“kasbiy pedagogika” fan sifatida
Tarbiyaviy ishlar mexanizmi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
Tarbiyaviy ishlar mexanizmi. Bunday vazifalarni hal etsh pedagogik
jamoaning jismoniy va manaviy barkamol avlodni tarbiyalash, talabalarni Vatanga sadoqat, yuksak axloqli, mehnatga halol munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash ishiga sezilarli hissa qo‘shayotgan yoshlar bilan ishlovchi barcha davlat va jamoatchilik tuzilmalari (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat sport qo‘mitasi, «Manaviyat va marifat» jamoatchilik markazi, «Mahalla», «Kamolot», «Sog‘lom avlod uchun», «Nuroniy», «Ulug‘bek», «Umid», «Ustoz» jamg‘armalari, Inson huquqlari bo‘yicha markaz va hokazo) bajarayotgan ishlar, dasturlardan foydalanilgan holda tarbiyaviy ishlar mexanizmini ishlab chiqish va yoshlar 163 tafakkuriga ta’sir etish ko‘zlangan maqsadga erishishda muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Kasbiy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlarning mohiyati, uning milliy istiqbol mafkurasiga asoslangan, ma’naviy-axloqiy, huquqiy, vatanparvarlik, fuqaroviy, mehnat, madaniy-maishiy, ekologik va shu singari yo‘nalishlar bilan erishiladigan g‘oyaviy amal va ideallarga mos holda olib borilishi maqsadga molik masala. Bu muammolarni amalga oshirish barcha pedagoglarining oldida turgan yuksak vazifadir. Mustaqillik sharoitida talaba-yoshlarni manaviy-axloqiy tarbiyalashda qator vazifalarni hal etish talab etiladi. Jumladan: -har bir ta’lim oluvchining ongida davlat mustaqilligi xalqning oliy g‘oyaviy- axloqiy qadriyati ekani, o‘z vatani bilan faxrlanish, uning xavfsizligini ta’minlash va O‘zbekistonning ulug‘ tarixiy o‘tmishi, bozor munosabatlariga asoslangan yangi demokratik jamiyat qurishda tanlab olgan o‘ziga xos yo‘lini mustahkamlash, islom dini ruhi bilan sug‘orilgan oliy manaviy-axloqiy qadriyatlar, xalqning insonparvarlik an’analari hamda umuminsoniy sivilizatsiya yutuqlari ahamiyatini to‘g‘ri tushuntirish va uni e’tiqodga aylantirish; -ta’lim oluvchilarda umuminsoniy insonparvarlik axloqi, madaniyati me’yorlari, zamonaviy qadriyatlar ehtiyoji, o‘zini yuqori tutish va viqor saqlash, oilaviy tan’tanalarda o‘zini ko‘rsatishga urinish, xizmat vazifasidan shaxsiy maqsadlar uchun foydalanish ko‘rinishlariga murosasiz bo‘lish ruhini tarbiyalab borish ularning yuqori axloq malakalari bilan qurollantirishning garovi bo‘lib hisoblanadi. Axloqiy tarbiya tarbiyaviy ishlar majmuida yetakchi o‘rin tutadi. Axloq yoki odob deganda - kishilarning mazkur jamiyat uchun xarakterli va muayyan ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan tarixan bog‘liq bo‘lgan xulq-atvorlarni belgilab beradigan qonun-qoidalar yig‘indisi tushuniladi. Jamiyat tomonidan belgilanadigan talablar shaxs xulqini baholash uchun mezon bo‘lib xizmat qiladi. Ana shu talablarga muvofiq shaxs xulqining mazmuni mamlakatda sharqona axloq-odobga asoslangan milliy tarbiyani amalga oshirishdan iborat bo‘lishi lozim. Bunday jamiyatni qurish jarayoni yangi ijtimoiy munosabatlarni hosil qilish bilan bog‘liq. Shu ma’noda bugungi kun ta’lim tizimida amalga oshiriladigan axloqiy tarbiyaning asosiy mezonlari milliy axloq me’yorlarini tashkil etadi. Kasb ta’limi muassasalarida talaba-yoshlar orasida axloqiy tarbiyani amalga oshirish avvalo, ularda axloqiy tushuncha va ishonch hissini yaratishdan boshlanishi maqsadga muvofiq. Chunki yoshlarda axloqiy tushuncha va e’tiqodni tarkib toptirmay turib, axloqiy odatlar, shuningdek, xatti-harakat bilan bog‘liq odat va malakalarni hosil qilib bo‘lmaydi. Bunda asosan talaba-yoshlarga axloq-odob me’yor va qoidalari mazmuniga oid bilim berishga katta ahamiyat berish lozim. Bunda asosan yaxshi bilan yomon o‘rtasidagi farq tushuntiriladi. So‘ngra yaxshi xulqlarni hosil qilishga qaratilgan faoliyat uyushtiriladi. Ana shu yo‘sinda yoshlarda axloqiy tushunchalar vujudga keladi va xulqiy odatlar hosil qilinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling