Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Download 389.03 Kb.
bet61/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   128
Bog'liq
MA

Sotsiologiya tadqiqot metodi - anketaga savollar kiritiladi.Bundan maqsad talaba-yoshlarning kasb-hunarga bo‘lgan munosabatlarini aniqlash, talabalar orasidagi do‘stlik munosabatlarini o‘quv yurtidagi shart-sharoitlarni bilish, yutuq va kamchiliklarni, yoshlar orasidagi munosabatlarni, dinga xususan tasavvufga bo‘lgan qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma’naviy sifatlar darajasini,bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar ta’minlanganlik darajasi, o‘quv taqsimoti, uqituvchilarning o‘qitish darajasi, o‘quv qo‘llanmalarning sifati, kompyuter bilan mashg‘ulot o‘tkazish turlarini o‘rganish, ilmiy va kasbiy mahoratini oshirishdagi mashg‘ulotlar turi,stipendiyalar miqdori, stipendiyalar talabalarning xarajatini qanchalik qoplaydi, haq to‘lanadigan ishlarda talabalar qatnashishi, ota-onalarining moddiy yordami, ularning ma’lumoti, ish joyi, talabalarning ko‘p shug‘ullanadigan jamoat joyi, yashash joyi, ilmiy dunyoqarashining shakllanishida ta’sir etuvchi omillar, mutaxassis bo‘lib yetishishida hal qiluvchi omillar, talabalarning onglilik darajasi jarayoni, komil inson bo‘lish uchun kerakli bo‘lgan ma’naviy sifatlar, o‘zlashtirganlik darajasi haqidagi savollar anketaga kiritiladi. Savol-javoblarning barchasi kompyuterda qayta ishlanadi va xulosalar chiqariladi.


Dars mashg‘ulotlarini tashkil etishning zamonaviy shakllari
Reja:
1. Darslarni tasniflash tarixidan.
2. Dars tiplari.
3. Zamonaviy dars va uning mezonlari.


Tayanch so’z va iboralar: dars, dars tasnifi, dars tiplari, zamonaviy dars, dars mezonlari.


1. Darslarni tasniflash tarixidan
Butun uzluksiz rasmiy ta’lim jarayonining ta’lim-tarbiya berish qonun-qoida va tamoyillari hamda jamiyatning davlat ta’lim tizimiga qo‘yadigan talablari dars jarayonida amalga oshiriladi.
Umuman olganda, har qanday narsa yoki hodisani tasniflaganda, unga shu narsaning biron bir xususiyati asos qilib olinadi.
Darslarni ham tasniflamoqchi bo‘lsak, shu umumiy qoidaga rioya qilamiz.
Birinchi bor, ikki narsani asos qilib olib, darslarni tasniflab chiqqan rus olimi I.N.Kuznetsov bo‘lgan. U o‘zining tasnifiga darsning mazmuni va dars o‘tish usulini asos qilib olgan. Masalan, matematika darslariga kiritilgan mazmun asosida- arifmetika, algebra, geometriya va trigonometriya guruhlari ajratilgan. Shunga o‘xshash boshqa fanlarda ham darslarni tasniflab chiqish mumkin. Darsning o‘tish usuli bo‘yicha: sinfda o‘tiladigan darslar, ekskursiya darslari, kinodarslar, mustaqil ish darslari va hokazo.
Darsning mantiqiy tuzilishi va bilish jarayonining xarakteriga qarab darslar: kirish darsi; egallangan bilimlar bilan birlamchi tanishish darsi; yangi bilimlarni egallash darsi; egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llash darsi; ko‘nikmalar hosil qilish darsi; umumlashtirish, qaytarish va mustahkamlash darsi; tekshiruv darslari; aralash dars.
Nazariyotchi va amaliyotchi pedagoglar orasidagi keng qo‘llanilayotgan dars tasniflaridan biri M.A.Danilov bilan B.P.Esipov ishlab chiqqan tasnif hisoblanadi. Ular, o‘z tasniflariga ikki didaktik maqsadlar va darslarning umumiy tizimdagi o‘rnini asos qilib olganlar. Ular quyidagilardir: 1) aralash darslar; 2) yangi material bilan tanishish; 3) olingan bilimni mustahkamlash; 4) o‘rganilgan narsani sistemaga keltirish va umumlashtirish; 5) bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish; 6) bilimlarni tekshirish.
Yana darslar ularni o‘tish asosiga qarab, quyidagi turlarga ajraladi:

    1. a) dars-ma’ruza; b) dars-suhbat; v) kino darsi; g) nazariy yoki mustaqil ishlar darsi; d) aralash dars.

    2. a) mustaqil ishlar darsi; b) dars-laboratoriya; v) amaliy ishlar darsi; g) dars-ekskursiya.

    3. a) og‘zaki so‘rash; b) yozma sinov; v) sinov; g) sinov amaliy nazorat; d) nazorat ishi; e) aralash dars.

Darslar ichki tuzilishiga qarab ham tiplarga bo‘linadi. Ya.Komenskiy va I.F.Gerbartlardan boshlab, shu kungacha darsning to‘rt bo‘lakdan iborat bo‘lgan tipi hukm surib kelmoqda. Bularga: yangi bilimlarni egallash uchun tayyorlanish; yangi bilimlarni egallash; yangi bilimlarni mustahkamlash va tizimga keltirish; egallagan bilimlarni amaliyotda qo‘llash. Bu tipdagi dars aralash deyiladi.
Uning shu kungacha saqlanib kelishining sabablaridan biri, aralash darsdagi to‘rt unsur istagan ketma-ketlikda qo‘llanilishi mumkin. Shu bilan bir qatorda bu tipdagi dars jarayonida didaktikaning deyarli barcha talablariga erishish oson.
Bu turdagi darslarning afzalligi yana shundaki, u dars jarayonida hukm suruvchi qonuniyatlarga mos keladi. Bu darslarda o‘qituvchi va pedagoglar, o‘z sharoitlaridan kelib chiqib, ta’lim oluvchilarning qabul qilish imkoni, tayyorgarlik darajasi va boshqa bir qator omillarni hisobga olgan holda, darsga ajratilgan vaqtni dars ichidagi to‘rt unsurni ixtiyoriy ravishda taqsimlay oladilar.
Aralash darslarning yuqorida aytilgan yutuqlari bilan bir qatorda, kamchiliklari ham oz emas. Chunonchi, aralash darslarda, undagi to‘rt unsurning hammasiga vaqt yetishmaydi.




  1. Download 389.03 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling