Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari
Xodimlarning kasbiy malakasini oshirish va qayta tayyorlash
Download 389.03 Kb.
|
MA
Xodimlarning kasbiy malakasini oshirish va qayta tayyorlash
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: – «...maqsadlarimizga erishish, yangi, demokratik jamiyatni qurish, ilohotlarning taqdiri qanday intellektual kuchlarga egaligimizga, yoshlarimiz qanday madaniy va professional saviyaga erishganligiga, qanday ideallarga e’tiqod qilishiga, ma’naviy jihatdan qanchalik boyishiga bog‘liqdir. Shu bois, aholining ma’lumot olish imkoniyatini oshirish, milliy tiklanish g‘oyasini amalga oshirishga qodir yangi avlodni tarbiyalash eng muhim vazifalarimizdan biridir». 1 Bugungi kunda iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kishilarni o‘qitish va malakasini oshirish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqiladi. Chet ellarda ularni tashkil qilishda maxsus o‘rgatuvchi tashkilotlar ishtirok etadi (masalan, biznes maktabi, malaka oshirish fakulteti, boshqaruv universiteti). Hozirgi kunda chet el va mamlakatimiz olim va mutaxassislari yordamida ishlab chiqilgan tadbirkorlik bo‘yicha yangi o‘quv dasturlari keng qo‘llanilmoqda.2 Yo‘nalish bo‘yicha o‘quv dasturlari quyidagilarga bo‘linadi: - boshlang‘ich o‘qish dasturlari; - tadbirkorlik ishini kompleks o‘qishini ta’minlab beruvchi dasturlar va uning alohida tomonlarini o‘rgatuvchi dasturlar (masalan, marketing, bank ishi, qimmatbaho qog‘ozlar); - boshqaruv faoliyatini o‘rganish dasturlari va mutaxassisni o‘qituvchi dasturlar o‘qish dasturini vaqtinchalik omili bo‘yicha qisqa va uzoq muddatga bo‘linadi. O‘qishning ko‘lamiga qarab quyidagi dasturlardan foydalaniladi: 1. Doimiy tavsifga ega dasturlar, ko‘pincha to‘g‘ri yoki qisman o‘qish dasturi hisoblanadi. Ularga tadbirkorlarni o‘qitish dasturlari kiradi. 2. Malakani oshirish dasturlari chet ellardagi kabi bizning respublikamizda ham keng tarqalmoqda. Kichik biznes ham boshqa faoliyat kabi, doimo ishchilarni o‘qitishni talab qiladi. Bu jarayon kadrlarni sifatini va rivojlanishini ta’minlaydi. O‘qish – bu odamning fundamental bilim olish jarayonidir. Aslida, u maktablarda, kollejlarda, institutlarda, universitetlarda yoki boshqa joylarda amalga oshadi. Islohotlar o‘qishning turlariga ta’sir qiladi. Oliy ma’lumot ochiq va demokratik holda bo‘ladi. Oliy ma’lumotni rivojlantir-ishning boshqa ko‘rinishi–bu oliy va o‘rta maxsus o‘qishni integratsiya qilishdir. Oliy ma’lumot islohoti o‘z ichiga quyidagi yo‘nalishlarni oladi: 1. Yangi takomillashgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashda xalqaro o‘qish jarayonini tashkil qilish. 2. Auditoriya darslari va mustaqil ishlar orasidagi o‘quv vaqtini eng qulay tarzda taqsimlash va boshqalar. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari ishtirokida «O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz iqtisodiy ta’lim konsepsiyasi» ishlab chiqilgan. Bu konsepsiyada uzluksiz iqtisodiy ta’limni yanada rivojlantirish va takomillashtirishning strategik yo‘nalishlari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, ular muhandis-pedagog mutaxassislarni tayyorlashning va umumiy iqtisodiy ta’limning jahon andozalariga mos keladi. Uzluksiz iqtisodiy ta’lim konsepsiyasini amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad xalqaro hamjamiyat tomonidan qabul qilingan ta’lim andozalariga mos yuqori malakali kadrlarni Halqaro standart ta’lim klassifikatsiyasi va Halqaro standart kasb tayyorlashdir. Konsepsiya klassifikatsiyasi qoidalari asosida ishlab chiqilgan. Konsepsiya yaratilishidan avval ko‘plab tadqiqot ishlari olib borildi. Bunda iqtisodiy ta’lim bo‘yicha jahon tizimi, ayniqsa AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, YAponiya va Rossiya ta’lim tizimi tajribasi o‘rganildi va umumlashtirildi. Umuman olganda, taklif etilgan konsepsiya asosan muhandis-pedagog mutaxassislarni tayyorlashning Inglizcha-Amerikacha tizimiga tayanadi. Ammo unda, O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘tish davri, iqtisodiy ta’lim bosqichlari va darajalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan xo‘jalik yuritish tizimi hisobga olingan. Uzluksiz iqtisodiy ta’limni jahon andozalari darajasiga ko‘tarish konsepsiyaning muhim jihatlaridan biri hisoblanadi. Bu quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydi: - uzluksiz iqtisodiy ta’lim tizimini jahon ta’lim tizimi bilan o‘zaro uyg‘unlashtirish; - muhandis-pedagog mutaxassislar bilim darajasini xalqaro miqyosda raqobatbardoshligiga erishish; - dunyoning etakchi mutaxassislari va ta’lim texnologiyalarini mamlakatimizda muhandis-pedagog mutaxassislarni tayyorlash tizimiga jalb etish; - muhandis-pedagog mutaxassislarning bakalavrlik va magistrlik diplomlarini xalqaro darajada tan olinishiga erishish va boshqalar. Bu jarayonda bo‘lajak muhandis-pedagog mutaxassislarni xorijiy tillarga, asosan ingliz tiliga o‘rgatish alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro aloqalari muntazam ravishda kengayib va chuqurlashib borayotgan bugungi kunda bu hayotiy zaruriyatga aylandi. Hozirgi kunda Respublikada iqtisodiy ta’lim tizimini isloh qilish borasida nufuzli xalqaro tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlari va jamg‘armalar bilan faol xamkorlik qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil iqtidorli yoshlarning chet elda ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlash «Iste’dod» jamg‘armasini tuzish va Prezident grantlarini joriy etish to‘g‘risidagi Farmoni qobiliyatli yoshlarimizni xorijning eng nufuzli o‘quv yurtlarida chuqur bilim olishlariga katta imkoniyatlar yaratdi. «Iste’dod» jamg‘armasi faoliyatini boshlagan 2000 yildan to hozirga qadar yuzlab muhandis-pedagog mutaxassislar AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya kabi davlatlarning oliy o‘quv yurtlarida tahsil olib, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli jabhalarida o‘zlaridagi etuk malaka va jahon andozalariga mos keluvchi bilim darajalari bilan faol ishtirok etib kelishmoqda. Yoshlar xorij hayotini ko‘rib, xalqaro hayotiy tajriba orttirib, chet tillarini mukammal egallab, zamonaviy bakalavrlik va magistrlik darajasiga respublikamizning turli bosqichdagi pedagog kadrlar xorijiy ta’lim markazlarida tajriba va malaka orttirib kelmoqdalar. Bunday yondashuvlar ham O‘zbekiston ta’lim tizimining yorqin istiqboliga va uning mavqeini oshirishga xizmat qiladi. Ta’limning moddiy texnikaviy asosini rivojlantirishga ham shaxsan Prezidentimizning o‘zlari, hukumatimiz ham katta e’tibor qaratmoqda. 1999 yil oktyabr oyida davlatimiz rahbarining Janubiy Koreya Respublikasiga qilgan safari paytida Koreya Eksim banki O‘zbekistonda akademik litsey va kollejlarni o‘quv jihozlari bilan ta’minlash loyihasining ijrosi uchun 35 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratdi. Shuningdek, Evropa Ittifoqining TASIS dasturi asosida «O‘zbekistonda menejmentni o‘qitish», «O‘tish davrida uzluksiz ta’lim va mehnat bozorini shakllantirish» va boshqa shu kabi xalqaro loyihalarida Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti faol ishtirok etib kelmoqda. Mamlakatimiz iqtisodiyotining ko‘p ukladliligi keng qamrovli iqtisodiy muammolar bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lgan muhandis-pedagog mutaxassislarga talabning kun sayin ortib borayotganligidan dalolat bermoqda. SHunday ekan, makroiqtisodiyot va davlat boshqaruvchi bo‘yicha muhandis-pedagog mutaxassislarni tayyorlash tizimi sifat jihatdan qayta tashkil etilishi zarur. SHuningdek, yirik tadbirkorlik va boshqaruv bo‘g‘ini mutaxassislari malakasini oshirish tizimi ham rivojlantirilishi lozim. SHu bilan bir qatorda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish o‘quv muassasalari tizimini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Buning uchun birinchi navbatda, o‘rta maxsus, kasb-hunar kollejlarida kichik va xususiy tadbirkorlarni tayyorlash tizimini shakllantirish va rivojlantirish kerak. O‘quv jarayoniga tadbirkorlik faoliyati, huquq, soliq, moliya va bank ishi, marketing, strategik rejalashtirish, sug‘urta asoslari haqida bilim beradigan fanlarni dadillik bilan kiritish maqsadga muvofiqdir. Universitet bakalavrlik va magistrlik diplomlari darajasini oshirish, muhandis-pedagog mutaxassislarni tayrlash tizimini zamon talablari darajasida rivojlantirish uchun muhim asos hisoblanadi. Buning uchun, o‘quv muassasalari moddiy bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy o‘quv kompyuter texnikasi bilan jihozlash, zarur o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, o‘qitishning turli shakllarini kengaytirish, professor-o‘qituvchilarning mehnatga rag‘batini kuchaytirish kabilar muhim vazifalardan hisoblanadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida, O‘zbekistonning har jihatdan rivojlanishi va mavjud qiyinchiliklarni engib o‘tishi samarali iqtisodiy siyosatning ishlab chiqilishi va amal qilishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Prezidentimizning bevosita tashabbuslari bilan olib borilayotgan iqtisodiy siyosat o‘zining bir qator o‘ziga xos xususiyatlari va ustuvor jihatlari bilan mamlakatimizda mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan imkon qadar samarali foydalanish, uni jahon mamlakatlarining ilg‘or tajribasidan kelib chiqqan holda tejamkorlik va raqobatbardoshlik tamoyillariga tayangan holda qayta takomillashtirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini chuqur integratsiya-lashuv asosida rivojlantirish kabilar uchun etarlicha imkon yaratmoqda. Biroq, mamlakatda zamonaviy sharoitlarda samarali faoliyat ko‘rsata oladigan hamda tadbirkorlik bilan har qanday iqtisodiy faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil eta oladigan mutaxassislarning etarli darajada emasligi iqtisodiy rivojlanish modelini samarali amal qilishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatib kelmoqda. Bu esa, muhandis-pedagog mutaxasislar tayyorlash tizimini yangi tamoyillar asosida rivojlantirishning nihoyatda dolzarbligidan dalolat bermoqda. Dunyo siyosatida ro‘y berayotgan ulkan yangilanishlar natijasida olamni tushunish, idrok etish va unga munosabat ham o‘zgarganining guvohi bo‘lib turibmiz. Bizning mamlakatimizda ham inson haqidagi tasavvur izchillik bilan o‘zgarib bormoqda. Birinchi yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, bugungi kun kishilari kechagi kun odamlariga nisbatan boshqacha. Taraqqiyot jarayonida ijtimoiy munosabatlar chuqurlashib, davlatimiz umumbashariy muloqotlar tizimiga kirib borar ekan, rahbar kadrlar mas’uliyati ham kuchayib boradi. Mas’uliyatni his etish esa birinchi navbatda, davlat manfaatlari, umummilliy manfaatlar darajasida fikr qilish bilan chambarchas bog‘liqdir. Bugun insondan keskin sifat o‘zgarishlar talab qilinmoqda. Inson, uning aql-idroki, zakovati, salohiyati ijtimoiy taraqqiyot, olam yaxlitligining birdan-bir omiliga aylanishiga ehtiyoj kuchaymoqda. Zamon insoniyatdan o‘z-o‘zini anglab olishni talab qilmoqda. Jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadigan, bunyodkorlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan hayotimizni obod va farovon bo‘lishiga xizmat qiladigan yangi g‘oyalar, taklif va tavsiyalar bugun har qachongidan ham zarurdir. Keng qamrovli mutaxassis xodim o‘z faoliyatida bir qancha kasblarni qamrab oladi, zarur bilimlarga, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladi. Bu aralash texnologiya uchastkalardagi ishlab chiqarish funksiyalarini amalga oshirishda qo‘l keladi. U ishlab chiqarishning fan sohasidagi bilimlari bilan qurollangan bo‘lib, ishlab chiqarishning o‘zgarib turadigan shartlariga tez ko‘nikib keta oladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining ko‘p ukladliligi keng qamrovli iqtisodiy muammolar bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lgan muhandis-pedagog mutaxassislarga talabning kun sayin ortib borayotganligidan dalolat bermoqda. SHunday ekan, makroiqtisodiyot va davlat boshqaruvchi bo‘yicha muhandis-pedagog mutaxassislarni tayyorlash tizimi sifat jihatdan qayta tashkil etilishi zarur. SHu nuqtai nazardan kelib chiqib, ushbu bobda kasbiy malakaviy tuzilmada ishchi xodimning o‘zgarishi, ishlab chiqarish jarayonining asosiy vazifasi, ishchilar ixtisosligini tahlil qilish uslubi, keng qamrovli soha xodimlari va ularga qo‘yilgan talablar, xodimlar oliy maktabi kabilar bo‘yicha qator ma’lumotlar keltirilgan. 1 2 3 1Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. – Т.: Ўзбекистон, 1992 йил. 11 Каримов И.А. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг биринчи сессиясидаги маърузаси. февраль, 1995 йил. 1Эгамбердиев Э., Хўжамқулов Ҳ. Кичик бизнес ва тадбиркорлик. – Т.: Маънавият, 2003. 81-бет. 1Каримов И.А. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. – Т.: Ўзбекистон, 1995, 259-бет. 2/уломов С.С. Тадбиркорлик ва кичик бизнес.-Т.: Шарқ, 2002, 147-бет. Download 389.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling