“kasbiy pedagogika” fan sifatida
O‘qitish texnologiyasini loyihalash
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
O‘qitish texnologiyasini loyihalash. O‘qitish texnologiyasining loyihalash
tuzilishini pedagogik vazifaning qo‘yilishi va uni hal etish asosida ko‘ramiz. O‘qitish texnologiyasini loyihalash Pedagogik vazifaning belgilanishida quyidagilar inobatga olinadi: - ta’lim maqsadlarining tahlili va shu asosida o‘quv predmeti mazmunini aniqlash; - o‘quv predmeti mazmuni tuzilmasini ishlab chiqish va uni o‘quv unsurlari tizim ko‘rinishida ifodalash; - o‘quv unsurlarining o‘zlashtirilish darajalarini belgilash; - ta’lim oluvchilarning dastlabki bilim darajasini aniqlash, bu ko‘rsatkich o‘quv predmetining mazmunini ifodalovchi o‘quv materialini o‘zlashtirganlik darajasidan kelib chiqadi; - o‘quv-moddiy baza hamda ta’limning tashkiliy shakllariga qo‘yiladigan chegaralarni belgilash. Pedagogik vazifalarning hal etilishini ta’minlovchi o‘qitish texnologiyasini loyihalashga qaratilgan o‘qituvchi faoliyati ta’limning metod, shakl va vositalarini shakllantirish bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, pedagog faoliyati uchta 161 asosiy xususiyatlar bilan tavsiflanadi: boshqarish turi, axborot almashinuv jarayonining turi, axborot o‘zatish vositalari tiplari va bilish faoliyatini boshqarish. O‘qitish jarayoniga faoliyat nuqtai nazaridan yondashish konsepsiyasiga asoslanib, uni tashkillashtirishning quyidagi mantiqiy ketma-ketligini qurish mumkin. Dastlab o‘quv materiali mazmunining tavsifi, uni o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad (o‘zlashtirish darajalari), shuningdek, pedagogik vazifaning qo‘yilish shartlari tahlil etiladi. So‘ngra, o‘qitishning mos ravishdagi metodlari hamda ta’lim oluvchilar bilish faoliyatini boshqarish sxemasi belgilab olinadi. Shu asosda o‘qitish vositalari ro‘yxati tuziladi. Ushbu usuli bilan hosil qilingan metod va ta’lim vositalari tizimi tashkiliy shakllar bilan uyg‘unlashtiriladi, ya’ni, texnologiya ishlab chiqiladi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling