“kasbiy pedagogika” fan sifatida


O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

O‘z- o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalarining mazmuni nimadan iborat?
2. Pedagogik texnologiyani loyihalash to’g’risida ma’lumot bering.
3. Muammoli o’qitishning mazmunini yoritib bering.
4. KHTda axloqiy tarbiyaning mazmuni nimalardan iborat?
5. Talaba yoshlarda ma’naviy-axloqiy odatlarni tarbiyalashda qanday vazifalar
hal etilishi lozim?
6. Axloq yoki odob deganda nima tushuniladi?
7.3. KASB-HUNAR KOLLEJLARIDA USLUBIY ISHLARNI TASHKIL
ETISH  VA BOSHQARISH
Reja:
1. Kasb-hunar kollejlarining oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarilishi.
2. Kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan uslubiy ishlar.
3. Kasb-hunar kollejlarida uslubiy ishlarni boshqarish.
1. Kasb-hunar kollejlarining oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarilishi
Fan-texnikaning jadal taraqqiyoti, ilg‘or ishlab chiqarish texnologiyalarining
amaliyotga keng ko‘lamda joriy etilishi, bozor munosabatlariga o‘tish kabilar
pedagoglardan o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatlarini faollashtirish omillaridan
oqilona foydalanib,mashg‘ulotlar va sinfdan tashqari tadbirlar samaradorligini
oshirishni talab  etmoqda. Ana shuning uchun ham kasb-hunar kollejlarida uslubiy
ishlar tashkil etilib o‘tkaziladi.
Bunday ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad: rahbarlar, pedagog va muhandis-
pedagoglarning kasbiy-pedagogik mahoratlarini oshirish yo‘li bilan pedagogik
jarayon sifat va samaradorligini  oshirishdan iborat.
Kasb-hunar kollejlarida uslubiy ishlar odatda yakka tartibda va jamoaviy
shakllarda tashkil etilib, quyidagilarni ko‘zda tutadi:
- ilg‘or pedagogik va ishlab chiqarish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va
ularni ommalashtirish maqsadida targ‘ib qilish;
?


165
- pedagog va muhandis-pedagog xodimlarga uslubiy yordam ko‘rsatish;
- axborot resurslari markazi imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
- pedagoglar va muhandis-pedagoglarga o‘z imkoniyatlarini namoyon etishlariga
shart-sharoit yaratish;
- ochiq dars tashkil etib o‘tkazuvchi  o‘qituvchilarga ko‘mak berish;
      - pedagogik jamoani yangiliklar bilan muntazam ravishda tanishtirib borish;
      - fan yutuqlarini amaliy tajriba- sinovidan o‘tkazish;
- o‘quvchilarni olimpiadalar, ko‘rik-tanlovlar va turli tadbirlarga tayyorlashga
ko‘maklashish kabilardan iborat.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling