“kasbiy pedagogika” fan sifatida


Kasb - hunar ta’limida tarbiya jarayonini nazorat qilish


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/222
Sana09.01.2022
Hajmi0.91 Mb.
#265294
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   222
Bog'liq
kasbiy pedagogika

3. Kasb - hunar ta’limida tarbiya jarayonini nazorat qilish
Tarbiya jarayonida “o‘quvchi” tushunchasi bilan bir qatorda “shaxs”
tushunchasidan foydalaniladi. Bu  bilan tarbiya jarayoni avvalambor o‘quvchini
shaxs sifatida shakllantirishga qaratilganligi ta’kidlanadi. “Shaxs” nutq qobiliyatiga
ega bo‘lgan va mehnat faoliyatiga layoqatli aqlli zot - insondir». Shaxs atrofidagi
odam bilan o‘zaro faol munosabat jarayonida, jamiyatda, jamoada, boshqa odamlar
bilan muomalada shakllanadi. Shaxs tushunchasi alohida odamga unga xos bo’lgan
shaxsiy xususiyatlar bilan tavsif berish uchun foydalaniladi. Shaxsning asosiy
xususiyati jumlasiga uning o‘ziga xosligi, fikrlash tarzi, faoliyati motivlari kiradi.
  
Tarbiyaviy  jarayonning  asosi,  shaxsning  ijtimoiy  jihatdan  qimmatli
fazilatlarni shakllantirishning asosiy manbai - faoliyat va muomaladir.
Tarbiyalanuvchilarning jamiyatga foydali faoliyati qanchalik oqilona tashkil etilgan
bo‘lsa, tarbiya jarayoni shunchalik samarali kechadi. Tarbiya jarayonining ana shu
muhim qonuniyatini o‘qituvchi hamisha yodda saqlashi va doimo o‘z tarbiyaviy
tatbiq etmog‘i darkor.
Tarbiya jarayonining asosi bo‘lgan ijtimoiy-foydali faoliyat o‘quv mehnatini
ham, unumli mehnatini ham, jamoatchilik asosidagi mehnatini ham, ishdan tashqari
paytdagi ijtimoiy faoliyatini ham o‘z ichiga oladi.


145
Ijtimoiy foydali faoliyat jarayonida o‘quvchilar o‘rtasida muomalaning xilma-
xil shakllari tarkib topadi, shaxsning ijtimoiy qimmati vazifalari rivojlanadi.
O‘quvchilar ijtimoiy foydali mehnatning har xil turlarida qatnashib, aslida jamiyat
ishlariga kirishib boradilar, jamiyatda muayyan o‘rnini egallaydilar. Yigit va qizlar
ijtimoiy mehnatga qo‘shilib o‘zlarining ahamiyatlarini, jamiyatga foydali ekanligini
his qiladilar. Faoliyat jarayonida vujudga keladigan munosabatlar o‘quvchilar
zimmasiga jiddiy vazifalarni yuklab, ularning xulq-atvoriga, shaxs xislatlariga
nisbatan yuksak talablar qo‘yadi. O‘qituvchining o‘quvchilar ijtimoiy foydali
faoliyatini tashkil etish sohasidagi ishning muhimligi ham ana shundan kelib chiqadi.
U o‘quvchilarni ana shunday faoliyatning har xil turlariga jalb qilibgina qolmay, eng
muhimi, ularda ana shu faoliyatga munosabatni, shuningdek faoliyat jarayonida tarkib
topadigan o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlarini tarbiyalashi lozim. Ta’lim
jarayoniga nisbatan tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda asosiy
vazifa - faoliyat usullarini egallashdan iborat bo‘ladi.
Shaxs yaxlit zot bo‘lib, uning har bir xislati boshqa xislatlari bilan
chambarchas bog‘liqdir. Shu sababli insonni qismlarga ajratib tarbiyalab bo‘lmaydi.
Bu esa tarbiya vazifalarini, avvalo o‘quvchilarning g‘oyaviy-siyosiy, mehnat va
axloqiy tarbiyasi vazifalarini hal etishga kompleks yondoshishni talab qiladi.
Tarbiyaga kompleks yondoshish - tarbiyaviy ta’sirning barcha shakllarini
shunchaki umumlashtirish emas, balki har tomonlama kamol topgan shaxsni
shakllantirish vazifalarini yaxlit hal etish prinsipidir.
Maxsus faoliyat sifatida tarbiya favqulotda va stixiyali ta’sirlardan muayyan
dasturga, ongli maqsadga ega bo‘lganligi, ta’sirning maxsus ishlangan va asoslangan
vositalari, shakllari va usullarini qo‘llanish bilan farq qiladi.
Tarbiyaning muayyan maqsadlari yosh ishchida qanday fazilatlar tarbiyalanishi,
uning shaxsining mazmuni aniq qanday bo‘lishi haqidagi ravshan tasavvurdan kelib
chiqadi. Mana shu fazilatlarni aniq belgilash tarbiyaning asosiy, eng muhim
maqsadlarini belgilash demakdir. Ilmiy-metodik adabiyotni va o‘qituvchilar
tarbiyaviy ishida vujudga kelgan tajribani umumlashtirib, ishlab chiqarish ta’limi va
ishlab chiqarish tajribasi jarayonida o‘quvchilarda shakllantiriladigan asosiy
fazilatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
· g‘oyaviy-siyosiy tarbiya fazilatlari va xususiyatlari;
· mehnatga hayotiy zarurat, jamiyatda o‘zini qaror toptirishning asosiy usuli
sifatida munosabatda bo‘lish;
· ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ish sifatini yaxshilash uchun
kurashda o‘z muayyan o‘rnini topadi;
· ishni yaxshiroq, tezroq, puxtaroq, tejamliroq, bajarishga intilish va uning
yo‘llarini izlash davlat mulkiga munosabat tejamkorlik, egalik tuyg‘usi
tashabbuskorlik;
· yuksak burch tuyg‘usi;
· o‘z ishi natijalari uchun mas’uliyat;
· axloqiy fazilatlar:
· ijtimoiy burchga ongli munosabat; ongli ahloq va mehnat intizomi;
· jamoatchilik, o‘zaro yordam, kattalarga hurmat, insonparvarlik;


146
· halollik, haqqoniylik, o‘ziga talabchanlik, vijdonlilik, mas’uliyat, so‘zining
ustidan chiqish, intizom, kamtarlik;
· qo‘yilgan maqsadlarga erishishda iroda, qat’iyat va sobitqadamlik.
Kasb-hunar kollej ta’lim muassasalarida tarbiya jarayonini nazorat qilish o‘quv
yurtining rahbariyati (o‘quv yurti direktori, direktorning ma’naviy – ma’rifiy ishlar
bo‘yicha muovini, guruh murabbiylari) tomonidan amalga oshiriladi. Bu ish
pedagogik jamoaga rahbarlik qilishning ma’lum bir shakli hisoblanib, unda ta’lim-
tarbiya ishini takomillashtirishga oid hujjatlarga asoslaniladi.
Tarbiyaning samaradorligi tarbiyaviy ish usullarini to‘g‘ri tanlash va tatbiq
etishga hal qiluvchi darajada bog‘liqdir. Pedagogikada tarbiya metodlari quyidagi
guruhlarga ajratiladi: faoliyatni tashkil etish va ijtimoiy xulq-atvor tajribasini
shakllantirish metodlari; xulq-atvor va faoliyatni rivojlantirish metodlari. KHKlarda
o‘quvchilarni tarbiyalash va tarbiya jarayonini nazorat qilishga bir qancha talablar
qo‘yiladi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling