Kasbiy pedagogika” fan sifatida Reja: “Kasb ta’limi pedagogikasi” fanining maqsad va vazifalari


Korxona sexlarida o‘qitishni tashkil qilish shakillari


Download 389.03 Kb.
bet77/128
Sana07.02.2023
Hajmi389.03 Kb.
#1173587
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   128
Bog'liq
MA

Korxona sexlarida o‘qitishni tashkil qilish shakillari.
O‘quvchilar ishlab chiqarish ta’limini korxonalarda gurux ustasining rahbarligida o‘tadilar.
O‘qitishni tashkil qilishning eng ko‘p tarqalgan shakillari quyidagilardir:

  • guruxlarni korxona yoki tashkilot ajratgan mustaqil o‘quv uchastkalarida o‘qitish;

  • o‘quvchilarni alohida-alohida brigadalarga bo‘lib ishlab chiqarish uchastkalarida o‘qitish;

- o‘quvchilarni malakali ishchilar brigadalari tarkibida o‘qitish;
- o‘quvchilarni murakkab mashina va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha individual ish o‘rinlarida o‘qitish;
- korxonaning shtatli ishchi o‘rinlarida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tish.
Gurux o‘quv ishini tashkil qilishning u yoki bu shakli qator shartlarga:
- o‘quvchilar o‘rganayotgan kasb va mutaxassisliklardagi ishchilarning mehnatlarini tashkil qilish shakillariga;
- texnologik jarayonning tashkil qilinishiga;
- beriladigan ishlar ko‘lamiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘quvchilarni malakali ishchilar brigadasi tarkibida o‘qitish ishlab chiqarish sharoitlariga hamda o‘quvchilarni brigadalarga taqsimlab o‘qitish mumkin bo‘lmagan yoki maqsadga muvofiq bo‘lmagan hollarda, masalan, murakkab agregatlar va mashinalarga xizmat ko‘rsatish (elektrovoz, mashina mashishsti) kasblariga o‘rgatishda, ximiyaviy ishlab chiqarish anparatchilari, tog‘ jinslarini erituvchi ishchilarning yordamchilarini va bashqalarni tayyorlashda qo‘llanadi.


3.O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi bitiruvchilar ishlab chiqarish moslashuvchanligi
O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi bitiruvchilarning ishlab chiqarishga moslashuvchanligi ularning ta’limni bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog‘lash, ta’limni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshirish orqali shakillantiriladi.
Tayanch ishlab chiqarish korxonalari ustaxonalaridagi mashg‘ulotlar.
O‘quvchilarni ishlab chiqarish talimi uchun korxonalarga ko‘chirish o‘quvchilarni ishlab chiqarish sharoitlarida o‘qitishga o‘tkazish - kasbga tayerlashda eng muhim booqichidir. Buni malakali ishchining mustaqil ishining muqaddimasi desa bo‘ladi. O‘quvchilarningg sex rahbarlari, ishlab chiqarish ilg‘orlarl, o‘quv yurtlarini ilgari bitirib chiqqanlar, taniqli kishilar va boshqalar bilan uchrashuvlarini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Sex boshlig‘i va ishlab chiqarish ilg‘orlari korxonaning ajoyib an’analarini gapirib berishlari hamda o‘quvchilarni bu an’analarni davom ettirishga da’vat etishlari orqali o‘quvchilarda ushbu karxona undagi mexnat jarayoniga mehirni uyg‘atadi. Bu esa o‘quvchilarning ishlab chiqarishga moslashishlarini shakillantirishni osonlashtiradi.
O‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi bitiruvchilarning ishlab chiqarishga moslashuvchanligini shakillantirishda ayniqsa ishlab chiqarish amaliyotlarining o‘rni katta.
Ishlab chiqarish amaliyoti tayanch ishlab chiqarish korxonasi ish o‘rinlarida tashkil etiladi. Korxona odatda, amaliyotga raxbarlik qilish uchun muhandis-texnik xodimlar va malakali mutaxassislarni ajratadi. Ta’lim olishning bu davrida talabalar korxonada mustaqil ishlashga to‘liq tayyorlanadilar.
Ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida yechiladigan vazifalarga quyidagilar kiradi:
-talabalarning ishlab chiqarish sharoitlariga ijtimoiy, psixologik va fiziologik jihatdan moslashishi;
- kasbiy bilim, ko‘nikma va maxoratlarni takomillashtirish; tanlangan kasb bo‘yicha ixtisoslashtirish;
- murakkab ishlab chiqarish ishlarini bajarishda mustaqil ishlash tajribasini to‘plash;
-progressiv texnologiyalar va zamonaviy jihozlarni, mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalarini o‘rganish;
- yuqori unumli asbob va moslamalarni, ishlab chiqarish ilg‘orlari tajribasini o‘zlashtirish;
- korxona texnik va texnologik hujjatlarni, ish o‘rinlarida mexnatni ilmiy tashkil qilish masalalarini o‘rganish;
- ko‘nikma va maxoratni shakllantirish, bilimlarni amaliyotda qo‘llash, murakkab ishlab chiqarish vazifalarini yechishdan iboratdir.



Download 389.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling