“kasbiy pedagogika” fan sifatida
Ta’sirchanlik va oshkoralik -
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
kasbiy pedagogika
5. Ta’sirchanlik va oshkoralik - uslubiy ishlarning ta’sirchanligi eng avvalo,
o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish sifati bilan aniqlanadi. Agar o‘quvchilarda shakllangan bilim, ko‘nikma va malakalari sifati hamda darajasida ijobiy siljishlar bo‘lmasa, uslubiy ishlarning samarasi past hisoblanadi. Bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yish mumkin emas. Shuning uchun uslubiy ishlarning ta’sirchanligi ko‘p jihatdan rejalashtirilishiga, rejalarining aniqligiga, amalga oshirilgan ishlarning hajmiga va boshqa omillarga bog‘liq. Shuningdek, kasb-hunar kollejlarida uslubiy ishlarni tashkil etish va boshqarishda oshkoralikka e’tiborni qaratish zarur, bunda har bir xodim mehnatining natijalarini o‘z vaqtida xolisona ko‘rsatish, rag‘batlantirish, tanqid qilishni meyorida amalga oshirish maqsadga muvofiq. 166 Odatda uslubiy ishlar malum aniq rejaga binoan bajariladi. Bu holat ayrim ishlarni bir necha marta takrorlanishini bartaraf etib, pedagoglar orasida ishlarni maqbul taqsimlanishini ham taminlaydi. Kasb-hunar kollejlarida uslubiy ishlarni tashkil etib o‘tkazish uchun odatda haftaning aniq bir kuni ajratiladi. Misol uchun kasb-hunar kollejlarida tashkil etiladigan uslubiy ishlar uchun haftaning chorshanba kuni ajratilsa, har chorshanba kunlari jamoaviy uslubiy ishlarning aniq bir ko‘rinishi muntazam ravishda o‘tkazilishiga imkon beradi: masalan, har oyning birinchi chorshanba kunlari ilmiy pedagogik kengash, ikkinchi chorshanba kunlari uslubiy kengashlarning yig‘ilishlari, uchinchisida pedagog va muhandis-pedagoglarning malakasini oshirish kabilar rejalashtirilishi mumkin. Uslubiy ishlar rejalashtirilgan kunga kasb-hunar kollejida boshqa hech qanday tadbir rejalashtirilmaydi. Kasb-hunar kollejlarida o‘quv yilining istalgan birinchi yoki ikkinchi yarim yilligi uchun mo‘ljallab tuzilgan uslubiy ishlarning umumiy rejasida: ilmiy-pedagogik kengash, uslubiy kengash, seminar- praktikumlar, ochiq darslar, pedagogik o‘qishlar, ilg‘or pedagogik tajriba maktablari kabilar o‘z ifodasini topadi. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling