“kasbiy pedagogika” fan sifatida


II BOB. KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI VA


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

II BOB. KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI VA
O’ZBEKISTONDA KICHIK MUTAXASSISLAR TAYYORLASH TIZIMI
2.1. O‘ZBEKISTON XALQ XO’JALIGINING ASOSIY TARMOQLARI
Reja:
1. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari (sanoat - qishloq xo‘jaligi) kichik korxonalar,
kichik biznes.
?


44
2. O‘MKHTdagi tayyorlov yo‘nalishlari, kasblar va ixtisosliklar
umumdavlat tasniflagichi.
3. O‘MKHTda kichik  mutaxassis tayyorlash tizimi.
1. Xalq xo‘jaligi tarmoqlari (sanoat - qishloq xo‘jaligi) kichik korxonalar,
kichik biznes
Xalq xo‘jaligi mamlakatimizda ishlab chiqarish vositalariga mulkchilik asosida
vujudga kelgan ijtimoiy ishlab chiqarish tizimidir.
Ijtimoiy mehnat taqsimotiga muvofiq xalq xo‘jaligi ikki katta sohasini – ishlab
chiqarish (moddiy ishlab chiqarish) va noishlab chiqarish sohalarini o‘z ichia oladi.
Ana shu sohalarning tarkibi o‘zaro munosabati va bir-biriga bog‘liqligi
mamlakatimiz xalq xo‘jaligi strukturasini tashkil etadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasiga moddiy boyliklarni ishlab chiqaradigan yoki
iste’molchilarga yetkazib beradigan hamma tarmoqlar kiradi. Sanoat, qishloq
xo‘jaligi va qurilish jamiyat uchun zarur ishlab chaqarish vositalari (mashinalar,
materiallar, inshoot va hokazolar) hamda iste’mol mollari (oziq-ovqat mollari,
kiyimlar, poyafzal va hokazolar) yaratiladi.
Yuk transporti, ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aloqa, savdo,
umumiy ovqatlanish, moddiy texnika ta’minoti tayyorlanish va sotish hamda moddiy
ishlab chiqarish sohasiga kiradi, chunki bular mahsulotlarni yaratishda yordam beradi
va ularning qayta qurilishini ta’minlaydi.
Moddiy ishlab chiqarishning yetakchi tarmog‘i – sanoatdir. Mamlakatimiz
iqtisodiy qudratining asosi og‘ir sanoat bo‘lib, u ishlab chiqarish vositalarining
(materiallar, mashinalar, asbob-uskunalar, priborlarning) ishlab chiqarishni
ta’minlaydi. Yengil va oziq-ovqat sanoatda iste’mol mollari (oziq-ovqat mahsulotlari,
gazlama, poyafzal, kiyim va hokazolar) tayyorlanadi. Aholi uchun maishiy, madaniy
va xo‘jalikka mo‘ljallangan xilma-xil tovarlarni tayyorlash bilan asosiy mahsulot
chiqarishdan tashqari sanoatning iste’molsiz barcha tarmoqlari shug‘ullanadi.
Qishloq xo‘jaligi sanoatni xom ashyo bilan, aholini oziq-ovqat mahsulotlari
bilan ta’minlaydi. U o‘simlikshunoslik (dalachilik, sabzavotchilik, mevachilik, yem-
xashak tayyorlash va hokazolar) hamda chorvachilik (qoramolchilik, cho‘chqachilik,
qo‘ychilik, parrandachilik, baliqchilik va hokazolar)ni o‘z ichiga oladi.
Qurilishning vazifasi ishlab chiqarish binolari, inshootlar, turar joylar, yo‘llar,
kasalxonalar, maktablar va boshqa ob’ektlarni qurish va qayta qurishdir. Transport,
sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa qurilishlar bir-biridan farq qiladi.
  
Transport xalq xo‘jaligi va aholini xilma-xil yuklarni tashish ehtiyojini
uzluksiz hamda o‘z vaqtida ta’minlaydi.
 Aloqa jamiyatning ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatida, aholining madaniy
maishiy ehtiyojlarini qondirishda muhim rol o‘ynaydi. U axborotlarning uzatilishini
ta’minlaydi va pochta, telegraf, telefon, radio, televideniyani o‘z ichiga oladi.
Xalq xo‘jaligi tarmoqlari strukturasi to‘xtovsiz takomillashmoqda. Masalan,
sanoatda atom energetikasi va atom mashinasozligi kabi yangi tarmoqlar, elektron,
mikrobiologiya sanoati va hokazolar vujudga keldi.


45
Xalq xo‘jaligini rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishi uning tarmoqlar
tarkibini takomillashtirish – tarmoqlararo xalq xo‘jaligi komplekslarini vujudga
keltirishdir. Bunday komplekslarning bir nechta tulari bor.
Mashinasozlik kompleksi mamlakat xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini
mehnat vositalari bilan ta’minlaydi, shunga ko‘ra ularning rivojlantirish sur’atini va
ishlab chiqarish samaradorligini ham ko‘p darajada belgilaydi. Bu kompleksga
energetika, og‘ir mashinasozlik va transport, kimyo va neft, qurilish, yo‘l
mashinasozligi, stanoksozlik va asbobsozlik, elektrotexnika, elektron sanoat,
priborsozlik, avtomobil sanoati va boshqa ayrim tarmoqlar kiradi.
Mashinasozlik kompleksida, birinchi navbatda, stanoksozlik, hisoblash
texnikasi ishlab chiqarish, priborsozlik kabi tarmoqlarni, elektrotexnika va elektron
sanoatni jadal rivojlantirish mo‘ljallangan. Fan texnika taraqqiyoti eng avvalo mana
shularning rivojlanish darajasiga bog‘liqdir.
Konstruksion materiallar ishlab chiqarish kompleksiga qora va rangli
metallurgiya, kimyo va neft, sellyuloza va yog‘ochni qayta ishlash, qurilish
materiallarini ishlab chiqarish kiradi.
Xalq xo‘jaligi kompleksini dinamik va proporsional rivojlantirish, ishlab
chiqarishni intensivlashtirish tomon keskin burilish yo‘liga o‘tish, uning sifati va
samaradorligini oshirish vazifasini qo‘ydi. Bu vazifani amalga oshirishning asosiy
vositalari fan texnika taraqqiyoti, jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini tubdan
o‘zgartirish, fan va texnikaning eng yangi yutuqlari bazasida xalq xo‘jaligini chuqur
rekonstruksiyalashdir. Bunday rekonstruksiyalash barcha tarmoqlar va xalq xo‘jaligi
komplekslariga, birinchi navbatda, mamlakat  iqtisodiyotining poydevori – og‘ir
sanoatga taalluqli bo‘lib, mashinasozlikning rivojlanishini birmuncha tezlashtirish,
chiqarilayotgan mahsulotlarning texnikaviy darajasini tubdan yuksaltirish talab
qilinmoqda.
Agrosanoat kompleksi tarmoqlarini jadal va proporsional rivojlantirish qishloq
xo‘jaligini industrial bazasiga o‘tishini tugallash, barcha tarmoqlarini xo‘jalik
ekinlarini hosildorligini va chorvachilik mahsuldorligini ta’minlashga mo‘ljallangan.
 Yengil sanoat va bevosita aholi ehtiyojlarini qondirish uchun ishlaydigan
tarmoqlarni, transport va aloqani jadal rivojlantirish zarur. Kapital qurilishni sifat
jihatdan yangi industrial va tashkiliy darajaga ko‘tarish rejalashtirilmoqdaki, busiz
xalq xo‘jaligini texnik rekonstruksiyalash mumkin emas.
Ishlab chiqarishni intensivlashtirishda, xo‘jalik masalalarini oqilona hal qilishda
rejalashtirish katta rol o‘ynaydi. Rejalashtirish – zamonaviy sharoitda xalq xo‘jaligini
boshqarishning markaziy zvenosidir. Xalq xo‘jaligi rejalarining bir qancha turlari
mavjud bo‘lib, besh yillik va yarim yillik rejalardir. Har qanday korxona faoliyati rejaga
asoslanadi. Yuqori tashkilotlar (vazirliklar, idoralar), korxonalar rejalarining faqat eng
zarur ko‘rsatkichlarini: mahsulot ishlab chiqarish hajmi va muddati, buyumlarining
asosiy turlari hamda boshqa ba’zi narsalarni tasdiqlaydi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun qishloq mahsulotlarini xarid qilishda erkinlik
va davlat rejalari belgilanadi. Xo‘jalik va turli ekiladigan maydonlarini, chorva mollari
boshini, har xil ishlarini amalga oshirish muddatlarini o‘zlari mustaqil holda
rejalashtiriladi.


46
Korxona xo‘jalik hisobi sharoitida muvaffaqiyatli ishlashi uchun mehnatni
yaxshi tashkil etish, tejamkorlikning g‘oyat jiddiy rejimi zarur. Bundagi vazifa xom-
ashyo, materiallar, yoqilg‘i, elektro-energiya, yer-mulk va ishchilardan kam miqdorda
foydalanib ko‘p mahsulot olishdan iborat bo‘lib, ishlab chiqarishdagi tejamkorlik
rejimining ma’nosi ham shundadir. Bu rejim oddiy narsalardan vujudga keladi.
 Ishlab chiqarishda buyumlarni kam material ketadigan qilish, qimmat tabiiy
materiallar o‘rniga sun’iy materiallar ishlatish, buyumlarning chidamliligini oshirish,
kam chiqindiligi, resurslarni iqtisod qiladigan texnologiyani joriy etish orqali
materiallarni tejashga erishiladi.
 Har bir ishchining ish vaqtidan ratsional va to‘liq foydalanish – ishlab
chiqarishdagi tejamkorlik rejimini kuchaytirishning asosiy shartlaridan biridir. Ish
vaqtidan bunday foydalanish bir yo‘la ko‘p mahsulotlar tayyorlash, shu orqali uning tan
narxini arzonlashtirish va korxonaning foydasini ko‘paytirish imkonini beradi.
 Ish vaqti mehnat sarflanishning eng muhim o‘lchovidir. Mehnat sarflashning
samaradoligi – mehnat unumdoligidir. U vaqt birligi ichida tayyorlangan buyumning
miqdorida o‘z ifodasini topadi.
Mehnat unumdorligi anchagina omillarga, ya’ni texnika va ilg‘or texnologiyani
joriy etishga, ishlarni sifatli tashkil qilishga, mehnat intizomini mustahkamlash,
ishchilarni malakasini oshirish va hokazolar orqali sarflanadigan ish vaqtini
qisqartirishga bog‘liq. Mehnat unumdorligini oshirish iqtisodiy o‘sish va xalq
farovonligini yuksalishining asosiy omillaridir.
Kichik biznesning davlat tomonidan qo‘llab – quvvatlanishi quyidagi tarkibiy
qismlarni o‘z ichiga oladi: byudjet orqali bevosita yordam puli. Pul  hajmi kichik
biznes sug‘urta qilinmagan zararlarni qoplash uchun belgilangan bo‘lishi kerak.
Yordam puli innovatsiyaning xavfli loyihalarini qoplaydi va katta biznes talab
qilmaydigan mahsulot turlarini ishlab chiqarishni kuchaytiradi.
Davlat bank kreditlarini olishda kafil sifatida chiqadi. Shuning uchun mayda
biznesga kredit olish ancha yengilroq, kichik biznes soliq imtiyozlariga ega bo‘lishi
kerak. Agar firma ijtimoiy tarmoqqa yoki ishlab chiqarish rivojlanishiga ajratilgan
mablag‘ini ko‘paytirsa, soliq  solinadigan ulushni  qisqartirishi mumkin.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling