“kasbiy pedagogika” fan sifatida
Kasb-hunar ta’limi natijalarini nazorat qilishning individual o‘ziga
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
2. Kasb-hunar ta’limi natijalarini nazorat qilishning individual o‘ziga
xos xususiyatlari va baholash mezonlari O‘quv vazifalari, o‘quv-ishlab chiqarish ishlarining mazmuni hamda xarakteri, nazorat qilish bosqichlarini hisobga olish zarur. Bu vazifalar yechimini topishning asosiy yo‘llaridan biri o‘quvchilar bilim ko‘nikma va malakalarini baholashda ob’ektivlikni oshirish; baholarni aniq ilmiy asosda qo‘yish hisoblanadi. Ana shunday mezonlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin. 1. Nazariy ta’lim bo‘yicha bilimlar mukammalligi (o‘rganilgan obektning muhim jihatlarini yorita olishdagi miqdoriy ko‘rsatkichi); 2. Tizimlilik (bilimlar elementlari orasidagi aloqadorliklarning anglanganligi); 3. Umumlashganlik (bilimlar elementlari orasidagi umumiylikning anglaganligi); 4. Haqiqiyligi (bilimlardan aniq shart-sharoitlardan foydalana olish qobiliyati); 5. Mustahkamligi (o‘zlashtirilgan bilimning xotirada saqlanishi); I. Ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha: - xatti - harakat usullarining o‘zlashtirilganligi; - o‘quv-ishlab chiqarish vazifalari (ishlari)ni bajarishda texnik, mehnat va hayot xavfsizligi talablariga amal qilinishi. - texnik-texnologik talablarga amal qilinishi; - vazifani (ishni) belgilangan me’yoriy vaqt birligida bajarilishi va shu kabilar. Zikr etilgan mezonlar va ko‘rsatkichlarni baholar bilan aniqlashtiruvchi nisbatlar aniq o‘quv predmetlari bo‘yicha dasturlar ishlab chiqqan mualliflar va 150 kasb-hunar kolleji metodik komissiyasi tomonidan belgilanishi zarur. Bu me’yorlar asosida talim natijalarini joriy, oraliq va yakuniy baholash mumkin bo‘ladi. Eslatma: Agar biror buyum (mahsulot) tayyorlash imkoni mavjud bo‘lmasa, ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha (ko‘nikma va malakalar) o‘quvchilar tomonidan tahlil qilinishi, ish o‘rnini tashkil etish; texnologik jarayon mohiyatini tushunish va asoslash, laboratoriya amaliy ishlarni bajarishga ko‘ra baholanishi mumkin. Umuman kasb-hunar ta’limi natijalariga ko‘plab omillar ta’sir etadi. Ularning muhimlarini chizma shaklida quydagicha ifodalash mumkin (9-chizmaga qarang). 9 – chizma. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling