Pedagogik xayol, pedagogik ta’sir ko’rsatishning tarkibiy qismlari


Download 24.68 Kb.
bet1/2
Sana25.12.2022
Hajmi24.68 Kb.
#1066191
  1   2
Bog'liq
e2w 7LGlOSNEFLPK0f31xUv0bw6mda1i (1)


Pedagogik xayol, pedagogik ta’sir ko’rsatishning tarkibiy qismlari
Tayyorlovchi: Begimova Nozima 307-guruh talabasi

Annotatsiya: ushbu maqola pedagogik jarayonda o’qituvchi o’quvchilarga ta’sir etishining eng samarali usullari, xayol va fantaziya haqida.


Аннотация: в данной статье речь идет о наиболее эффективных для учителя способах воздействия на учащихся в педагогическом процессе.
Abstract: this article is about the most effective ways for the teacher to influence students in the pedagogical process.
Kalit so’zlar: xayol, hayolning mavjud bo’lish jarayoni, empatiya, fantaziya, tarbiyaviy kuch.
Ключевые слова: воображение, процесс воображения, эмпатия, фантазия, воспитательная сила.
Key words: imagination, the process of imagination, empathy, fantasy, educational power.
Xayol ong faoliyatidir, bu faoliyat ilgari biz idrok qilmagan, tajribamizda uchratilmagan narsa va hodisalarning obrazlarini mavjud tasavvurlarimiz asosida miyamizda ega bo’lmagan psixologik jarayondir.
Fantaziya, xayol — hayotda inson tomonidan idrok etilmagan tasavvur va xayoliy xislatlarning vujudga kelishidan iborat psixik faoliyat. U insonning rostgoʻylik qobiliyati, badiiy toʻqimalarga ustaligi, topagʻonligi, ixtiroga moyilligi, antiqa, aqlga toʻgʻri kelmaydigan holatlarni roʻyobga chiqarishga uquvchanligi kabilarda namoyon boʻladi. Xayol inson ongida vujudga kelishidan eʼtiboran borliqning qiyofasini oʻzgartirishga yoʻnalgan boʻladi. Masalan, bola oʻzini kosmonavt sifatida his qiladi, konstruktor rolini bajaradi, syujetli oʻyinlarda muayyan qahramonlar obrazini ijro etishga kirishadi. Fantaziya tufayli eshitmagan, koʻrmagan narsa va hodisalarni tasavvur qiladi: choʻplardan ot qiyofasini, stuldan xarakatlanuvchi texnikani, qushlardan tezkor uchish apparatini, suv osti ajoyibotlaridan suzish asboblarini takomillashtirishni xayolan oʻylaydi. Shy jihati bilan fantaziya ulkan badiiy, ilmiy va maʼrifiy qimmatga ega. Shaxsning ijodiy faoliyati negizida fantaziya ishtirok etmasdan iloji yoʻq. Fantaziya shaxs amalga oshirishni xohlaydigan obrazlar shaklida gavdalanadi hamda ichki aqliy faoliyatga aylanadi. Odamlar atrof muhitni faol ijodiy izlanishlari (hayolot timsollari, F.) tufayli oʻzgartiradi.1
Fantaziya yordamida kutilayotgan natijani tasavvur qilish - inson mehnatining hayvonlar instinktiv harakatlaridan tubdan farqidir. Xayol inson faoliyatining barcha jabhalarida yuzaga chiqadi. Masalan, oddiy stol yasash uchun ham uning shakli qanday boladi, nima uchun kerak, rangi, balandligi va h.k.larni oldindan tasavvur qilish lozim. Bir so’z bilan aytganda, ishni boshlashdan oldin bu stolni tayyor holda ko’ra bilish talab qilinadi.chi yuksak darajadagi rivojlangan empatiyaga ega bo’lishi lozim.
Empatiya – tarbiyalanuvchini faqat oqilona idrok etish, uning ichki dunyosiga kirib bo’rish emas, balki uni hissiy idrok etish, unga achinish qobiliyati tushiniladi.
Tarbiyaviy kuch- g’ayratlar o’quvchi yoki jamoaning psixologik holatidagi o’zgarishlargan doimo monand bo’lishi uchun tarbiyachi yuksak darajada rivojlangan empatiyaga ega bo’lishi lozim.
XAYOL inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bolib, mehnatning oxirgi va oraliq mahsulotlarida o’z ifodasini topadi. Xayol mehnat natijalarini narsalarda gavdalantirishga undaydi va shuning bilan birga muammoli vaziyat aniq bo’lmagan hollarda ish-harakat programmasini tuzishni taminlaydi. Shuning bilan birga xayol faqat biror aniq faoliyatni programmalashtiruvchigina ham emas, bazan uning o’rnini bosuvchi obrazlar hosil qilish vositasi sifatida ham yuzaga chiqadi.2
Xayol tafakkur singari, muammoli vaziyatda, ya’ni masalani yechishning yangi usullarini qidirib topishda yuzaga keladi. ehtiyojlarni qondirishning real jarayonidan oldin ehtiyojlarni qondirishning soxta, xayoliy jarayoni sodir boladi.
Muammoli vaziyatda masalani hal qilish uchun biz tushunchalarga (bilimlarga) va obrazlarga suyanamiz. Ko’pincha bu ikkala vosita ham birgalikda qo’llaniladi. Ammo ulardan qaysi birining ustunligi muammoli vaziyatning xarakteriga bog’liq. Agar masalaning dastlabki malumotlari, chunonchi, ilmiy muammoning dastlabki ma’lumotlari aniq bo’lsa, masalani yechish yo’lining mohiyati ko’proq tafakkur qonunlariga tobe boladi. Agar muammoli vaziyat kop jihatdan ozining noaniqligi bilan ajralib tursa, dastlabki malumotlarni aniq analiz qilish juda qiyin bo’lsa xayol mexanizmlari ishga tushadi.
Pedagogik xayolning mavjud bo’lish jarayonini quyidagicha tasavvur qilish mumkin:

  1. Bo’lajak pedagogic faoliyatga hozirlik ko’rish bosqichidagi hayol:

  2. Bevosita tadbir, dars oldidan uning ehtimol tutilgan xususiyatlarini tasavvur qilishga yordam beradigan pedagogic xayol:

  3. Ijodiy kayfiyatni oshiradigan xayol:

  4. Bevosita faoliyat jarayonida fahm farosatga asoslangan izlanish:

  5. Pedagogic faoliyatning bir qismi tamom bo’lganidan keyin uning mumkin bo’lgan natijalari haqidagi xayol.


Download 24.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling