Mustaqil ishi Oʻqituvchi: Rasulov A. I. Mavzu : Shaxsning emotsional sohasining yosh va jins xususiyatlari


Download 11.21 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi11.21 Kb.
#1800237
Bog'liq
Zubaydilloyeva M 4

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti

Ijtimoiy fanlar fakulteti Amaliy psixologiya yoʻnalishi

2- kurs talabasi Zuvaydilloyeva Ruxsoraning



Umumiy psixologiya fanidan tayyorlagan.

Mustaqil ishi

Oʻqituvchi:Rasulov A.I.
Mavzu :Shaxsning emotsional sohasining yosh va jins xususiyatlari.
Maqsad:Har bir shaxsning ma'lum bir yosh davrida yuzaga keladigan emotsional holatini oʻrganish.Ularning xususiyatlarini yosh va jinsga bevosita bogʻliqligini aniqlash .Emotsional jarayonlarni insonlar hayotidagi muhim sifatlarini belgilash.
Vazifsi: Emotsiyalar inson va hayvonlarning ular uchun ahamiyatli boʻlgan hodisalarga munosabatini aks ettiradi.Emotsiyalarda shaxsning alohida voqea va hodisalarga beradigan bahosida ham oz aksini topadi. Emotsiyalar motiv sifatida inson hatti-harakatlarini yo`naltirib turadi.

1.Kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda.



Kichik maktab o'quvchilarining hislari o'zining ancha barqarorligi,
anglanganligi, chuqur va kuchliligi bilan maktabgacha yoshdagi bolalarning hislaridan farq qilib, anchagina esoyishta o'tishi bilan xarakterlanadi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning umumiy emotsional tonusida xushchaqchaqlik, ruhiy tetiklik kayfiyati ustunlik qiladi. Darslarda va tanaffus vaqtlaridagi o'yinlarda ular quvnoq va tetik bo'ladilar. Bunday holat kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning emotsional hayotida norma bo'lib hisoblanadi.Kichik maktab yoshidagi bolalarning emotsional hayoti ta'lim va tarbiyaning ta'siriostida ancha kengayadi.

ʼ

2.Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda .


Hayron qolish hissi kuchli boʻlib, tushuntirilayotgan yangi materialni, tadqiq qilinayotgan faktlarning sabablarini topishda qiynalib qolganida, bu faktlarni shu damgacha ma'lum bo'lib turgan hodisalar guruhiga kiritolmay qolganida va shu kabi hollarda tug'iladi. Bu his ham kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning bilish faoliyatini yanada kuchaytirishga yo'llovchi kuchli vositadir. Narsa va hodisalar o'rtasidagi bog'lanishlar va munosabatlarning to'g'riligi kichik maktab yoshidagi bolalar tafakkuri jarayonida aniqlanib,mantiqiy ravishda chiqarilgan xulosalar bilan amaliyotning o'zida yaqqol isbot bo'lganida ularda ishonch hissi tug'iladi.


3.Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida emotsional jarayonlarning rivojlanishi.

O'quvchilarda o'z mehnatidan xursand bo'lish hissini iloji boricha ko'proq yuzaga keltirish va uni bola xarakterining emotsional jihatiga aylantirish boshlang'ich sinf o'qituvchisining asosiy vazifalaridan biridir. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning intellektual hislari uning bilish qiziqishlari bilan bog'liqdir.



Xulosa .
Hayvonlar va insonlarda olib borilgan turli neyrofiziologik tadqiqotlar emotsiyalarning kechishi miya po'stlog'idagi emotsiyalar (qo'rquv, xavotirlanish, qoniqish hissi va boshqalar) markazi bilan boshqarilishini ko'rsatib o'tadi.Shuningdek, emotsional va bilish jarayonlari o'rtasidagi aloqadorlikni o'rganish L.S. Vigotskiy va boshqaolimlarning faoliyatlarida ko'zga tashlanishi tahlil etilgan. Ushbu manbada keltirilishicha, emotsiyalarning kognitiv (ing. cognition bilish) sohaga ta'siri perseptiv (lot. perception idrok etmoq) jarayonlarda namoyon bo'ladi. Bu boradagi eksperimental tadqiqotlarni E.T.Sokolova tomonidan olib borilgan tajribada ko'rish mumkin.Emotsional jarayonlarning perseptiv jarayanlarga ta'sirini o'rganish borasida olib borilgan tadqiqotlardan ko'rinadiki, verbal yoki noverbal, ijobiy yoki salbiy tusdagi materialni idrok qilish xususiyatlari sinaluvchining emotsional holatiga bog'liq.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.
2.Болотова А.К., Макарова И.В. Прикладная психология: учебник для вузов. –М., Аспект Пресс, 2002. – 383с.
Download 11.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling