“kasbiy pedagogika” fan sifatida
KASB-HUNAR TA’LIMIDA INNOVATSION YONDOSHUV
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. “Innovatsion” yondoshuvda pedagogik tizim
7.1. KASB-HUNAR TA’LIMIDA INNOVATSION YONDOSHUV
Reja: 1. “Innovatsion” yondoshuvda pedagogik tizim. 2. Ta’lim texnologiyasining umumiy asoslari. 3. Amaliyotga keng ko‘lamda joriy etilayotgan pedagogik (ta’lim) texnologiyalarga qo‘yiladigan asosiy talablar olimlar tomonidan e’tirof etilishi. 1. “Innovatsion” yondoshuvda pedagogik tizim Ta’lim tizimida tub islohotlar zarurligini e’tirof etish uchun o‘tgan asrning 80- yillaridan boshlab pedagogik leksikonda “Innovatsiya” iborasi qo‘llana boshladi. U pedagogika nazariyasi va amaliyotida allaqachon o‘z o‘rnini topgan bo‘lsada, uning mohiyati shu paytgacha to‘laqonli yoritilmagan hisoblanadi, ya’ni yakdillik mavjud emas. Keng ma’noda “Innovatsiya” pedagogik tizimga yangilik kiritish yo‘li bilan ta’lim-tarbiya jarayonini maqbullashtirish, sifat va samaradorligini oshirishni ko‘zda tutadi. Pedagogika tizimiga kiritilgan yangilik sifat va samaradorlikka salbiy ta’sir qilishi ham mumkin. Biz tizimga uning ichki zahira va imkoniyatlarini hisobga olgan holda sifat va samaradorlikni oshirish maqsadida kiritilgan yangiliklargina innovatsiya deb tushunamiz. Pedagogik tizimni takomillashtirib, yuqori sifat va samaradorlikka erishishga oid g‘oya, nazariya, qoida, shakl, metodlar va vositalar tizimini – pedagogik innovatsiyalar sifatida qabul qilish mumkin. So‘nggi 20-25 yillar davomida pedagogik tizimga ko‘plab yangiliklar kiritilayotganligining guvohi bo‘lib turibmiz. Misol sifatida yangi konsepsiyalar, investitsiyalar, DTS, testlar, muqobil o‘quv rejalari, yangi turdagi o‘quv yurtlari, texnologiyalar va shu kabilarni ko‘rsatish mumkin. Ma’lumki, pedagogik jarayon tizimlilik xususiyatiga ega bo‘lib, ma’lum belgilangan chegarada barqaror qoladigan komponentlarni o‘ziga qamrab oladi. Agar kiritilayotgan yangilik ruxsat etilganidan ortib ketsa, tizim buzilib, uning o‘rniga yangi xususiyatga ega boshqa tizim hosil bo‘ladi. Pedagogik jarayon (tizim) o‘zining mohiyatiga ko‘ra har doim texnologiyalashadi. Texnologiyalanish pedagogik tizimning ichki sifati bo‘lib, uning imkoniyatlari qat’iy qonuniyat va qoidalarga bo‘ysunadi. Texnologiyada variativlikka imkon berilmaydi, undan biror kichik komponentni olib tashlab bo‘lmaydi chunki texnologiyada ortiqchalikning o‘zi mavjud emas. Undagi biror komponentni almashtirsak, albatta natija o‘zgarib ketadi. Tizimning umumiy nazariyasidan ma’lumki, bir paytning o‘zida uning ko‘p parametrlarini (yo‘nalishlarda) yaxshilash mumkin emas. Shuning uchun ham tizimga yangiliklarni asta-sekinlik bilan kiritib, uning foydaliligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng har tomonlama tekshirish, keyingi o‘zgartirishlar haqida o‘ylash zarur. Tahlillarimiz pedagogik tizimni takomillashtirishning quyidagicha ikkita: jadal va 152 ekstensiv (nojadal) yo‘llarining mavjudligini ko‘rsatadi. Jadal yo‘l, pedagogik tizimning ichki imkoniyatlari hisobiga rivojlantirishni ekstensiv yo‘l esa qo‘shimcha vositalar, jihozlar, vaqt, kuch, mablag‘lar jalb etishni nazarda tutadi. Pedagogik jarayon ko‘p qirrali bo‘lib, unga tarixiy, ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik, gigiyenik, tashkiliy boshqaruv, iqtisodiy, ijtimoiy, tibbiy, mafkuraviy, huquqiy me’yoriy va shu kabi nuqtai nazarlardan yondoshish mumkinligi ko‘p sonli olimlar va amaliyotchilar tomonidan ta’kidlangan. Pedagogik jarayonni jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi asosiy omil deb qarab J.G‘.Yo‘ldoshev va S.A.Usmonovlar uni: “Ijtimoiy hodisa, nazariy fan, o‘quv fani, ta’lim-tarbiya tizimi, jarayon, pedagogik faoliyat va uning metodikalari hamda aloqador fanlarning ilmiy- tadqiqot sohasi” tarzda talqin etadilar. Bundan pedagogik texnologiya ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor omil ekanligi kelib chiqadi. Pedagogik texnologiyalar mohiyati va mazmuniga ko‘ra jamiyatshunoslik, psixologiya, fiziologiya, pedagogika fanlari nazariyasi va amaliyoti, ilg‘or tajribalar, shaxs va jamiyat taraqqiyoti haqidagi g‘oyalar asosida rivojlanadi. «Texnologiya» iborasi grekcha - «techne» - mahorat, san’at, va «logos» - ta’limot, o‘rgataman yoki o‘rganaman ma’nosini anglatadi. U pedagogikaga ishlab chiqarish sohasidan kirib kelgan. Ishlab chiqarish nuqtai nazaridan olib qaraganda, texnologiya - mehnat ob’ektiga maqsadga muvofiq ta’sir etib, uning holati, xususiyati, shakli kabilarni o‘zgartirish san’ati, mahoratini o‘zlashtirish ma’nosini anglatadi. Pedagogik nuqtai nazaridan olib qaraganda, u o‘quvchilar ongi, sezgilari, his- tuyg‘ulari kabilarga maqsadga muvofiq ta’sir etib, ularda ko‘zda tutilgan bilim, (ko‘nikma, malaka) va shaxsiy fazilatlarni shakllantirish tizimi sifatida tavsiflanadi. Bunda jarayon ishtirokchilarining shaxsiy va texnik vositalar imkoniyatlari hisobga olinishi tabiiy holdir. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling