Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Ta’lim texnologiyasi umumiy asoslari


Download 389.03 Kb.
bet100/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   128
Bog'liq
MA

Ta’lim texnologiyasi umumiy asoslari

Ta’lim texnologiyasi nazariyasining umumiy asoslarini uning qonuniyatlari, tamoyillari, maqsadi, mazmuni, vazifalari, obektiv hamda subektiv omil, asosiy tushuncha va, mezonlari kabilar tashkil etadi. «Ta’lim texnologiyasi» iborasi esa inglizcha “an educational technology”- ta’lim berish san’ati, mahorati ma’nosini anglatadi.
Tahlillarimiz G‘arbiy Yevropa hamda AQShda shaxsga ta’lim-tarbiya berish va uni rivojlantirish jarayoni “Ta’lim jarayoni” deb yuritiladi, shunga ko‘ra mazkur mamlakatlarda “pedagogik texnologiya” emas, “ta’lim texnologiyasi” iborasi qo‘llaniladi.
Shuning uchun ham biz “pedagogik jarayon”, “pedagogik texnologiya”, “ta’lim texnologiyalari” iboralaridan sinonim sifatida foydalanamiz. Bundan ming yil muqaddam (870–950) yillar) yashab, ijod etgan buyuk bobokalonimiz Abu Nasr Forobiy biror sohada faoliyat ko‘rsatish maqsadida bo‘lsangiz eng avvalo quyidagi qoidaga amal qilishingiz zarur.
Manbalar tahlili bu tushunchaga turlicha izoh berilganligidan dalolat beradi. Bu holat ma’lum ma’noda to‘g‘ri, chunki har bir shaxs unga turli nuqtai nazardan yondoshadi. Lekin bir sohada faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislar uchun yakdillik bilan qabul qilingan izoh albatta zarur. Hatto YUNESKO tashkiloti bergan izoh ham olimlarimiz tomonidan turlicha talqin etilganligiga guvoh bo‘lib turibmiz (16-chizma).
Hozirgi paytda aksariyat mamlakatlar, shu jumladan respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimida ham turlicha nomlangan texnologiyalardan foydalanilmoqda. Bu texnologiyalarning barchasi ma’lum umumiylikka ega bo‘lib, ular xususiy jihatlariga binoan tasniflanishi V.S. Kukushin, G.K.Selevko., G.Berdiyev kabi ko‘plab olimlar tomonidan ko‘rsatilgan bo‘lib, ularni chizma tarzda quyidagicha ifodalash mumkin (17-chizma).
Mustaqil respublikamiz ta’lim sohasidagi islohatlar ta’lim-tarbiyaning samarali omillaridan keng ko‘lamda foydalanish, bu jarayon qatnashchilari orasida ongli hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari va milliy mentalitetini hisobga olishni taqozo qiladi.
Bu xayrli ishga respublikamiz olimlari va amaliyotchilari ham baholi qudrat o‘z ulushlarini qo‘shmoqdalar.
Biz ko‘p sonli pedagog olimlar va amaliyotchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarga qo‘shilgan holda ta’lim-tarbiya ishida o‘quvchilarning faolligini ta’min etuvchi omillardan oqilona foydalanish hozirgi zamon va istiqbol talabi deb bilamiz.
Faol ta’lim omillaridan foydalanish g‘oyalari XIV-XVI asrlarda ilgari surilgan bo‘lib, o‘quvchilarga tayyor o‘quv materiallarini emas, balki ularni ongli, mustaqil izlanuvchan faoliyatlari orqali o‘zlashtirishlariga erishish zarur, ana shunda bilim, va shaxsiy fazilatlar muhim qiymatga ega bo‘lishi ko‘rsatilgan..
O‘quvchilar shaxsida mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlik his-tuyg‘ulari tanqidiy fikrlash kabi sifatlarni shakllantirishda faol ta’lim omillaridan foydalaniladi. Bunday omillar nomidan ma’lum bo‘lib turibdiki, bu jarayon o‘quvchilarning o‘ziga xos individual xususiyatlarini rivojlantirish, namoyon etishiga shart-sharoit yaratish uchun qo‘llaniladi.
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayonida shaxsning jadal rivojlanishi, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni o‘zlashtirishi faqat uning shaxsiy faoliyati orqali amalga oshadi. Agar o‘quvchi o‘zining o‘quv-bilish faoliyati mohiyatini anglab yetmasa, barcha xatti-harakatlari tashqi tazyiq natijasida amalga oshirilib, o‘zlashtirgan bilimlari rasmiy xarakterga ega bo‘ladi.
Bundan shaxs rivojlanishida irsiyat, ta’lim tarbiya, muhit bilan birga shaxsiy faoliyat muhim ahamiyat kasb etishi kelib chiqadi. Shaxs faoliyati uning ichki dunyosi, tafakkuri kechinmalari, diqqati, xayoli, hissiyoti bilan uzviy bog‘liq. O‘qituvchining mahorati o‘quv materialini pedagogik qayta ishlab, o‘quvchida unga nisbatan ongli munosabat paydo qiladigan holatda yetkazishdan iborat. Chunki shaxs-motiv, hissiyot, shaxsiy fikr va xatti–harakatlar vositasida namoyon bo‘ladi.
Demak, faol ta’lim o‘quvchi o‘quv-bilish faoliyatini ongli tashkil etish bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, muammoli izlanish, tadqiqotchilik, dialogik va poliologik muloqot va munosabatlarni talab etiladi.
Bu g‘oyalar bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini saqlab qolgan va yetarli darajada tadqiq etilmagan, pedagogik muammo sifatida e’tirof etiladi.
Ma’lumki, har qanday pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya qonuniyatlari va prinsiplariga asoslanib, mazmunni yangicha shakllantirish, uni o‘quvchilar mulkiga aylantirishning maqbul shakl, yo‘l, vositalaridan foydalanish, shart-sharoitlarini yaratish hamda ulardan oqilona foydalanishni ko‘zda tutadi. Bunda maqbullik ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari tomonidan imkon qadar kam zo‘riqish kuchlari, vaqt sarf etgan holda har tomonlama mukammal bilim, va shaxsiy fazilatlarni shakllantirilishini maqsad qilib olmog‘i zarur.
Pedagogik texnologiya turlarini tanlash - shakllantirilishi ko‘zda tutilgan bilim, shaxsiy fazilatlar, mashg‘ulotlarning tashkiliy shakli, qo‘llanilayotgan metodlar, vositalar va shu kabi ko‘plab omillarga bog‘liq. Masalan, o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o‘quv materialiga nisbatan tanqidiy yondoshish malakalarini shakllantirish hamda mahsuldor o‘quv-bilish faoliyatlarini tashkil etishda binar yoki integrativ dars, ishchanlik yoki rolli o‘yin, evristik suhbatdan foydalanish tavsiya etiladi. Mazkur vaziyatda ta’lim-tarbiya metodlari qo‘yilgan maqsad bilan albatta mutanosib bo‘lishi kerak.



Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling