Texnologik nyuanslar - adabiyotda odatda pedagogik tizim tushunchas i
pedagogik texnologiya sifatida ko‘rsatiladi. Lekin pedagogik
texnologiya kengroq ma’nodagi tushuncha bo‘ lib, o‘ziga xos
pedagogik faoliyatning ob’ekt va sub’ektlarini oladi.
Ta’lim tamoyillari - umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini
amalga oshirishga qaratilgan o‘qish hamda o‘qitish
jarayonlarining yo‘nalishi, talabalar tomonidan ilmiy
bilimlarning o‘zlashtirilishi, bilim, malaka va ko‘nikma hosil
qilishning asosiy qonun qoidalari yig‘indisidir.
Texnologiya - bu bir ishda, mahorat va san’at qo‘llaniladigan usullar
yig‘indisidan iborat.
Tejamkorlik - o‘quv maydonlardan, texnik vositalardan, transport
vositalardan unumli foydalanish, o‘quv axborotlarini
to‘plangan va bir xillikka keltirilgan holda ifodalash hamda
ularga erishilgan mutaxassislarni tayyorlash xarajatlarni
kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |