O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazining asosiy funksiyalariga
quyidagilar kiradi:
·
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi faoliyatini muvofiqlashtirish va
boshqarish;
·
akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarning turlarini va yo‘nalishlarini
belgilash, ularni Respublika regionlarining geografik, demografik va ijtimoiy-
iqtisodiy xususiyatlarni hisobga olgan holda oqilona joylashuvini ta’minlash;
·
akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarini loyihalash va qurilishga bosh
buyurtmachi funksiyasini bajarish;
·
mavjud o‘quv yurtlarini qayta tiklash va kapital ta’mirlash sifatini
ta’minlash;
·
davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat
qilishni ta’minlash;
·
akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari pedagogik va muhandis-
pedagogik xodimlarni tanlab olish, ularni tayyorlash, malakasini oshirish, malaka
darajasida faoliyatlarini nazorat qilish;
·
malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha mamlakatdagi va dunyodagi ilg‘or
tajribalarni tahlil qilish, umumlashtirish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining moddiy
va ta’limiy bazasi sifatiga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish;
·
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini axborotlar bilan ta’minlash,
yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini
yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etishni tashkil qilish;
·
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining faoliyatlarini
boshqaradigan me’yoriy aktlar loyihalarini ishlab chiqish;
Do'stlaringiz bilan baham: |