“kasbiy pedagogika” fan sifatida


KASB-HUNAR TA’LIMIDA INNOVATSION YONDOSHUV


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

7.1. KASB-HUNAR TA’LIMIDA INNOVATSION YONDOSHUV
Reja:
1. “Innovatsion” yondoshuvda pedagogik tizim.
2. Ta’lim texnologiyasining umumiy asoslari.
3. Amaliyotga keng ko‘lamda joriy etilayotgan pedagogik  (ta’lim)
texnologiyalarga qo‘yiladigan asosiy talablar olimlar  tomonidan e’tirof etilishi.
1. “Innovatsion” yondoshuvda pedagogik tizim
Ta’lim tizimida tub islohotlar zarurligini e’tirof etish uchun o‘tgan asrning 80-
yillaridan boshlab pedagogik leksikonda “Innovatsiya” iborasi qo‘llana boshladi. U
pedagogika nazariyasi va amaliyotida allaqachon o‘z o‘rnini topgan bo‘lsada, uning
mohiyati shu paytgacha to‘laqonli yoritilmagan hisoblanadi, ya’ni yakdillik mavjud
emas.
Keng ma’noda “Innovatsiya” pedagogik tizimga yangilik kiritish yo‘li bilan
ta’lim-tarbiya jarayonini maqbullashtirish, sifat va samaradorligini oshirishni ko‘zda
tutadi. Pedagogika tizimiga kiritilgan yangilik sifat va samaradorlikka salbiy ta’sir
qilishi ham mumkin. Biz tizimga  uning ichki zahira va imkoniyatlarini hisobga olgan
holda sifat va samaradorlikni oshirish maqsadida kiritilgan yangiliklargina innovatsiya
deb tushunamiz.
Pedagogik tizimni takomillashtirib, yuqori sifat va samaradorlikka erishishga
oid g‘oya, nazariya, qoida, shakl, metodlar va vositalar tizimini – pedagogik
innovatsiyalar  sifatida qabul qilish mumkin. So‘nggi 20-25 yillar davomida
pedagogik tizimga ko‘plab yangiliklar kiritilayotganligining guvohi bo‘lib turibmiz.
Misol sifatida yangi konsepsiyalar, investitsiyalar, DTS, testlar, muqobil o‘quv
rejalari, yangi turdagi o‘quv yurtlari, texnologiyalar va shu kabilarni ko‘rsatish
mumkin.
Ma’lumki, pedagogik jarayon tizimlilik xususiyatiga ega bo‘lib, ma’lum
belgilangan chegarada barqaror qoladigan komponentlarni o‘ziga qamrab oladi. Agar
kiritilayotgan yangilik ruxsat etilganidan ortib ketsa, tizim buzilib, uning o‘rniga
yangi xususiyatga ega boshqa tizim  hosil bo‘ladi.
Pedagogik jarayon (tizim) o‘zining mohiyatiga ko‘ra har doim
texnologiyalashadi. Texnologiyalanish pedagogik tizimning ichki sifati bo‘lib, uning
imkoniyatlari qat’iy qonuniyat va qoidalarga bo‘ysunadi.
Texnologiyada variativlikka imkon berilmaydi, undan biror kichik komponentni
olib tashlab bo‘lmaydi chunki texnologiyada ortiqchalikning o‘zi mavjud emas.
Undagi biror komponentni almashtirsak, albatta natija o‘zgarib ketadi.
Tizimning umumiy nazariyasidan ma’lumki, bir paytning o‘zida uning ko‘p
parametrlarini (yo‘nalishlarda) yaxshilash mumkin emas. Shuning uchun ham tizimga
yangiliklarni asta-sekinlik bilan kiritib, uning foydaliligiga ishonch hosil qilgandan
so‘ng har tomonlama tekshirish, keyingi o‘zgartirishlar haqida o‘ylash zarur.
Tahlillarimiz pedagogik tizimni takomillashtirishning quyidagicha ikkita: jadal va


152
ekstensiv (nojadal) yo‘llarining mavjudligini ko‘rsatadi. Jadal yo‘l, pedagogik
tizimning ichki imkoniyatlari hisobiga rivojlantirishni ekstensiv yo‘l esa qo‘shimcha
vositalar, jihozlar, vaqt, kuch, mablag‘lar jalb etishni nazarda tutadi.
Pedagogik jarayon ko‘p qirrali bo‘lib, unga tarixiy, ilmiy-pedagogik,
psixologik, fiziologik, gigiyenik, tashkiliy boshqaruv, iqtisodiy, ijtimoiy, tibbiy,
mafkuraviy, huquqiy me’yoriy va shu kabi nuqtai nazarlardan yondoshish mumkinligi
ko‘p sonli olimlar va amaliyotchilar tomonidan ta’kidlangan. Pedagogik jarayonni
jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi asosiy omil deb qarab J.G‘.Yo‘ldoshev va
S.A.Usmonovlar  uni: “Ijtimoiy hodisa, nazariy fan, o‘quv fani, ta’lim-tarbiya tizimi,
jarayon, pedagogik faoliyat va uning metodikalari hamda aloqador fanlarning ilmiy-
tadqiqot sohasi” tarzda talqin etadilar.
Bundan  pedagogik texnologiya ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotini
ta’minlovchi ustuvor omil ekanligi kelib chiqadi. Pedagogik texnologiyalar mohiyati
va mazmuniga ko‘ra jamiyatshunoslik, psixologiya, fiziologiya, pedagogika fanlari
nazariyasi va amaliyoti, ilg‘or tajribalar, shaxs va jamiyat taraqqiyoti haqidagi
g‘oyalar asosida rivojlanadi.
«Texnologiya» iborasi grekcha - «techne» - mahorat, san’at, va «logos» -
ta’limot, o‘rgataman yoki o‘rganaman ma’nosini anglatadi. U pedagogikaga ishlab
chiqarish sohasidan kirib kelgan.
Ishlab chiqarish nuqtai nazaridan olib qaraganda, texnologiya - mehnat
ob’ektiga maqsadga muvofiq ta’sir etib, uning holati, xususiyati, shakli kabilarni
o‘zgartirish san’ati, mahoratini o‘zlashtirish ma’nosini anglatadi.
Pedagogik nuqtai nazaridan olib qaraganda, u o‘quvchilar ongi, sezgilari, his-
tuyg‘ulari kabilarga maqsadga muvofiq ta’sir etib, ularda ko‘zda tutilgan bilim,
(ko‘nikma, malaka) va shaxsiy fazilatlarni shakllantirish tizimi sifatida tavsiflanadi.
Bunda jarayon ishtirokchilarining shaxsiy va texnik vositalar imkoniyatlari hisobga
olinishi tabiiy holdir.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling