“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Dars tiplari. Zamonaviy dars va uning mezonlari


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

3. Dars tiplari. Zamonaviy dars va uning mezonlari.
Endi hozirda pedagogikada ajratib ko‘rsatilgan dars tiplariga to‘xtalib o‘tamiz.
Bular:
Yangi bilimlarni egallash darsi yoki uni tushuntirish darsi ham deb
yuritiladi. Bu tipdagi dars qismlarining taxminiy joylashuvi quyidagicha:
1. Ilgari o‘tilgan bilimlarni eslash.
2. Yangi bilimlar berish.
3. Yangi bilimning o‘zlashtirilganligini tekshirish.
4. Nazariyani qo‘llash namunasini ko‘rsatish.
5. Uyga vazifa berib, darsni yakunlash.
Egallangan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash darsi quyidagi
elementlarni o‘z ichiga oladi:
1. Nazariy bilimlarni eslash.
2. Egallangan bilimlar bo‘yicha mashqlar qilib, ko‘nikma hosil qilish.
3. Darsni yakunlash.
4. Uyga vazifa berish.
Takrorlash darsi. Egallangan bilimlarni mustahkamlash bilan takrorlash
darslari orasida ancha umumiylik mavjud. Bu umumiylik, eng avvalo, mazkur
darslarning vazifalari va darsning ichki tuzilishiga taalluqlidir. Shu bilan birga bu
darslarning orasida takrorlanayotgan avvalgi darslarda material to‘liq berilmagan,
ba’zi joylari takrorlanadi. Bilgan narsasini hadeb takrorlayvermaydi. Takrorlash
darslarida avvallari bilmay qolgan joylari takrorlanadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling