“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

Pedagogik talab
O‘quvchilarga talab bevosita va bilvosita shaklda qo’yilishi mumkin. Bevosita
talablar buyruq, ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riqdir. Ular jamoa endi tarkib topayotgan paytda
guruh bilan ishlashning dastlabki bosqichi uchun xosdir. Bilvosita talablar - iltimos,
maslahat, shama qilish va hokazolar o‘quvchilarda muayyan darajada shakllangan
e’tiqod, motivlar, to‘g‘ri xulq-atvor, odamlar bo‘lishini taqozo etadi. Talablarning
bilvosita shakli ko‘pincha bevosita talablardan samaraliroq bo‘ladi.
Jamoatchilik  fikri
Jamoaning baholari, mulohazalari, irodasini birlashtiruvchi jamoatchilik fikri
mohir pedagog qo‘lida katta tarbiyaviy samara beradigan faol va ta’sirchan kuchdir.
O‘quvchilarning yig‘ilishlardagi nutqlari, mavjud kamchiliklar xususida aytilgan
tanqidiy mulohazalar, devoriy gazetadagi maqolalar, o‘quvchilar o‘z-o‘zini
boshqarish organlarining qarorlari, jamoatchilikning ma’qullashi yoki qoralashi,
jamoa talabi va hokazolar jamoatchilik fikri ifodasining shaklidir. Rivojlangan
jamoada jamoatchilik fikrining roli hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga jamoatchilik fikri stixiyali tarzda shakllanmaydi. U  o‘qituvchi va
boshqa pedagoglar tomonidan guruhdagi tarbiya jarayonining boshqarilishi qanday
bo‘lishiga bog‘liq.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling