“kasbiy pedagogika” fan sifatida
O‘qituvchining ta’limni rejalashtirish bo‘yicha vazifalari
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
2. O‘qituvchining ta’limni rejalashtirish bo‘yicha vazifalari
Kasbiy ta’lim o‘qituvchisining yuksak mahorati va madaniyati, uning ish joyini to‘g‘ri tashkil eta olishi, ishga oid usullarini to‘g‘ri ko‘rsata bilishi, buyum namunasini tayyorlay olishi, uning nutqi, o‘quv-tarbiya jarayoning eng murkkkab vaziyatlarida o‘zini tuta bilishi, bularning hammasi o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olinadi va ularning mehnat tarbiyasiga ma’lum darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kasbiy ta’lim o‘qituvchisi talabchan bo‘lishi kerak. Lekin uning yuqori talabchanligi o‘z tarbiyalanuvchilarning insoniy qadr-qimmatini chuqur hurmat qilish bilan ajralmasdir. Kasb ta’limi o‘qituvchisi darsga tayyorlanayotganda uni rejalashtirayotganda har xil metod va usullarni qo‘llab yangi materialni qanday bayon qilishni o‘ylaydi. U o‘quvchilarning individual xususiyatlarini, ularning tajribasi, jismoniy rivojlanishi va mehnat unumdorligiga ta’sir qiladigan boshqa omillarni hisobga olgan holda ob’ektlarni tanlaydi. Bu holat kasbiy ta’lim o‘qituvchisining o‘quvchilarni texnikaviy tafakkurni rivojlantirish omillaridan biri hisoblanadi. Unda kasb ta’limi o‘qituvchisi muayyan tematika bo‘yicha texnikaga oid kitoblarni tanlashda to‘garak azolariga kollej kutubxonasi va otaliq qiluvchi korxona kutubxonasi yordam beradi. Bunday tematik ko‘rgazmalarning roli shundan iboratki, ular boshqa o‘quvchilarni to‘garak a’zolarining ijodiy faoliyati bilan tanishtiradi. Texnikaga oid kitoblar bilan shu tariqa tanishish shu vaqtga qadar mazkur muammo ustida bosh qotirmagan o‘quvchilarning texnika to‘garaklariga ham qiziqishlarni oshirmasligi mumkin emas. Shunday qilib, texnikaviy ijodkorlik o‘quvchilarning ilmiy texnikaviy va umumiy ta’lim fanlaridan olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning tafakkurini rivojlantiradi, mustahkam mehnat ko‘nikmalari va malakalarini tarkib toptirishga yordam beradi, ratsionalizatorlik va ixtirochilikka qiziqish uyg‘otadi, siyosiy bilim doirasini kengaytiradi. Bu ijodkorlik kollej o‘quvchilarini istiqlol ruhida tarbiyalashning eng muhim vositasidir. O‘qituvchining lavozim majburiyatlarini ish bajarish ketma-ketligiga qarab 3 bosqichga bo‘lish mumkin: Ø Rejalashtirish bo‘yicha vazifalar; Ø Amalga oshirish bo‘yicha vazifalar; Ø Baholash va tahlil qilish bo‘yicha vazifalar. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling