“kasbiy pedagogika” fan sifatida


KASB-HUNAR TA’LIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

7.2. KASB-HUNAR TA’LIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
Reja:
1. Ta’lim jarayonlarini tahlil etishda qo‘llaniladigan pedagogik
kategoriyalar.
2. Talaba yoshlarda manaviy-axloqiy odatlarni tarbiyalash jarayoni va
uning vazifalari.
3. Kasb ta’limi muassasalarida axloqiy tarbiyani tashkil etish muammosi.
1. Ta’lim jarayonlarini tahlil etishda qo‘llaniladigan pedagogik
kategoriyalar
Tarkib topgan ta’limning eng muhim unsurlari qadimdan shakllanib kelgan va
u hozirda ham o‘zining ahamiyatini yo‘qotmagan. Ta’lim maqsadi, mazmuni, shakl,
uslub va vositalari pedagogikada ta’lim jarayonlarini tahlil etishda qo‘llaniladigan
an’anaviy kategoriyalar hisoblanadi. Aynan o‘sha kategoriyalar ma’lum bir predmet,
mutaxassislik yoki ixtisoslik bo‘yicha o‘quv tarbiyaviy jarayonni tashkil qiluvchi
pedagog faoliyatining predmeti sifatida yuzaga chiqadi. Qayd etilgan pedagogik
kategoriyalar maqsadga muvofiq ravishda yo‘naltirilgan pedagogik va o‘quv
faoliyatining qonuniyat hamda mezonlarini tizimlashtiruvchi omil vazifasini bajaradi.
Uzoq yillar mobaynida pedagogik kategoriyalar hajmi jamiyat talabi darajasida
maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun yetarli bo‘lib kelgan. Tan olish kerakki,
pedagoglar ommasi barcha davrlarda pedagogik faoliyatni qoniqarsiz ahvolda deb
baholab kelganlar. Bu o‘rinda pedagogik tushunchalarning tarif va tavsiflarining
noaniqligi, ta’lim jarayonlarini tavsiflovchi bazi kategoriyalarning yetishmasligi,
ta’lim maqsadi, mazmuni, shakl, uslub va vositalari o‘rtasida o‘zaro uzviylikning
?


160
mavjud emasligi hamma vaqt tanqid ostiga olib kelingan va bunday mulohaza hozirga
qadar saqlanib kelmoqda. Ushbu fikr bizningcha quyidagi ikkita muammoning
mavjudligi bilan izohlanadi: birinchidan, kasbiy pedagogik ma’lumotga ega
o‘qituvchilarning kasbiy mahorat darajasining pastligi, ikkinchidan, maxsus
pedagogik tayyorgarlik va savodxonlikka ega bo‘lmagan pedagoglarning sonining
salmoqli ekanligi.
Ta’lim natijalari o‘rganuvchining pedagogik jarayonlardan qanday salohiyat
bilan o‘tganligiga bog‘liq.
Pedagogik jarayon mohiyati - o‘qituvchining ta’lim oluvchi ishtirokidagi
faoliyatida o‘z aksini topadi, bunda pedagog qiyinchiliklarni yengib o‘tish yo‘lida
ta’lim oluvchiga yordam beradi. Pedagogik yordamning mohiyati pedagogik
jarayonni yo‘naltirganligi, tavsifi, shaxsni shakllantirish va tarbiyalashda hal
etiladigan vazifalarni o‘zida aks ettirganligi bilan ifodalanadi. Pedagogik yordam
e’lon qilingan, ko‘rsatilgan, eslatilgan, tushuncha berilgan, yo‘naltirilgan,
haqqoniylashtirilgan, maslahat berilgan, kengashilgan, bartaraf etilgan, hamdardlik
qilingan, ilhomlantirilgan, qiziqish va hurmatni izhor qilgan, talabchanlikni qo‘llab-
quvvatlagan hollarda yordam beradi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling