol)ga oid

KRASSVORD

M

U

O

R

O

T

R

U

X

T

A

S

L

A

M

O

T

A

K

K

O

V

V

A

A

A

X

B

A

F

X

A

T

U

R

I

P

E

D

A

G

L

O

U

I

R

A

T

SH

A

X

S

O

G

G

I

Ya

A

K

O

M

A

X

O

T

R

O

L

B

T

A

Z

K

O

M

R

A

O

K

A

O

N

Z

A

I

N

U

V

J

O

D

N

D

A

I

N

K

A

T

I

I

T

E

H

O

F

Ya

A


Ushbu krassvord ichidan siz quyidagi so’zlarni toping.


  1. Muomala

  2. Mahorat

  3. Kommunikativ

  4. Shaxs

  5. Pedagog

  6. Axborot

  7. Tafakkur

  8. Xayol

  9. Xotira

  10. Odob

  11. Fantaziya

  12. Nazokat

  13. Texnologiya

  14. Ijodkor

  15. Tasavvur

Download 17.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling