Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Download 389.03 Kb.
bet2/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Bog'liq
MA

Kasbiy ta’lim pedagogikasi kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtlari o‘quvchilarining ta’limi, tarbiyasi, o‘qishi hamda rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi, ta’lim va tarbiya, pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llash mezonlarini ishlab chiqadi, kasb ta’limi muassasalari turlarini va ularni boshqarish tizimiii asoslaydi. U pedagogik nazariyalar to‘g‘risidagi bilimlarni, innovasion texnologiyalarni loyihalash uslublarini umumlashtiradi. Kasbiy ta’lim pedagogikasi fani insonni kasbiy faoliyatga tayyorlash, yangi avlodni kasbiy tarbiyalash, malakali ishchi kuchini yangi talablar darajasiga moslab borishni ko‘zda tutadi.
Kasbiy ta’lim pedagogikasi jahon miqyosida tan olingan eng ilgor metodlar va yo‘nalishlar bilan boyib bormoqda. Bugungi kunda o‘zining keng tadbiqini kutib yotgan, fannshg boshqa sohalari bilan bog‘liq ravishda ishlab chiqilgan yangi konsepsiyalar va nazariyalar rivojlantirilmoqda.
Kasbiy ta’lim pedagogikasi umumiy pedagogika fanining tarmog‘i sifatida kasbiy - texnik ta’lim tizimining takomillashish jarayonida shakllanib boradi. U nisbatan yangi fan sohasi sanalib, bugungi kunda ko‘plab tushunchalari shakllanib, rivojlanib kelmoqda. Har qanday fan sohasida bo‘lgani kabi kasbiy ta’lim pedagogikasi o‘z kategoriyalari va tushunchalariga, sifat ko‘rsatkichlariga egaki, bular fanning asosini tashkil qiladi.
Kasbiy ta’lim pedagogikasi fani boshqa faylar bilan birgalikda kasbiy ta’limning turli tizimlarida quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin:

  • o‘quvchilarning yangi, yanada murakkab vazifalarni amalga oshirishlarini ta’minlash uchun ularning kasbiy mahoratini oshirishi;

  • kasbiy-texnik ta’limning yangi konsepsiyalarini amalga oshirish vosita va yo‘llarini yaratishga e’tiborni qaratish, faol-ijodkor shaxsni tarbiyalash;

  • pedagogik bilimlarni egallashga yangicha yondoshuvlarni ishlab chiqish.



2. Uzluksiz ta’lim tizimida kasb-hunarta’limiga qo‘yiladigan talablar
O’zbekistonRespublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» asosida O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotida xalqning boy ma’naviy saloxiyati va umuminsoniy kadriyatlariga hamda hozirgi zamon madaniyati, itisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so‘nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizimi barpo etilmoqda. Ta’limning «O‘zbek modeli» dunyoga keldi, bu model xalqaro miqyosda eng obro‘li mutaxassislar tomonidan tan olinmoqda.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olish maqsadida har kim umumiy o‘rta ta’lim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishning yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunari bo‘yicha ishlash xuquqini beradigan, hamda ta’limni navbatdagi bosqichda davom
yettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.
Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chukur, tabaqalashtirilgan va kasblarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir.
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblari bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o‘rta kasb-huna ro‘quv yurtidir.
«Ta’lim trisida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirishning asosiy maqsadi: O‘rta maxsus, kasb-hunar talimi o‘quv yurtlarida tub­dan isloh qilingan, o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etilgan ta’lim asosida, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash.
Ushbu maqsadni, amalga oshirish quyidagi vazifalarni hal etish orqali bajariladi:
-«Ta’lim to‘g‘risida» gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, o‘rta maxsus, kasb-hunar talimi tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimini yagona o‘quv - ilmiy - ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirish orqali ishchi-mutaxassislar tayyorlashni ta’minlash;
-o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
-o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash tizimi muassasalarini oliy ma’lumotli, yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish;
-o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat extiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuklaridan kelib chiqqan xolda qayta qurish ;
- uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan chet el investisiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
- kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro manfaatli xalqaro xamkorlikni rivojlantirish.
Kasb-hunarkollejlari jixozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning tanlanganligi, o‘quv jarayonining tashkil etilishi jixatidan yangi tipdagi ta’­lim muassasalari xisoblanadi. Ular bir yoki bir necha zamonaviy kasb-hunarni egallash hamda tegishli o‘quv fanlaridan chuqur nazariy bilim olish imqonini beradi.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olish o‘quvchilarga o‘z bilimlarini chuqurlashtirish va tanlagan ixtisosliklariga ega bo‘lishni ta’minlaydi.

Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling