127
· davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarning bilim saviyasi va kasb
tayyorgarlikka bo‘lgan talablar bajarilishini ta’minlash;
· o‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi
pedagogik texnologiyalari, ta’limning
texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayonlariga joriy etish;
· o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish va
nashr etishni tashkil qilish;
· ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim
muassasalarida nizomlarni tasdiqlash;
· pedagog
xodimlarni tayyorlashni, ularni malakasini oshirishni va qayta
tayyorlashni tashkil etish.
Vazirlar Mahkamasi 1998 yilning fevral oyida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim markazini tashkil
etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ushbu Markazni
tashkil etishdan maqsad, kadrlar
tayyorlash Miliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: