Pedagogik xayol, pedagogik ta’sir ko’rsatishning tarkibiy qismlari
Download 24.68 Kb.
|
1 2
Bog'liqe2w 7LGlOSNEFLPK0f31xUv0bw6mda1i (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
XAYOL TURLARI
Xayol o’zining faolligi va aktivligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga xayol kishini faollikka undovchi kuch, turtki sifatida ham ishlaydi. Lekin ayrim hollarda xayol faoliyatning o’rnida, yani soxta faoliyat sifatida harakat qilishi mumkin. Odam og’ir ahvolga tushganda, biror masalani yecha olmaganda, o’z xatolaridan qochishga harakat qilgan kabi hollarda u foydasiz orzularga, real hayotdan uzoq fantastika olamiga kirib ketishi mumkin. Bunday hollarda kishi amalga oshirib bo’lmaydigan ish-harakat rejalarini tuzadi. Xayolning bunday turi PASSIV XAYOL deb ataladi. PASSIV XAYOL IXTIYORIY YOKI IXTIYORSIZ yuzaga kelishi mumkin. Ixtiyoriy ravishda yuzaga keltirilgan, lekin hayot bilan, real hayotdagi faollikka olib kelmaydigan passiv xayol turi ShIRIN XAYOL deb ataladi. Qandaydir quvonchli, yoqimli narsalar haqida shirin xayollarga berilish hammaga xos. Ammo inson hayotida shirin xayol kechirish hollari ko’proq bo’lsa, bu shaxsning passivligidan dalolat beradi. Passiv xayol ixtiyorsiz ravishda ham yuzaga kelishi mumkin. Xayolning bu turi asosan ong faoliyatining, ikkinchi signallar tizimining susayishida, odamning vaqtinchalik harakatsizlik holatida, uyqisirash holatida, affekt holatida, uyqida (tush korish), ongning kasallikka uchrab buzilishida (gallyutsinatsiyada) va shu kabilarda sodir bo`ladi. Passiv xayolning aksi bolgan AKTIV XAYOL ijodiy va QAYTA TIKLOVCHI XAYOL. Ma`lum bir asosga, yozuvlarga, chizmalarga asoslanib ularga muvofiq keladigan obrazlar tizimini yaratuvchi xayol QAYTA TIKLOVChI XAYOL deyiladi. IJODIY XAYOL qayta tiklovchi xayoldan farq qilgan holda, orginal va qimmatli moddiy mahsulotlarda amalga oshiriladigan yangi obrazlarni yaratish. Ijodiy xayol barcha turdagi texnik, badiiy va boshqa ijodiyotning ajralmas qismini tashkil qiladi.3 Aktyorlik ishida bo’lgani kabi pedagogic ta’sir ko’rsatishda ham empatiya emas, balki refleksiya- pedagogning o’zi bolalar tomonidan qanday qabul qildirayotganligi bamisoli chetda turib ko’rish qobiliyati ham muhim hisoblanadi. Buning uchun pedagogic kasbiy o’z o’zini anglash ko’nikmalarini egallashi lozim, bu hol unga sinf bilan o’zaro harakat jarayonida o’zining obyektiv ‘’menini’’ doimo his qilib turishiga yordam beradi.4 Foydalanilgan adabiyotlar: Psixologiya 2019 ‘’Pedagogic mahorat’’; Pedagogika Psixologiya 2019 Asqarov,O’ O’quv qo’llanma 1 Psixologiya 2019 2 Asqarov,O’ O’QUV QO’LLANMA 3 Psixologiya 2019 4 ‘’Pedagogic mahorat’’; Pedagogika Download 24.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling