Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari
O‘qitish vositalarining yaratilishi va qo‘llanilishi, hamda uning ta’limdagi ahamiyati
Download 389.03 Kb.
|
MA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. O‘qitish jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini kiritish yo‘llari Tayanch so’z va iboralar
- O‘qitish vositalari
- 1. Tabiiy ob’ektlar
- 2. Moddiy ob’ektlarni
O‘qitish vositalarining yaratilishi va qo‘llanilishi, hamda uning ta’limdagi ahamiyati
Reja: 1. O‘qitish vositalari didaktikaning kategoriyasi sifatida 2. Hozirgi zamon o‘qitish vositalarining tavsifnomasi 3. O‘qitish vositalari va ularning turlari 4. O‘qitish vositalarining rivojlanish istiqbollari 5. O‘qitish jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini kiritish yo‘llari Tayanch so’z va iboralar: o’qitish vositalari, stend, tabiiy ob’yekt, sun’iy ob’yekt, modellar, mulyaj, maket, electron pochta. 1. O‘qitish vositalari didaktikaning kategoriyasi sifatida Ta’lim maqsadini amalga oshirish yo‘lida xizmat qilayotgan metodlarni muvaffaqiyatli natijaga erishishi uchun ishlatiladigan o‘quv asboblari ta’lim vositalari bo‘lib hisoblanadi. Ular issiqlik sig‘imini o‘lchash asbobi, kompyuterlar, turli xil laboratoriyada ishlatiluvchi apparat turlari, o‘lchash asboblaridan tashkil topishi mumkin. Ta’lim vositalari talabalarni amaliy ishlarni bajarishida hamda malaka hosil qilishida muhim ahamiyatga ega. O‘qitish vositalari - bu moddiy va tevarak-atroflar, tabiiy ob’ektlar, bundan tashqari inson tomonidan o‘quv-tarbiyaviy jarayonida axborot olib yuruvchi pedagog va o‘qituvchilar faoliyatida ularning o‘z oldiga qo‘ygan o‘qitish, tarbiyalash maqsadida qo‘llaniladigan qurol sifatida yaratilgan sun’iy ob’ektlardir. O‘qitish vositalari shu bilan birga uning mazmuni, uslublari, tashkiliy shakllari o‘qitish tizimini loyihalashtirilgan va o‘quv-tarbiyaviy jarayonning tarkibiy bo‘limlaridan biridir. Bundan tashqari har bir o‘quv-tarbiyaviy muassasaning eng muhim tarkibiy qismidir. Pedagogika fani va amaliyotida qo‘llaniladigan turli xil tizimlarning bo‘limlarida bo‘layotgan moddiy o‘qitish vositalari hozirgi paytda joriy qilingan tizimlarning harakatlanishi, qayta qurilishi va bir-biri bilan bog‘liqligini nazarda tutgan holda boshqa tarkibiy qismlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bugungi kunda ta’lim oluvchilar o‘z ijodiy potensialini nazorat qilish, tabiatdan berilgan iste’dod va qobiliyatlarini rivojlantirishga yangi texnika paydo bo‘lgandan beri o‘qitishning yangi usul va texnologiyalarini egallashga real imkoniyatlari bor. Shunday qilib, didaktikaning kategoriya apparatida moddiy vositalar (ish qurollari) maqsad va mazmunlari, usullari, o‘qitishning tashkiliy shakllari bilan birgalikda mustaqillik holatiga ega. Bundan tashqari ijtimoiy hayotning har bir sohasida texnologiyalashtirish munosabati bilan o‘quv-tarbiyaviy faoliyatda o‘qitish vositalarining ahamiyati ortib bormoqda, muammolarga oid tadqiqotlarda ikki asosiy yo‘nalish: pedagogik va injenerlik nuqtai nazari bor. Didaktik nuqtai nazarga atrof-muhitni tavsiflashga bag‘ishlangan o‘quv vositalarini tasniflash kiradi: 1. Tabiiy ob’ektlar – izlanish va o‘rganish uchun haqiqiy real fanlarni o‘z ichiga oladi: moddalarning namunalari va kolleksiyalarini, xom-ashyo, asboblar, detallar, o‘simliklar, gerbariylar, hayvonlar va ularning qotirib qo‘yilgan holati, mikropreparatlar va hokazolar. O‘qitish vositalarining bu guruhiga yana maxsus ishlov berilgan moslamalar va ularning mexanizmlari hamda kasbiy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish uchun qo‘llaniladigan o‘quv ishlab chiqarish moslamalari kiradi. 2. Moddiy ob’ektlarni tasvirlash va aks ettirishga kiradigan guruhni quyidagilar tashkil etadi: modellar, mulyajlar, maketlar, jadvallar, ko‘rgazmali qurollar (rasmlar, fotoaksli chizmalar, portretlar), ekran-tovush vositalari (diafilmlar, diapozitivlar, slaydlar), kinofilmlar, video va tovush yozuvlari, plastinkalar, radioeshittirish va teleko‘rsatuvlar. Alohida guruhga o‘qitishning texnik vositalari kiradi. Bunday o‘qitish vositalariga o‘quv ma’lumotlarini etkazib beruvchi, uni ifodalash uchun maxsus texnik moslamalar talab qilinadi. Bu moslamalar transportlar, diafilm va kinofilmlar, videofilmlar, tovush yozish kompyuter dasturlari va boshqalardan iborat. O‘qitish vositalarini shakllantirish tizimi nafaqat o‘qitish vositalarining turli xil belgilaridan aniqlab klassifikatsiya qilish emas, balki ularni funksiyalar va xususiyatlari haqida bilimlari ham taxmin qilinadi. O‘qitish vositalari quyidagicha tavsiflanadi: 1. Natural (tabiiy) ob’ektlar. Tabiiy ob’ektlarga odatda jonli va jonsiz tabiatning ob’ektlari kiradi, ular bilan ta’lim oluvchilar mashg‘ulotlarda tarqatma yoki namoyish qilinadigan materiallar shaklida tanishadilar. 2. O‘quv modellar, mulyajlar, maketlar. Modellar sun’iy yaratilgan tabiiy ob’ektlarning ko‘rinishi ularning muhim sifatlarini, aloqalarini va munosabatlarini qayta takrorlaydigan o‘quv ko‘rgazmali qo‘llanmalar deb qabul qilinadi. Modellarning eng keng tarqalgan va tipik turlari bu moddiy ya’ni predmetli modellardir. Modellar hajmiga ko‘ra ega va tekis modellarga bo‘linadi. Mulyaj va maketlar predmetlarning tashqi belgi va xususiyatlarini va atrof-muhit hodisalarini o‘rganishda qo‘llaniladi, modellar o‘rganilayotgan ob’ektlarning ichki qurilmasi va harakatlanish tamoyili mashina va mexanizmlarning kinematikasini o‘rganilayotgan hodisalarda o‘rin olgan boshqa aloqalar va munosabatlar imkoniyatini beradi. Ekran va ekran – tovushlik o‘qitish vositalari bugungi kunda keng tarqalgan. Bu o‘qitish vositalariga qo‘yilgan talablar eng avvalo ularning mavzuga oidligi, ikkinchidan, bu o‘qitish vositalarining sifati yaxshi bo‘lishi bilan ajralib turadi. Diapozitiv – (slayd) bu harakatlanmaydigan o‘qitish ekran vositasi hisoblanadi. Diapozitivdagi chizmalar va rasmlar odatda plakatdagidan yaxshi qabul qilinadi. Diapozitiv – bu juda qulay o‘qitish vositasi, chunki o‘qituvchi uning bir qismini yoki bir kadrni alohida ko‘rsatishi mumkin. Har bir kadr to‘liq bir informatsiyaga ega. Diafilm ham harakatlanmaydigan ekran o‘qitish vositasidir. Transportlar – bu ham harakatlanmaydigan ekran qo‘llanmasidir. Transporantlar proektor yordamida ko‘rsatilishi va xonani qorong‘ilatish shart emasligi bu o‘qitish vositasining katta yutug‘idir. Transporantlar sinf doskasini o‘rnini bosadigan vositadir. O‘qituvchi ta’lim oluvchilarga yuzlangan holatda, o‘tilgan yozuvlar yoki chizmalarni ekranga proeksiya qilib tushuntirishi mumkin. So‘nggi yillarda o‘quv filmlari chiqarilmay qo‘ydi. Ularning o‘rnini o‘quv video yozuvi informatsiyani aks ettiruvchi ekran-tovushli vositalarni o‘zida mujassamlashtirgan; kino, radio, televidenie, videofilm, diapozitivlar egalladi. O‘quv priborlari, moslamalari, asboblari, laboratoriya priborlari tizimining ahamiyatga ega bo‘lgan qismini tashkil qiladi. O‘quv ustaxonalarida olib borilgan ishlab chiqarish qulayliklariga o‘rgatish shu ustaxonalarda qulay vaziyatlarni yaratishni talab qiladi. Moddiy texnikaviy - etarli maydonda ishlaydigan moslamalar, texnik muhofazalashni ta’minlash. Sanitar gigienik – tabiiy va sun’iy yoritish, ustaxona sanitar gigienik shartlariga javob berishi va birinchi yordam berish vositalarini ta’minlashi. Estetik – ustaxonaning ichki bezagi va moslamalarning ranglariga e’tibor berish, o‘simlik va gullar bilan bezatish. Texnik pedagogik – o‘quv ishlab chiqarish xonalarining ishlar bajarishida bir-biri bilan bog‘liqligi, ta’lim oluvchilarga mos bo‘lgan ish sharoitini yaratish va shaxsiy ish joyi bilan ta’minlash va ishni ilmiy texnika asosida tashkillashtirish. Ta’lim oluvchilarning ish joyini tashkillashtirish: - ish joyining texnik sozligi; - etarli darajada yoritilganligi; - favqulodda holatda avariya signalining ishlashi yoki usta Bilan bog‘lanish moslamasi; - ishlab chiqarish moslamasini tozalash, sozlash va yig‘ishtirishning qulayligi. O‘qitish ustaxonasining ustasi uchun ish joyi shunday yoritilgan va tashkil qilingan bo‘lishi kerak. O‘qitish jarayonida usta ishini ilmiy asosda tashkillashtirishi, uni mazmuni va shaklini ta’lim oluvchilarning ish joylari bilan bog‘lanishi uning pedagogik faoliyatini aniqlab beruvchi sifat bo‘lishi kerak. Download 389.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling