“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Ular o‘z tuzilmasiga va shtatlar soniga ega bo‘lib, quyidagi funksiyalarni


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

Ular o‘z tuzilmasiga va shtatlar soniga ega bo‘lib, quyidagi funksiyalarni
bajaradilar:
-o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatlarni muvofiqlashtirish,
boshqarish va uslubiy ta’minlash;
- davlat ta’lim standartlarini amalga oshirish;
- akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining qurilishi, binolar va inshootlarni
qayta tiklashni tashkil etish va nazorat qilish;
- o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini iste’molchi korxonalar bilan
(ularning mulkchilik shaklidan qat’iy nazar) mujassamlashuvini, patronaj va
vasiylikni tashkil etishni ta’minlash;
- hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini hisobga olgan holda, mavjud
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini qayta o‘zgartirish, hamda yangi tashkil
etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
-ta’lim muassasalarni darsliklar, o‘quv adabiyotlar va didaktik materiallar,
shuningdek kompyuter texnikasi bilan ta’minlash va jihozlash.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish tuzilmasining keyingi bo‘g‘ini
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini o‘quv yurtlari hisoblanadi.
Xududiy boshqaruv organlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi darajasiga
qo‘yiladigan talablarga o‘quv yurtlari tomonidan rioya qilinishga javob beradilar va
ularni nazorat qiladilar, litsey va kollejlarga ularning faoliyatlarini rivojlantirishda
kerakli tashkiliy-huquqiy yordam ko‘rsatadilar, hudud, ishlab chiqarish va o‘quv
yurtlarining rivojlanish manfatlarini muvofiqlashtirishga imkon beradilar.
Shunday qilib, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish tuzilmasi uch
darajali hisoblanadi (Respublika, hududiy va nuqtali-o‘quv yurti).

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling