“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Ayni paytda dual ta’lim usuli kamchiliklardan xoli emas


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

Ayni paytda dual ta’lim usuli kamchiliklardan xoli emas:
- ta’lim muassasalarida tahsil oluvchilarga kasb-hunar sirlari nisbatan tor
ixtisoslik doirasida o‘qitilganligi uchun jamiyatda va xo‘jaliklarda ishlash uchun keng
imkoniyat yaratilmaydi;
- birgina yo‘nalishda malaka oshirilgani sababli ular yaqin ikkinchi bir
yo‘nalishga moslashuv mexanizmi cheklangan;
- kasb - hunar ta’limini amalga oshirish o‘ziga xos berk xarakterga ega;
- tor mutaxassislik berilganligi mutaxassis shaxsning tashabbuskorligi va
erkinligi chegaralangan bo‘ladi;
- taklif qilinayotgan o‘quv muassasalarini ishlab chiqarish korxonalarining
smeta xarajatlariga bog‘liqligi uchun ko‘p sondagi tinglovchilar malaka oshirishdan
foydalana olmaydi.
Yuqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki, dual tizimda kasb-hunar ta’limini
amalga oshirishda o‘quv muassasasi va zavod bir paytning o‘zida shartnoma tuzadi.
Shartnomaga asosan o‘quvchi bevosita reja asosida haftada 3-4 kun zavodda real
ishlab chiqarish sharoitda amaliyotni o‘taydi.
Ikkinchi tomondan maktabda ayni shu tanlagan kasbiga doir fanlar bilan bir
qatorda majburiy fanlarni o‘quv dasturlar asosida bilim yurtida o‘qib nazariy va
amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.
Zavod bilan maktab va KHKlarning hamkorligi bo‘lajak kichik mutaxassisni
ish joyi bilan ta’minlashga imkoniyat yaratadi. Odatda kasb-hunarning turiga,
murakkabligiga bog‘liq holda o‘qish muddati 2 - 3,5 yilni tashkil qiladi.
O‘qish tamom bo‘lgandan keyin o‘quvchi bitiruv imtihoni topshiradi. Bitiruv
imtihonida maktab o‘qituvchilari bilan birgalikda korxona vakillari ishtirok etadilar.
Bu esa, bitiruvchining bilim, ko‘nikma va malakalari haqida korxona vakiliga
aniq xulosa qilish imkoninini beradi.
Ayni paytda bitiruvchining imtihoni yaxshi baholanishi unga korxonada o‘z
o‘rnini topishga omil bo‘ladi.
2.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling