O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Kasbiy ta’limning tashkiliy shakllari qanday xususiyatlariga binoan turlanadi?
2. Sinf-dars tizimining asosiy o‘ziga xos jihatlari nimalar hisoblanadi?
3. Sinf-dars tizimining kamchiliklarini ayting.
4. O‘qitishning texnik vositalari deganda nimani tushunasiz?
5. O‘qitishning texnik vositalari qanday guruhlarga bo‘linadi?
6. Ko‘rsatmali qo‘llanmalarga qanday talablar qo‘yiladi?
5.2. KASB-HUNAR TA’LIMINI TASHKIL QILISHDA O’QITUVCHINING
ASOSIY VAZIFALARI
Reja:
1. O‘qituvchining lavozim vazifalari.
2. O‘qituvchining ta’limni rejalashtirish bo‘yicha vazifalar.
3. Nazorat va baholash bo‘yicha vazifalari.
4. O‘qituvchining metodik ishlari.
1. O‘qituvchining lavozim vazifalari
O‘quv jarayonida o‘qituvchi rahbarlik vazifasini bajaradi. Bu umumiy qoida
kasb ta’limi o‘qituvchisiga ham taalluqlidir. Kasb ta’limida vaqtning qismini
o‘quvchilarning mustaqil amaliy ishlari egallashi o‘qituvchining rolini yanada
oshiradi. Chunki hamma narsa o‘qituvchi tomonidan oldindan puxta o‘ylansa va
yaxshi rejalashtirilsagina o‘quvchilar mustaqil ishlay olishlari mumkin.
Bu borada kasbiy ta’lim o‘qituvchisining metodik, pedagogik va maxsus
tayyorgarliklari yuqori pog‘onaga ko‘tarilishi lozim. Unda kasbiy ta’lim o‘qituvchisi
o‘z fanining ilmiy asoslarini mukammal bilish bilan birga, mustaqil mehnat
ko‘nikmalari va malakalarni egallangan bo‘lishi, ularni o‘quvchilarga mohirlik bilan
yetkazib bera olishi kerak. Shu munosabat bilan aytish zarurki, faqat o‘z sohasida
yaxshi malaka orttirgan va ishining ustasi bo‘lgan kishigina o‘quvchilarga o‘z ishini
egallashda yordam bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |